II BOB. Texnologiya darslarida didaktik tamoyillarning shakl va metodlarni qo‘llash. II.1. Texnologiyajarayonida pedagogic texnologiyalardan foydalanish shakllari. Mehnat tarbiyasi, mehnatga munosabatni tarbiyalash maktabdagi o’kuv hamda sinfdan tashqari ishlarning o’zagi, maktabning hayot bilan aloqasini mustahkamlashning asosiy yo’lidir. O’quvchilar mehnat ruhiy va amaliy tayyorlash maktabning asosiy tarbiyaviy vazifalaridan biridir. Maktabning turmush bilan aloqasi kundan-kunga mustahkamlanib bormoqda, sinfdan tashqari ishlarning o’kuvchilar o’zlarining mustakilliklari va tashabbuslarini namoyish eta oladigan, ularga jamiyat foydasi uchun tashkil etilgan mehnatning go’zalligi va quvonchini, jamoaning kuchini his etishlariga yordam beradigan yangi shakl va usullarlari aniqlanmoqda. O’quvchilariing mehnat faoliyatiga psixologik va amaliy tayyorlash o’kuvchilar ijtimoiy foydali mehnatinnng har xil turlarida qatnashayotgan vaqtlarda xilma-xil tarbiyaviy tadbirlarni kullash orqali amalga oshirilishi kerak. O’quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ish maktabning butun ta'lim - tarbiyaviy ishlarining ajralmas hismi bo’lib, u bolaning har tomonlama rivojlantirish, darslarda egallayotgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, amalda qo’llanishgaga yordam beruvchi muhim vositalardan biridir. Sinfdan tashqari ish ayni bir vaqtda o’quvchilarning bilim doirasini kengaytiradi, mehnat ta'lim va tarbiyasi bolalarda fan texnika, sa'natning turli sohalariga qiziqishini o’stirish masalalariii hal etishga yordam beradi. Texnologiyabo’yicha sinfdan tashqari ishlar texnik mehnat darslarining davomi ko’shimchasidir. O’quv mashg’ulotlari bilimlarga qiziqishini o’zsgiradi, sinfdam tashqarn ish darsida bilimlarni kengrok kullash hamda cho’qurlashtirish imkonini beradi. Shu bilan birga sinfdan tashqari ishdarsda berilgan materiallarni aynan takrorlamaslngi kerak, u sinfdagi ishdan o’zining o’yin, qiziqarli xarakterdaligi bilan ajralib turadi. Sinfdan tashqari ish o’quvchilarga ishnnng o’zlariga ko’proq yoqqan, o’zlarini ko’proq qiziqtirgan to‘rini tanlashlari uchun imkon yaratadi. Faqat sinfdan tashqari ishlarda o’quvchilarning individual ijodiy qobiliyatlari yorqinroq namoyon bo’ladi, bu yerda ular istalgan ish bilan shug’ullanishilari, qo‘yilgan maqsadga erishish uchun kerak bo’lgan vaqt va kuchini sarflashlari mumkin. Sinfdan tashqari ishning formalar ko’pdir: Ommaviy ish - kechalar, ertaliklar, konkurslar, ekskursiyalar, ko’rgazmalar. Maktablarda boshlang’ich sinflarda snnfdan tashqari ishlarni ertaliklar, ko’rgazmalar tayyorlashni uyushtirish kabi ommoviy ish turlaridan keng foydalanib, konskurs va viktorinalarga kam e'tibor beriladi. Ommaviy ishning konkurs va viktorinalar kabi turi juda qiziqarli va aynan bir vaqtda katta tarbiyaviy nmkoniyatlarga egadir. Chunki zehnli, tez javob topa bilish, o’z fikri, bilim va ko’nikmalarini safarbar eta bilish xuddi mana shu ish turlarida talab qilinadi. Maktabning tarbiyaviy ishlarida ommoviy ishlar katta rol o’ynaydi.Kechalarga, konkurslarga, viktorinalarga tayyorgarlik o’quvchilarni xar tomonlama xarakat kilishga matnlarni yodlash, kostyumlar tayyorlash, jixozlash, bezash ishlarini amalga oshirishga majbur qiladi. Kechalar mavzulari shunday tanlanish kerakki, u o’quvchilarda xar tomonlama qiziqish uygotsin, ularni o‘ylashga, ixtiro kishiga majbur etsin va faqat mavjud bilim va ko’nikmalar bilan cheklanib kolmay, kecha mavzusining dasturiga muvofiq yangiliklarni xam o‘zlashtira borsin. Ayniqsa kechalar ikki yondosh sinflar qo‘shilganda juda qiziqarli va jonli o‘tadi. Kecha mavzusi asosan maqol va matallardan olinadi, ammo kecha mavzusini "Mehnat va mehnat kishilarini sharaflaydigan" mehnatga aloqador bulishi xam mumkin. Mehnatga bag‘ishlangan kechalarni har bir o’quv choragi va yil oxirida o‘tkazish maqsadga muvofiq bular edi. Kecha "Maktab mehnat darslarida nimalarni o‘rganib oldingiz" mavzusi asosida o‘tkazish mumkin. Kechaning maqsadi mehnat darslarida olingan ko’nikma va malakalarini mustahkamlash, mehnatga muxabbat singdirishdir. Turli ishlarni bajarish, asboblarni to‘gri ishlatish, darslarda foydalaniladigan materiallar va asboblar 35 bo‘yicha bilimlarni tekshirishga bag‘shilangan musobaqalar sinfda va sinflararo o‘tkazilishi mumkin. Ish turlarini, tayyorlash texnologiyasini aynan o‘zini qoldirib o‘zgartirish kerak. Hamma topshiriqlarni bajargan o’quvchilarni maxsus nishon bilan taqdirlash mumkin.To’garak ishlarida ko’rgazmalar, mavzuli albomlar, ko’rgazmali qurollarni tashkil etish va bajarish muhim o‘rin egallaydi. Ko’rgazmapar mavzusi xilma-xil bo’lishi mumkin, masalan sinfda mehnat darslarida bajarilgan ishlar ko’rgazmasi, uyda mustaqil ishlagan yoki to’garaklarda ishlangan ishlar ko’rgazmasi va shu kabilar. Ko’rgazmani tomoshabinlar qanday idrok etiishari, ko’rgazmani qanday tashkil etilganligi, qanday bezatilganligini, namunalarning joylashtirishiga bog‘liqdir. Ko’rgazma estetik didni tarbiyalaydi. Boshlangich sinflarda to’garak ishi quyi sinf o’quvchilarini umumiy rivojlantirish, ayniqsa o’qishning turmush bilan alokasi nuqtai nazaridan juda muhim va keraklidir. "Mohir qo’llar", "Kugirchok teatri", "Yosh tabiatshunoslar" to’garaklari ayniqsa katta axamiyatga ega bo‘lib, to‘garaklarda o’g’il qiz bolalar bir xil qiziqish bilan shugullana oladilar. Xar biri o‘z qiziqishi, kuchi va imkoniyatlariga yarasha ish bilan shug‘ullana oladilar. To’garaklarni tashkil etishdan oldin o’qituvchi maktabdagi mavjud imkoniyatlarni chamalab chiqishi lozim. To’garak uchun albatta alohida xona kerak bu xona stol-stullar, ma'lum asbob-moslamalar to’plami, tayyor ishlarni qo‘yish uchun shkaflar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. To’garak ish rejasini to’garak raxbari sinf raxbarlari bilan hamkorlikda bir yilga tuziladilar. Rejada to’garak qaysi ish turi bilan shug‘ullanishi va shu ish turlari bo‘yicha qanday amaliy ishlar amalga oshirilishi qayd etiladi. Rejadagi ishlar oddiydan murakkabga o‘tishini ta'minlash uchun murakkablik darajasiga ko‘ra joylashtiriladi. Rejada o’tkaziladigan ekskursiya ham ko’rsatiladi. To’garak rejasini maktab rahbari tasdiklaydi. To’garak mashg’uloti haftada bir marta o‘tkazilib, u 1,5 soatdan ortiq davom etmasligi kerak. To’garak mashguloti odatda yangi ish usullarini ko‘rsatishdan boshlanib, to’garak a'zolari bu harakatni takrorlaydilar, asosiy ishga esa ular bu ish usullarini 36 yaxshi egallab olganlaridan so’ng kirishiladi. To’garak a'zolari ishlarni bajarish jarayonija oddiy sxemalar. chizmalardan foydalanishga, materiallarga tartibli, tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lishga, asboblar hamda ish joyini toza va tartibli saqlashga albatta odatlantirish zarur. To’garakning xar bir a'zosi "O‘zing bilim oldingmi – o‘rtog‘inga ham o‘rgat" degan qoidani doimo yodida saqlashi kerak. Individual mashg’ulot - kolleksiyalar to’plash, texnika bilan mustaqil shug’ullanish, qishlok xo’jaligi ishlari bilan shug’ullanish kiradi. Boshlangich sinf o’quvchilari ko‘plab ijtimoiy foydali mehnatda qatnashadilar. Ular paxta terishda, sabzavot mevalarni yigishda, ipak qurti boqishda, maktabni, maktab xovlisini, kucha xiyobonlarni obodonlashtirishda qo’llaridan kelgancha xarakat kiladilar. Ular dala shiyponlarida kutubxonalar tashkil etadilar, xavaskorlik konsertlarini beradilar, makulatura, temir-tersak to‘playdilar, kichkintoylarni, nafaqaxurlarni otaliqqa oladilar. Bu tadbirlarni barchasi o’quvchilar tashabbusi bilan amalga oshiriladi. Biz ko’p narsalarni o’rganishni faqat dars vaqtida bajara olmaymiz, qilgan vaqtimizda ham ulgura olmaymiz. Shuning uchun sinfdan tashqari olib borgan ishlarimiz katta ahamiyatga ega. Sinfdan tashqari ishlarda o’kuvchilarning qiziqishlariga, qobiliyatlariga qarab turli xil ishlarni amalga oshirishimiz mumkin. Bajarilgan ishlarimizni ahamiyati haqida tushuntirilib borilsa, yaxshi natijalarga olib keladi. Mehnat topshiriqlarini sinfdan tashqari ishlarda ko‘llash o’qituvchidan muntazam katta tayyorgarlikni, har bitta to’garak ishlarini doimo nazorat qilib, ularni chuqur va mastahkam bilimlar bilan qurollantirib, tanlagan ijodkorlikiga qiziqtirib va o’kuv fanlari mazmunini mukkamalashtirib o’quv jarayonini to’g’ri tashkil etish kerak. Sinfdan tashqari ishlarni samarali ravishda amalga oshirish, boshlang‘ich sinflarda o‘zlashtirgan bilim, malaka va ko’nikma va malakalarini mustahkamlaydi, dunyoqarashini shakllantiradi, ularning ijodiy qobiliyatlarini o‘sgiradi hamda bidiiy estetik didini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 37 O‘z vaqtida, rejali, tartibli o‘tkazilgan mashg‘ulotlar o’quvchilarning qiziqish va havaslarini oshiradi, ma'naviy, mafkuraviy qarashlarini boyitadi, xulosa qilib aytganda o’quvchilarga boshlang’ich sinfdanoq kelajakda to’g’ri ijodkorlik tanlashlariga ulkan zamin yaratilsa, kelajak-avlodning barkamol bo’lishida, jamiyatimizning rivojlanishida katta ahamiyat ijodkorlik etadi. Umumta'lim maktablarida texnologiyamazmunini milliy an'analar va qadriyatlarimiz, Respublika xududlari talablari asosida tashkil etib, uning tarmog’ini kengaytirish, zamon talablari darajasida isloh qilish kun tartibida turgan dolzarb masala 38 II.2. To‟garaklarda interfaol usullardan foydalanish. Umumta'lim maktablari va maktabdan tashqari muassasalarning bolalar, o’smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari darsdan tashqari ishlarda o’quvchilarning texnik ijodkorligi rivojlantirish faoliyati o’zining shakli, mazmuniga ko’ra xilma-xildir. Shunday bo’lsa ham keyingi o’n yillar ichida ana shu faoliyatning quyidagi asosiy yo’nalishlari aniqlandi: 1-4 sinflarda o’quvchilar texnik ijodkorlik bilan bog’liq mehnatga qiziqish va jamoa mehnatiga ishtiyoq uyg’otish, ana shu yoshlar guruhidagi o’quvchilarni yasama texnik o’yinchoqlar, modellar va turli jiqozlarni konstruksiyalash bilan bog’liq faol texnik o’yinlar, musoboqalar va konkurslarga qatnashtirish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatiga va tajribachilik ishining eng oddiy shakllariga jalb etish, bolalarda texnika, sanoat va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi sohalaridagi texnik havaskorlik, ijodkorlik va tajribachilikka intilishni tarbiyalash. O’quvchilarni maktablar va maktabdan tashqari muassasalardagi texnik ijodkorlik jarayonida ommaviy ishchi ijodkorliklariga yo’naltirish. O’quvchilarning u yoki bu turdagi amaliy faoliyatga qiziqishlarini aniqlash va rivojlantirishning dastlabki pog’onasida o’qituvchi individual ish olib boradi, suhbatlashadi, adabiyotlarni tavsiya etadi, o’quvchini to’lqinlantirgan ishni muhokama qiladi, qiziqarli fan va texnika kechalarini, fan va texnika tarixidagi atoqli kunlarga bag’ishlangan kechalarni tayyorlash va hokazolar bo’yicha individual topshiriqlar beradi. Shundan keyin, o’qituvchi ana shu o’quvchilarni to’garakka birlashtiradi. Bunda ular jamoa topshiriqlarini ham bajara oladilar. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar to’garaklarida Rahbar bilan o’quvchilarning didaktik o’zaro hamkorligi o’yin faoliyati shaklida tashkil qilinadi. Konstruktorlik to’garaklarida o’rta maktab yoshidagi o’quvchilar bilan ishlashda bu hamkorlik vujudga kelgan amaliy vazi-falarni (masalan, texnika to’garaklarida texnik vazifalarni bajarishda, qandaydir texnik qurilmani, model, maket, tajriba namunasini ishlab chiqish va tayyorlashda) bosqichma-bosqich hal qilish jarayonida tashkil etiladi. Hozirgi kunda maktablar va maktabdan tashqari muassasalar faoliyatida o’quvchilar texnik ijodkorligi to’garaklarining quyidagi turlari vujudga kelgan: 1. Tayyorlov texnika to’garaklari (kichik maktab yoshidagi o’quvchilar uchun). Ularda o’quvchilar jonli va oson shaklda texnika elementlari hamda eng oddiy texnologik jarayonlar bilan tanishadilar, qog’oz, plastmassa, metall va boshqa materiallarga ishlov berish bo’yicha olgan boshlang’ich ko’nikmalarini rivojlantiradilar. O’quvchilar texnik o’yinchoqlar, mashina va mexanizmlarning sodda modellarini, eng oddiy avtomatik qurilmalar, o’quv ko’rgazmali qo’llanmalar, maktab hamda uy-ro’zg’or buyumlari va hokazolarni tayyorlaydilar. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar uchun tayyorlov texnika to’garaklari orasida ko’pincha boshlang’ich texnik modellashtirish to’garaklari, elektrlashtirilgan o’yinchoqlar to’garaklari, transport texnikasini boshlang’ich modellashtirish to’garaklari tashkil qilinmoqda. 2. Predmet (fan-texnika) to’garaklari: fizika, fizika-texnika, ximiya, ximiya-texnologiya, agroximiya, astronomiya va boshqa to’garaklar. Bunday to’garaklar o’quvchilarning maktab o’quv rejasidagi turli predmetlar bo’yicha olgan bilimlarini chuqurlashtirish va amaliy ko’nikmalarini mustaqkamlash, ta'lim xonalarini to’ldirish uchun asbob-uskunalar yasash va shu asosda o’quvchilarning texnik ijodkorligini rivojlantirish maqsadlarida tashkil qilinadi. 3. Sport-texnika to’garaklari maktablarda, ko’proq maktabdan tashqari muassasalarda faoliyat ko’rsatadi. Bular aviamodel, raketa-kosmik modellashtirish, avtomobil modelchiligi, kema modelchiligi, temir yo’l modelchiligi, radio boshqarish, suv-motor va boshqa to’garaklar. Mazkur to’garaklarda o’quvchilar modellarni va ishlaydigan tex-nikani konstruksiyalash va tayyorlash bilan shug’ullanadilar, keyin esa ana shu modellar bilan sportning texnik turlari bo’yicha modelchi-sportchilarning musoboqalarida qatnashadilar. O’quvchilar sport-texnika to’garaklarida tegishli texnika tarmo-g’ining tarixi, uning xalq xo’jaligida va mamlakatimiz mudofaasida qo’llanishgai bilan, Vatanimizdagi havo yo’llari transportlari samolyotlar, avtomobillar, suv yo’llari 41 transporti, radio apparatlari va boshqa texnikalar bo’yicha buyuk konstruktorlar texnik tafakko‘rining xususiyatlari bilan tanishadilar. Yuqoridagi to’garaklardan tashqari metallchilar, duradgor konstruktorlar, texnolog ixtirochilar, shuningdek, elektrotexnika, radiotexnika, elektron avtomatika, texnika, kibernetika, rabotexnika, kichik o’lchamli qishloq xo’jalik texnikasini konstruksiyalash, texnikani jihozlash va o’lchov texnikasi klublari keng tarqalgan. O’quvchilarning ana shu to’garaklardagi faoliyati, eng avvalo, texnikani o’rganish bilan, o’rganilgan mashinalarda ishlashni osonlashtiradigan turli ish moslamalarini yaratish, mashinalardagi har xil tizimlarning ishlash prinsipi va tuzilishini tushunishga yordam beradigan ko’rsatmali qo’llanmalarni tayyorlash bilan bog’liqdir. Maktab texnika to’garaklari tarmog’ining rivojlanishi va shu to’garaklarning yuksak saviyada ishlashi ko’pincha maktablarda texnika yoki sport texnika, o’quvchilar ilmiy jamiyatlarining klublari tashkil topishiga olib keladi, o’quvchilarning mehnat birlashmalari ishlarning mexanizatsiyalashuvi darajasini oshiradi. Yangi texnik yechimlarni izlash metodlarini o’zlashtirishga juda qiziqadigan o’quvchilar ko’pincha mahalliy texnik ijodkorlik markaz-laridagi mashg’ulotlarga qatnashadilar, maktabda ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyatining maktab tashkiloti, maktab konstruktorlik uyushmalari kabi uyushmalarining faoliyati rivoj topadi. Bu birlashmalar pedagoglar va muhandis texniklar jamoatchiligining amaliy yordami bilan o’quvchilarning ijodiy faolligi, tashabbuskorligi va qavaskorligini rivojlantirish uchun yaxshi hamda yuksak ijodkorlikiy saviyadagi sharoitni yarata oladi. Ularning ishlab chiqarish, ilmiy muassasalar va tashkilotlar, ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyatining mahalla bilan mustaqkam aloqasini ta'minlaydi. Bunday ishlarni tashkil qilish va o’tkazishda mahalliy uyushmalarda hamda yosh texniklar markazlarida shug’ullanayotgan to’garak qatnashchilari o’qituvchiga katta yordam berishlari mumkin. Olimlar va ishlab chiqarish ilg’orlari 42 bilan uchrashuvlar, o’quvchilarning ilmiy-texnik konferensiyalari, texnik ijodkorlik ko’rgazmalari, olimpiada va konkurslar, sayoxatlar, ilmiy-ommabop ma'ruzalar, yosh ixtirochilarning anjumanlari, har yilgi fan, texnika va ishlab chiqarish haftaliklari mamlakatimizdagi maktablar va maktabdan tashqari muassasalarda an'anaviy tus olgan, o’quvchilarni texnik ijodkorlikka ko’proq jalb etadigan ommaviy tadbirlarning shakllaridir. Ma'lumki, dars o’quvchilarga tarbiya va ta'lim berishning asosiy shaklidir. Dars qanchalik jozibali, uning shakli va mazmuni qanchalik yorqin bo’lsa, o’quvchilar predmetga shunchalik qiziqadilar, ularda ko’proq savollar tug’iladi. Predmet bo’yicha dars mazmunli o’tilsa, sinfdan tashqari mashg’ulotlarni ham sifatli o’tish samaradorligini oshiradi. Tajribali texnologiyao’qituvchilarining fikricha, o’quvchining qiziqishlari yo’nalishida, uning o’qishdan tashqari faoliyati mazmunida bolalar va o’smirlar ijtimoiy tarbiyasining natijalari yaqqol ko’rinadi. Shuning uchun bu faoliyatni tashkil etish imkoniyati qanchalik keng bo’lsa, o’quvchidagi qiziqish va qobiliyatni shunchalik barvaqt aniqlash, ularning rivojlanishiga ta'sir ko’rsatish, o’quvchiga o’z ishini, o’zining kelajakdagi ijodkorlikini topishda yordam berish mumkin. To’garakdagi ishlar o’quvchilarga biror ijodkorlikdagi mehnatning mazmunini, ommaviy ishchi ijodkorliklarining eng qiziqarli jihatlarini bilib olishlarida yordam berishi zarur. Shuning uchun maktabdagi to’garaklarning faoliyatini belgilashda mahalliy ishlab chiqarishning yo’nalishini hisobga olish kerak. Rahbar to’garak jamoasini uyushtirish bilan birga to’garakda ijodiy ishlab chiqiladigan va tayyorlanadigan ob'ektlarni belgilaydi, to’garak ishini moddiy jihatdan ta'minlash imkoniyatlarini, shuningdek, bo’lajak texnik qurilmaning murakkab detallarini tayyorlashda hamda maslaqatchilarni jalb qilishda amaliy yordam ko’rsatish uchun baza, korxonaning imkoniyatlaridan foydalanish miqyosini aniqlaydi. 43 Texnologiyao’qituvchisi boshqaradigan to’garakdagi o’quvchilar mehnatining ob'ektlarini belgilashda asosiy diqqat – e'tibor maktab ustaxonalarini ayrim texnik qurilmalar, texnologik uskunalar, mehnat birlashmalaridagi mehnatning kichik mexanizatsiya vositalari bilan ta'minlashga, maktab ustaxonalaridagi mavjud uskunalarni ta'mirlash va takomillashtirishda, o’quvchilarning o’quv materialini o’zlashtirishida yordam beradigan har xil ko’rsatmali qo’llanmalarni, elektrlashtirilgan stendlarni, bilishga doir o’yinlarni ishlab chiqishga haratiladi. O’quvchilarning to’garakdagi ish uchun ob'ektlar tanlashdan oldin o’quvchilarning o’zlarini tayyorlash, ularda kishilar uchun kerakli buyumlarni ishlab chiqish hamda yasashga qiziqish va ishtiyoq uyg’otish kerak. Ishning muvaffaqiyati o’qituvchi, to’garak rahbari to’garak qat-nashchilari orasida vazifalarning taqsimlanishini qanchalik aniq tashkil etgani, ularning individual va yosh xususiyatlarini, maktab ustaxonalari sharoitida tavsiya qilingan ishni bajarishga amaliy tayyorlik darajasini hisobga olgani bilan ham belgilanadi.
Boshlang’ich sinflarda darsdan tashqari mashg’ulotlarda ijodkorliklar bilan tanishtirish jarayonida asasan mahalliy kablar bilan tanishtirish ko’zda tutiladi .Davlat ta'lim standartida ham boshlang’ich sinflarda darsdan tashqari mashg’ulotlarda ijodkorliklar bilan tanishtirish maqsadga muofiqligi ko’zda tutilgan. Jumladan 5-ta ijodkorlik turi bo’yicha ijodkorliklar bilin tanishtirishni ko’zda tutiladi bular inson-tabiat, inson-texnika, inson-inson, inson-belgili tuzilishi, inson-badiiy obraz shuni nazarda tutish kerakki ijodkorliklar bilin tanishtirishda uning qiyin tomonlarini aytmaslik maqsadga muvofiq. Dasturda ko’rsatilgan amaliy ishlarni har doim ham maktab to’garaklari faoliyati jarayonida bajarib bo’lmaydi. Bu juda ko’p sabablarga, jumladan, ustaxonalarning moddiy texnik bazasiga, o’qituvchining amaliy tayyorgarligiga ham bog’liqdir. O’qituvchi dasturda ko’rsatilgan vaqtdan mavzular bo’yicha ajratilgan vaqtlar nisbatini aniqlash uchun mo’ljal sifatida foydalanishi mumkin. 44 Dasturlar maktab to’garagi mashg’ulotlarini haftada bir marta to’garak ishining birinchi yili ikki akademik soatdan va ikkinchi yili uch akademik soatdan o’tkazishni mo’ljallab tuzilgan. To’garak rahbariga ish haqi to’lash bilan bog’liq masalalar qoidaga muvofiq maktab ma'muriyati va baza korxonaning kasaba uyushmasi tomonidan hal qilinadi. Ba'zan maktablardagi texnika to’garaklari yosh texniklar markazining filiali sifatida tashkil etiladi. Bunday hollarda to’garak rahbarining ish haqi maktab va tegishli yosh texniklar markazi jamoalarining hamkorlik to’g’risidagi shartnomasi asosida belgilanadi. To’garak faoliyati doimo to’garak rahbari tuzgan va maktab direktori tasdiqlagan ish rejasi bo’yicha amalga oshiriladi. To’garak ishining rejasi to’garakning namunaviy dasturi yoki to’garak rahbari o’qituvchining o’zi tuzgan va maktab direktori tasdiqlagan dastur asosida tuzilishi mumkin. Ko’pincha to’garakning ish rejasi mashg’ulotlar boshlanishidan ancha oldin, rahbar hali to’garak qatnashchilari ro’yxatini aniq bilmaydigan paytda tuziladi va tasdiqlanadi. Aslida esa to’garakning yillik ish rejasi loyihasinigina oldindan tayyorlash, keyin to’garak qatnashchi-larini ana shu loyiqa bilan tanishtirish, uni uzil-kesil ma'qullashni esa navbatdagi mashg’ulotlarda, ya'ni o’quvchilar o’z faoliyatining asosiy yo’nalishlarini va o’zlarini nimalar ko’proq qiziqtirishini bilib olganlaridan so’ng amalga oshirish to’g’riroqdir. O’quvchilarning faol ishtirokida tuzilgan reja eng to’g’ri bo’ladi, chunki bunday reja har bir o’quvchining ishiga aylanadi. O’zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda o’z mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo’lga ega bo’lishi, xalq xo’ja-ligining turli sohalarida, jumladan, xalq ta'limi tizimida ham o’sib kelayotgan yosh avlod ta'limtarbiyasi bilan bog’liq jarayonlarni qayta ko’rib chiqishni taqozo etmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradordigini oshirish to’g’risida»gi farmonida ko’rsatilganidek, jamiyatda yuksak ma'naviy 45 fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an'analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir. Darsdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning sama-radorligini oshirish, avvalo, komil insonni shakllantirishning eng za-monaviy va qulay yo’nalishlarini topib joriy etishga bog’liq. Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do’stlari, jamoat tashkilotlari, atrof muhit, ommaviy axborot vositalari, san'at, adabiyot, tabiat va hakozolar bevosita ta'sir ko’rsatadi. Yuqoridagi barcha hayotiy ehtiyojlarni vujudga keltirishda o’zaro hamkorlikning ta'sir doirasi orqali shaxsni ijodkorlikiy tarbiyalash va tarbiyaning birligini ta'minlagan holda, uni shaxs sifatida shakl-lanishga salbiy ta'sir ko’rsatadigan muqitdan himoya qilish muhimdir. Ijodkorlikiy tarbiyaning bosh maqsadi yosh avlodni ma'naviy axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy ma'naviy tarixiy an'analarga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tash-kiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishdir. Hozirgi paytda axloqiy va ma'naviy jihatdan ijodkorlikiy-tarbiyaviy ishlarni o’smirlar orasida kuchaytirish talab etiladi. Maktab va maktabdan tashqari ta'lim muassasalari tarbiyachilari (o’qituvchilar, sinf Rahbarlari, ma'naviy-ma'rifiy tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlari, bolalar yetakchilari va boshqalar) jamoasi oldida doimo o’quvchilarni ijodkorlikga yo’naltirish asosida hayotga tayyorlashdek muhim vazifa turadi. O’quvchilarda ijodkorlikiy tarbiyani shakllantirishda kitob va kitobxonlik muhim ahamiyat ijodkorlik etadi. Bilim manbai bo’lgan kitobni sevish, uni o’qish va ko’z qorachig’idek saqlay bilish lozim. O’qish uchun uni tanlay olish va o’qish madaniyatini bilish kerak. Bu ishda ustozu murabbiylar va kutubxona xodimlari yordam berishlari lozim. 46 Ijodkorlikiy tarbiyani amalga oshirishda ta'lim muassasalarida umuminsoniy qadriyatlar doimo diqqat markazida bo’lishi va uni amalga oshirish uchun shaxs erkinligi va oshkoralikni himoyalash har bir kishining asosiy vazifasidir. Kundalik tarbiyaviy ishlarni shunday tashkil etish zarurki, natijada o’quvchilar Respublika mustaqilligi sharoitida uning muammolarini o’zinikidek qabul qiladigan bo’lsin. Ularning og’irligini o’z yelkasiga oladigan, mumkin qadar Vatanga foyda keltiradigan shaxs bo’lib ulg’aysin. Bugungi kunda olib borilayotgan, ko’zda tutilgan barcha yangilanish jarayonlari, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy sohalardagi tub o’zgarishlar hammaning fidokorona xizmati tufayligina yuzaga kelishini tushunsin. Iqtisodiy tarbiyaning umumiy maqsadi jamiyat taraqqiyotini belgilovchi ijodkor shaxsni hayotiy faoliyat vositasidan unumli foydalangan holda uning iqtisodiy savodxonligini, iqtisodiy mada-niyatlilik darajasini oshirishdan iborat.