Mavzu: Taʼlim metodlari va vositalari



Yüklə 7,18 Kb.
səhifə1/3
tarix19.05.2023
ölçüsü7,18 Kb.
#116797
  1   2   3
Mavzu Taʼlim metodlari va vositalari-kompy.info


Mavzu: Taʼlim metodlari va vositalari

Mavzu:Taʼlim metodlari va vositalari


  • Reja:

  • Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari.

  • Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar

  • Ta’lim metodlarining mohiyati, mazmuni va tanlab olish shartlari

  • Ta’lim vositalari va ularning vazifalari.

      Tayanch tushunchalar : Metod, oʼqitish metodi, usul, metodika, qoida,ta’lim vositalar.

Adabiyotlar ro’yxati

1. “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi” О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni.

2. О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni Toshkent sh.,2020-yil 23-sentabr, O‘RQ-637-son

3.Xodjaev B.X. Umumiy pedagogika Darslik. –T.: “Sano-standart” nashriyoti, 2017-yil, 6- bet.

4.B.S.Abdullayeva, A.Yu.Umarov, B.N.Saidova. Pedagogika nazariyasi va tarixi Darslik. –T. Nodirabegum nashriyoti, 2021 yil

Elektron ta`lim resurslari

http://www.edunet.uz; http://www.ziyonet.uz; http://www.istedod.uz

 

Yaxshi oʼqituvchi – bolalarga haqiqatni soʼzlab beradi, buyuk oʼqituvchi esa oʼsha haqiqatga olib boruvchi yoʼlni koʼrsatadi. Аdolf Disterverg


Metod, oʼqitish metodi, usul, metodika, qoida kategoriyalarining farqi nimada?



Metod- soʼzi grekcha tadqiqot, maqsadga erishish yoʼli, usuli deganidir.
Taʼlim metodi- oʼrganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish boʼyicha oʼqituvchining oʼrgatuvchi ishi va oʼquvchilar oʼquv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushuniladi.
Taʼlim usuli– o‘qitish metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat o‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi.
Metodikabu xususiy didaktika, yaʼni biror bir fanni oʼqitish nazariyasi. Oʼzaro taʼsir utishning turli shakllarini oʼrganish asosida biror fanni oʼqitish va oʼrganish yoʼllarini oʼquv fani metodikasi ishlab chiqadi va taʼlim oluvchilarga taʼsir etishning aniq tizimini oʼqituvchilarga taklif etadi.
Qoida – tanlab olingan metod bilan bogʼliqlikda faoliyat usullarini amalga oshirish uchun qulay tarzda harakat qilish zarurligini belgilab beruvchi meʼyoriy koʼrsatmalardir.
Pedagogik texnologiya - bu muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo‘naltipilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat jarayoni mazmunidir.

Yüklə 7,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin