Mavzu: Turli guruhlarda tabiat burchagida o‘simlik va hayvonlarni parvarishlash va ularga g`amxo‘rlik qilish, taxminiy mashg`ulot ishlanmalarini tuzish Reja


Katta yosh guruhda ekologik markaz



Yüklə 173,21 Kb.
səhifə3/8
tarix19.12.2023
ölçüsü173,21 Kb.
#186070
1   2   3   4   5   6   7   8
16-Mavzu

Katta yosh guruhda ekologik markaz. Katta yosh guruhda narsalarni kuzatish, solishtirib ko‘rish, ularni turli belgilariga ko‘ra umumlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish davom ettiriladi. Kuzatishlarning asosiy mazmuni o‘simlik va hayvonlarni o‘sishi hamda rivojlanishini, ularning mavsumlarda o‘zgarishlarini aniqlashdan iborat bo‘ladi. Bolalar o‘simlik o‘sishi uchun yorug‘lik, nam, issiqlik, tuproqdan oziqlanishini, turli o‘simlik turli miqdordagi yorug‘lik va namlik talab qilishini bilishlari kerak.
Bolalarni o‘simliklar, ularning tashqi tuzilishining xususiyatlari, faqat barglarigina emas, balki poya va gullarining ham xilma-xilligi bilan tanishtirish davom ettiriladi. O‘simliklarni parvarish qilish usuli asosida barg va poyalarni xarakteriga ko‘ra aniqlash, o‘simlikni ozoda saqlash ko‘nikmasi mustahkamlanadi. O‘simliklarni o‘rganishda ularni ko‘paytirishning ba'zi usullari, jumladan, poyasini «qalamcha» qilib ko‘paytirish haqidagi bilimlar ham kiritiladi. Bularning barchasi jonli tabiat burchagini yangi o‘simliklar xilma- xil poyali, chirmashadigan, yoyilib o‘sadigan yoki tik poyali, piyozli, kartoshka piyozli va shu kabilar bilan to‘ldirib borishni talab qiladi. Tradeskansiyaning 2-3 xil turi, xona uzumi, plyush, chirmashuvchi fakus, aloe, zigokaktus, epifillyum, siklamen, primula, amarillis, klavniya kabilar shular qatoriga kiradi. Bu o‘simliklarning shakli va barglari, poyasi, gullari xarakteriga ko‘ra xilma-xil bo‘lib, quyosh nuri va suvga ehtiyojlari ham turlichadir. Katta guruh bolalarining jonli tabiat burchagi uchun hayvonlarni tanlashda asosiy vazifa hayvonlarning yashash muhit sharoitlariga moslashish xususiyatlari haqidagi boshlang‘ich bilimlarini shakllantirishni ta'minlashdir. Akvariumda issiqsevar, tirik tutiladigan va ikra tashlaydigan baliqlar guruhi - mechenosets, skalyariya, guppi va shu kabilarni saqlash maqsadga muvofiqdir.
Katta guruh tabiat burchagida toshbaqaning istalgan turini saqlagan yaxshi. Odatda bu jonivor qishda qisqa muddatli uyquga ketadi. Agar toshbaqa tabiat burchagida bir necha yildan beri yashayotgan bo‘lsa u uxlamasligi mumkin, biroq u bu davrda lanj bo‘lib qoladi, ozuqani istar-istamas yeydi. Bunday holatning sababini hamda uning yashashi uchun mos sharoitni faqat maktababgacha ta'lim yoshidagi katta bolalar tushunishlari va yaratishlari mumkin. Sutemizuvchilarni tanlash ham juda xilma-xildir. Bu guruh markazida “dengiz cho‘chqasi”dan tashqari tipratikan, suriya og`maxoni ham bo‘lishi kerak. Og‘maxon tabiat burchagida yashovchi boshqa sutemizuvchilarga nisbatan mavsumlarda o‘z hayot tarzini ko‘proq o‘zgartiradi. Bu o‘zgarishlar hayvonlarning tabiatdagi hayot sharoitlariga bog‘liqligini maktabgacha ta'lim yoshidagi katta bolalar bilishlari kerak.
Maktabgacha tayyorlov guruhda ekologik markaz. Tayyorlov guruhida bolalarni tabiat bilan tanishtirishning asosiy vazifasi ularda tabiat olamidagi muhim bog‘liqliklar – o‘simliklarning kompleks sharoitlarga (namlik, issiqlik, yorug‘lik va shu kabilar), hayvonlarning tashqi tuzilishi va hayot tarzi, yashash muhitiga bog‘liqligi haqida elementar bilimlarni shakllantirishdir. Bolalar turli mavsumlarda o‘simlik va hayvonlar hayotida sodir bo‘layotgan doimiy takrorlanuvchi o‘zgarishlar, ularning o‘sish va rivojlanishining asosiy davrlari bilan tanishadilar.
O‘simliklar dunyosi haqidagi bilimlar mazmuniga ularni ko‘paytirishning ba'zi usullari haqidagi bilimlar kiritiladi. Bolalar narsalarning muhim, umumiy belgilarini ularning o‘zgaruvchanligiga ko‘ra

