Ташқи кўринишини созловчи қисм тизими
(ЭЎ безовчи параметрларни созлаш)
| | |
| | |
| |
|
|
Тестлаштириш қисм тизими
(тест саволларини таҳрирлаш)
|
|
|
|
|
Конвертация қисм тизими
(ЭЎ HTML форматга экспорт)
|
|
|
2.1.rasmda “Natata eBook Compiler” da elektron qo`llanma yaratish usullari ilovada keltirilgan.
EO` xususiyatlarini tahrirlovchi qism tizimi tuzilishiga ko`ra ikkita moduldan tashkil topgan:
EO` tuzilishini tahrirlash;
EO` materiallarini tahrirlash.
EO` tuzilishini tahrirlashda yangi EO` yaratilayotganda, mavjudlarini o`zgartirishda va EO`ni ishlab chiqilayotganda foydalaniladi. Bunda tuzilishi va shakllantirish kabi funktsiyalarni bajaradi. Uning tarkibiga: tuzilma shabloni va EO` strukturasini tahrirlash kiradi. Tuzilma shablonidan yangi EO`larni yaratishda foydalaniladi.
EO` materiallarini tahrirlashda EO`ni materiallar bilan to`ldirish va tarkibini matnli, rasmli, jadvalli va gipermurojaatli axborotlar bilan boyitish mumkin.
Ta’lim menejmentini masofaviy kurslar yaratishning kontseptual asoslari.
Bundan zamonaviy masofaviy kurslar yaratishning kontseptual asoslari muhimligi namoyon bo`ladi. Ularni qisqacha quyidagicha bayon etish mumkin:
O`quv jarayonining markazida tinglovchining mustaqil bilim olish faoliyati turadi;
Tinglovchi bilimlarni mustaqil egallashi, turli axborot manbalari bilan ishlashi va ulardan foydalanish malakasiga ega bo`lishi muhim hisoblanadi;
Bilimlarni mustaqil egallash passiv xarakterga ega bo`lmasligi, aksincha tinglovchi faol bilish faoliyatiga jalb qilinishi kerak;
Tinglovchilarni komp`yuter tarmoqlari orqali o`qitish yangi pedagogik texnologiyalarni talab etadi. Bunday pedagogik texnologiyalarga hamkorlikda o`qish, loyihalar metodi, muammoli o`qitish metodlarini kiritish mumkin;
Masofaviy o`qitish tinglovchining o`qituvchi bilan faol muloqotidan tashqari boshqa tinglovchilar bilan ham muloqotni nazarda tutadi;
Nazorat tizimi doimiy xarakterga ega bo`lishi va tezkor teskari aloqaga, testdan
o`tkazish avtomatik tizimi asoslangan bo`lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |