1.1.1-sxema. Masofadan o`qitish.
Yuqorida aytib o`tilganidek, masofadan o`qitish tizimlarida turli darajadagi foydalanuvchilar ommasi bilan aloqani o`rnatish va o`quv jarayoniga tegishli ishlarni olib borishni amalga oshirish uchun quyidagi vositaviy elementlardan foydalaniladi:
O`qituvchi yoki t`yutor (yo`riqchi);
Bilim oluvchi (BO);
Boshqaruvchi;
Kommunikatsiya vositalari;
O`quv materiallari.
Zamonaviy MO`Tlarda axborot va komp`yuter texnologiyalari keng qo`llanadi. Bunda MO`T uchun asosiy dasturiy mahsulot komponentlari quyidagilardan iborat:
O`quv mazmunini ishlab chiqish vositalari (O`MIChV);
O`qitishni boshqarish tizimi (O`BT);
O`quv jarayoni qatnashchilari orasida axborot almashinuvini ta`minlovchi tizim;
O`quv materialini etkazib beruvchi tizim (veb-sayt).
Tizim komponentalarining aloqadorlik mexanizmlari hamda foydalanuvchi rolini 1.1.2 - tuzilmada aks ettirilgan:
1.1.2 – sxema
bu erda: BOMO – BO haqidagi ma`lumotlar ombori, O`MO-o`quv materiallari ombori, NO – BOning natijalari haqidagi ma`lumotlar ombori.
Hozirgi kunda masofadan o`qitishda ikki turdagi kommunikatsiya vositalaridan foydalanilmoqda:
Asinxron (off-line) – ma`lumotlar almashib ixtiyoriy vaqtda amalga oshiradi (elektron pochta, form, e`lonlar doskasi va h.k.);
Sinxron (on-line) – ma`lumot almashib joriy vaqt rejimida amalga oshiradi (video, audio konferentsiya, chat).
Ayni vaqtda, turli muassasalar tomonidan har xil standartlardagi o`quv kontentlarini etkazib berilishi birinchi tomondan kompyuterli o`qitish bozorini rivojlantirsa, ikkinchi tomondan o`quv materiallarini almashinuvini murakkablashtirib yubormoqda. Bu esa, o`quv materiallarini to`g`ridan–to`g`ri masofadan o`qitish tizimiga o`tkazishni qimmatlashuviga olib keladi, natijada psixologik me`yorlarga amal qilinmay ishlab chiqilgan elektron o`quv qo`llanmalar hisobiga bilim oluvchini stimulini pasaytirmoqda.
Dostları ilə paylaş: |