bilishlari kerak. Shunga ko‘ra o‘simlik va hayvonlarni tanlashda faqatgina tuzilishlarining xilma-xilligiga emas, balki muhitning ma'lum sharoitlarga moslashganligiga ham e'tibor beriladi. Bolalar o‘simliklarni sug‘orish (suvning miqdori va sug‘orishning takrorlanishi) o‘simlikning tabiatdagi yashash muhitiga (tropik botqoqliklar va soy, changalzorlar, quruq cho‘l va dashtlar), shuningdek, yil fasllariga bog‘liqligini anglab olishlari uchun jonli tabiat burchagiga, yilning 10 oyi davomida juda nam tuproqda o‘sadigan papirusni, suvni kam talab qiladigan va onda-sonda sug‘oriladigan kaktusni (1-2 turini), namga ehtiyoji katta bo‘lgan pirimula, tradiskantsiyani hamda o‘rtacha sug‘orishni talab qiladigan uzambarg gunafshasini qo‘yish zarur. Qishda ko‘pgina subtropik o‘simliklar sug‘orishni uncha ko‘p talab qilmaydi. Ekologik markazdagi o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishini tabiiy sharoitdagi o‘sish sharoitlari bilan aloqasi haqida boshqa o‘simliklar ham, ayniqsa liliya va amarillis oilasiga taalluqli bo‘lgan - amarillis, kliviya, krinum, dratsena, gemantus va shu kabilar dalolat beradi. Mazkur o‘simliklar uchun qishning birinchi davri - tinchlik davri bo‘lib, bu vaqtda sug‘orish deyarli to‘xtatiladi.
Xona o‘simliklarini ko‘paytirish usullari xilma-xildir: yorongul, begoniyareks, sansevyera va boshqalar novdalaridan, aspidistra, asparagus va shu kabilar butoqchalaridan ko‘paytiriladi. «Tirik tug‘iluvchi» o‘simliklardan - toshyorar, xlorofitum, briojillyum bolalarda katta qiziqish uyg‘otadi. Akvariumdagi baliqlar ham (ularning 2-3turi bo‘lishi kerak) mahalliy suv havzalaridagi issiqsevar baliqlardir. Bu guruhlarning har biri, garchi unchalik murakkab bo‘lmasada, boqishda alohida sharoit talab qiladi.
Maktabgacha tayyorlov guruhining ekologik markazida tutqunlikda bola ochadigan qushlarni, yozda esa maydonchada tovuq, o‘rdaklarni (mahalliy sharoitga ko‘ra) boqish maqsadga muvofiqdir. Sutemizuvchilardan ekologik markazida istalgan jonivor, ayniqsa hayot tarzi mavsumga muvofiq o‘zgaradiganlarini (tipratikan, og`maxon), bog‘cha hovlilarida esa katta bolalar quyonlarni parvarishlab boqishlari mumkin.



Yüklə 173,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin