Mavzu: texnologiyani o’qitishning didaktik tamoyillari. Reja Kirish. I bob. Boshlang‘ch ta‘limda texnologiya darslarida didaktik usullarni qo‘llashning ilmiy-amaliy asosi


I.2. Boshlang‟ich sinflar mehnat ta‟limi darslarida interfaol usullarni qo‟llash imkoniyatlari



Yüklə 157,5 Kb.
səhifə4/7
tarix04.06.2023
ölçüsü157,5 Kb.
#124719
1   2   3   4   5   6   7
kurs ishi aziza opa

I.2. Boshlang‟ich sinflar mehnat ta‟limi darslarida interfaol usullarni qo‟llash imkoniyatlari.
1-4 sinflardan texnologiya darslarini taxminiy rejalashtirish O’zbekiston Respublikasining «Ta'lim to’g’risida» gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida umumta'lim maktablarida o’qitiladigan barcha fanlarning DTS lari va o’quv dasturlari ishlab chiqildi va u bosqichma-bosqich joriy etib borilmoqda. Umumiy o’rta ta'limning DTS (1999 yil 16 avgust) o’quvchilar umumta'lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo’yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi. Texnologiyabo’yicha DTS da umumiy o’rta ta'lim maktablarida texnologiyava kasb tanlashga yo’naltirishning tayanch mazmuni hamda maktabni bitirgan o’quvchilarning texnologiyafanidan tayyorgarlik darajasini me'yorlari ifodalanadi. Texnologiya o’qituvchi rahbarligida o’quvchilar tomonidan bajariladigan aqliy va jismoniy harakatlar jarayonidan iborat bo’lib, yakuniy natijada ularning mehnat qurollari, vositalari va jarayonlari haqidagi bilimlarini hamda ma'lum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini bajarish uchun zarur amaliy ko’nikma va malakalarni egallashlariga ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo’lida mehnat faoliyatida ko’nikishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifatlarni va tafakkurlarni rivojlantirishga qaratilgan o’quv fanidir. Umumiy o’rta ta'lim maktabida mehnat fanini o’qitishning maqsadi: O’quvchilarning aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari bilan tanishtirish. Kasblar bilan tanishtirish Dastlabki mehnat ko’nikmalari va malakalarini shakllantirish Mehnatga qiziqish va mehnatsevarlikni shakllantirish Mehnat va kasblarni qadrlash ularni ahamiyatini tushunishga o’rgatish 23 Kasb tanlashga tayyorlash orqali ularning kasbgacha tayyorgarliklarini amalga oshirish 5-sinf uchun uzviy bog’lanish zaminini yaratishdan iborat. Bular ta'limiytarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar hisoblanadi. Ta'limiy maqsad - o’quvchilarning barkamol shaxslar bo’lib shakllanishlari uchun ularga mehnat jarayonlari, kasblar asoslari texnologiyasini o’rgatish, ularni kasb tanlash bilan uyg’unlashtirish orqali ularning kasbga tayyorgarligiga zamin yaratishdan iborat. Tarbiyaviy maqsad-O’quvchilarning mehnat ko’nikmalarini egallashlari jarayonida mehnat va kasbga munosabatlarida yuqori aqloqni sifatlarini mehnatsevarlik, vatanparvarlik va tadbirkorlikni rivojlantirib borishdan iborat. Rivojlantiruvchi maqsad - texnologiyamashg’ulotlari jarayonida o’quvchilarga aqliy, jismoniy, axloqiy badiiy estetik tarbiya va ta'lim berish orqali ularning barkamol shaxslar bo’lib yetishishlariga yordam berishdan iborat. Nazorat maqsad o’quvchilarning dasturda belgilangan bilim, ko’nikmalarni DTS ga binoan o’zlashtirish holatini nazorat qilishdan iborat. Texnologiyafani boshqa o’quv fanlaridan o’zining bir qator xususiyatlari bilan farq qiladi. Ushbu fanni o’qitishda amaliy mazmun ustivorligi ishlab chiqarish bilan uzviy va chambarchas bog’liqligi mujassam fan ekanligi (fanlar bilan aloqadorligi) o’qitishda o’g’il va qiz bolalar mehnatini o’ziga xosligi shahar va qishloq maktablarining moddiy texnika jihatdan ta'minlanish darajasiga bog’liqligi shahar va qishloq maktablarining kasbiy mahoratini shakllanishi bilim, ko’nikma va malakalarining o’ziga xosligi 1-4 sinflardan texnologiyamashg’ulotlari mazmuni va usullari o’qituvchilar tomonidan insonlarning umumiy mehnat va kasb faoliyatlariga doir dastlabki mehnat ko’nikmalarini o’zlashtirishga qaratilgan. O’quvchilar har bir mehnat harakatini ongli ravishda va shu harakatdan ko’zlangan maqsadga muvofiq shaklda bajarishga o’rgatib boriladi. 1-4 sinflarda texnologiyadarsi haftasiga 1 soatdan o’qitiladi. 1 sinfda 33 soat, 2-4 sinflarda 34 soatdan jami 1-4 sinflarda 135 soat o’qitiladi. DTS ga asosan 1-4 sinflarda texnologiyao’quv fani tarkibida quyidagi o’quv kurslari kiritilgan. umumiy va badiiy mehnat umumiy texnologiya ( buyumlar tayyorlash tartibi tex.as) ushbu yo’nalishning har biri yuzasidan quyidagi mavzular bo’yicha nazariy bilimlar beriladi va amaliy ish ko’nikmalari shakllantiriladi. Materialshunoslik asoslari asbobo-uskunalar haqida ma'lumot va ularni ishlatish usullari milliy hunarmandchilik kasblari bo’yicha umumiy ma'lumotlar o’zaro turdosh kasblar bo’yicha dastlabki tayyorgarlik hamda ularni 5-sinfda o’zaro uyg’unlashtirilgan holda integratsiyalashtirib o’qitish jarayonida amalga oshirib boradi. Aslida kasbga yo’naltirish ishlari 1-sinfdan boshlab barcha fanlar mazmuni uzviy bog’liqligi asosida ularning kasblar turlari bilan tanishtirish hamda shaxsiy xislatlari kasblarnng ma'lum 5 ta turi ya'ni odam-tabiat, odam-texnika, odamodam, odam-belgi tizimi, odam-badiiy obraz turlarining qaysi biriga mos ekanligini aniqlash hamda shu yo’nalishda rivojlantirib borish jarayonining natijasi hisoblanadi. 1-4 sinfda o’quvchilarni kasbga yo’naltirish ishlari mahalliy ehtiyojlar, imkoniyatlardan kelib chiqqan holda shuningdek istiqbolni belgilash idoralari tavsiyasi hamda Kasb xunar kollejlar va Akademik litseylar yo’nalishini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Hozirgi sharoitni hisobga olgan holda ko’proq maktablarda texnologiyamashg’ulotlarining mazmuni asosan milliy hunarmandchilik kasblari yo’nalishida olib boriladi. Yirik sanoat ishlab chiqarishi rivojlangan hududlardagi maktablarda texnologiyadarslarida o’quvchilarni shu sanoat sohasiga oid zamonaviy kasblarga yo’nalgan imkoniyatlarini yaratish lozim. O’quvchilar mehnat ta'limini amalga oshirish uchun quyidagi tashkiliy va uslubiy vazifalarni hal qilishi lozim. tashkiliy vazifalar: Texnologiyabo’yicha nazariy amaliy mashg’ulotlar uchun o’quv xonalari hamda unda maxsus ish joyi tashkil qilish, xavfsiz va qulay 25 mehnat sharoitini yaratish zarur. Xom ashyo materiallar, asboblar moslamalar mexanizmlar bilan ta'minlash. Sanitariya-gigiena, mehnat xavfsizligi bo’yicha belgilangan talablarni to’liq bajarilishini ta'minlash va muntazam nazorat qilib borish. Mehnat korxonalari, tashkiotlar kasb-hunar kollejlari bilan uzviy aloqa o’rnatish, rasmana hujjatlar, ish rejalari, o’quv xonada ishlash qoidalari, ayrim mexanizmlarni elektr jihozlar bilan ishlashi, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish qoidalari. Sinf jurnallarini yuritish. Uslubiy vazifalar- mashg’ulotlarning yarim va bir yillik ish rejalarini tuzish, bunda mahalliy sharoit va ehtiyojlar va imkoniyatlarni hisobga olib, o’quvchilarni yaqindan tanishtirish mumkin bo’lgan kasb turlarini tanlash, o’g’il va qiz bolalarning o’zlariga xos mehnat mashg’ulotlarini va kasb tanlashlarini amalga oshirish borish, mashg’ulotlarda zamonaviy ilg’or pedagogik texnologiyalar, didaktik vositalardan keng foydalanish mehnat ta'lim va tarbiyasining birligini ta'minlash. O’quvchilarga turli kasblarga tegishli dastlabki ko’nikma, mehnatga qiziqish va mehnatsevarlikni shakllantirish. Texnologiyajarayonida o’quvchilarni aqliy va axloqiy jihatdan rivojlantirib borishda ularning yosh xususiyatlari shaxsiy psixologik va fiziologik sifatlarini hisobga olish o’quvchilarni kasbga yo’naltirish ishlarini olib borish. O’quvchilarning bilim, o’quv ko’nikmalarini turli usullar bilan nazorat qilib borish, o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma malmkalar quyidagi mezon bo’yicha baholanadi: shakllangan nazariy bilimlar shakllangan ko’nikma va malakalar milliy hunarmandchilik sohalari bo’yicha shakllangan umumta'lim bilimlari milliy hunarmadnchilik kasblarining integrativ asoslarini o’zlashtirish Milliy hunarmandchilik kasblari asosi bo’yicha shakllangan bilim, ko’nikma va malakalar milliy hunarmandchilik kasblari bo’yicha shakllangan mahorat milliy hunarmandchilik sohasida shakllangan ijodkorlik shu bilan birga asboblardan foydalanishni egallash moslamalar ijod qilish tayyorlangan buyumlar yoki mashg’ulotlar sifati erishilgan natijalarni iqtisodiy ko’rsatkilarini aniqlash asosida baholash o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar 26 (1-4 sinflar yakunida) texnologiya69 bet № 7 mehnat qurollaridan xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda foydalan olish qog’ozning inson faoliyatidagi ahamiyatini bilish va u bilan ishlay olish mehnatga ijodiy va ongli yondosha olish texnik modellashtirishga oid ishlarni bajara olish qurilish materiallariga ishlov berish jarayonini bilish karton bilan ishlay olish o’zining va o’zgalarning mehnat faoliyatini baholay olish uy-ro’zg’or ishlarini bajara olish sodda konstruktorlik ishlarini bajarish mahalliy va tabiiy materiallardan foydalana olish gazlama, ip va tikuv asboblarini bilish elementar tikuv ishlarini bajara olish inosn mehnatini va faoliyatini turlarini anglash qishloq va shahar aholisi hayoti va mehnatini bilishi kerak.


Yüklə 157,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin