Mavzu: Turli guruhlarda tabiat burchagida o‘simlik va hayvonlarni parvarishlash va ularga g`amxo‘rlik qilish, taxminiy mashg`ulot ishlanmalarini tuzish Reja



Yüklə 173,21 Kb.
səhifə7/8
tarix19.12.2023
ölçüsü173,21 Kb.
#186070
1   2   3   4   5   6   7   8
16-Mavzu

Mashg‘ulotni yakunlashda cho‘chqachani shaklini plastilindan yoki loydan yasashni taklif etiladi. Chiroyli yasagan bolalarni rag‘batlantirilad



O‘rta guruh
Mashg‘ulotning nomi: "Xona o 'simliklari bilan tanishtirish ". (Bal’zamin.)
Mashg‘ulotning maqsadi: Bolalarga o‘simliklarni tasvirlashni o‘rgatishda davom etish va bunda o‘simliklar o‘rtasidagi tafovutlar hamda o‘xshashlikni va tashqi ko‘rinishidagi eng xarakterli belgilarini qayd qilib berish. Tarbiyachi taklif etgan reja bo‘yicha tasvirlashga o‘r-gatish. Bolalarning o‘simliklar haqidagi bilimlarini mustahkamlash. Bolalarni yangi o‘simlik- bal'zamin bilan tanishtirish-turmushda rasm bo‘lgan nomini aytib berish (xinagul). O‘sim-likning nega shunday nom bilan atalishini tushuntirib berish. Bolalarning xona o‘simliklariga va ularning kuzatib borishiga bo‘lgan qiziqishlarni qo‘llab-quvvatlab rivojlantirib borish.
Mashg‘ulotga tayyorlanish: Ko‘zdan kechirib chiqish uchun o‘simliklarni tanlash; ba’zilarini stolga, boshqalarini deraza oldiga qo‘yib qo‘yish. Mashg‘ulotning boshida bal'zamin olib qo‘yil-gan bo‘ladi.
Mashg‘ulotning borishi: Bolalar o‘z o‘rinlarida o‘tirishadi. Tarbiyachi ulardan mana bunday savollarga javob berishni so‘raydi: "Mening stolimda turgan narsa nima? Bu xona o‘sim-liklarining nomlari qanaqa? Ularning katta-kichikligi-chi? Barglarining shakli, katta- kichikligi, rangi, yuzasi qanaqa? Bu o‘simliklarning gullari bormi? Gullari qanaqa va qancha?". So‘ngra fikusni ko‘rsatadi va uni ko‘zdan kechirib chiqishni iltimos qiladi; uning kattaligi qandayligini bolalardan so‘rab ko‘radi. Bolalar: "Katta, daraxtga o‘xshaydi" deb javob berishadi. Tarbiyachi savollariga javob berishar ekan, bolalar bu o‘simlikning poyasi to‘g‘ri, baland o‘sgan, barglari kalta, shakli tuxumsimon, rangi to‘q yashil deb aytishadi.
Tarbiyachi o‘simlik bargini ushlab ko‘rishni taklif etib,-"bargi to‘g‘risida yana nimalar deyish mumkin,-deb so‘raydi. Paypaslab ko‘rilsa, u qo‘lga qanday unnaydi?
To 'g‘ri, bargi silliq, yaltiroq".
Shundan keyin: o‘simlik to‘g‘risida har bir bola nima dedi. O‘simlikni umuman qanday ta 'riflash mumkin deb, yakun chiqariladi.
Tarbiyachi bir-biridan farq qiladigan boshqa o‘simliklar to‘g‘risida ham so‘zlab berishni, ularning katta-kichikligini, barglarining shakli va rangi hamda boshqa belgilarini bir-biriga solishtirib ko‘rishni taklif etadi.
Keyin bal’zamin ko‘zdan kechirib chiqiladi. Tarbiyachi bolalarga murojaat qilib, mana bunday deydi: "Bolalar, mana bu yangi o‘simlikka qarang. Buning nomi xinagul. Ko‘ryapsizmi, uning bir talay mayda-mayda qizil gullari bor, shu gullariga qarab, uni xinagul deb ataladi. Uni diqqat bilan ko‘rib chiqing-da, boshqa o‘simliklar to‘g‘risida qanday so‘zlab bergan bo‘lsangiz, bu o‘simlik to‘g‘risida ham xuddi shunday so‘zlab bering. (Bolalar xinagulni ko‘zdan kechirib chiqib, uni tasvirlab berishadi.) xinagul sizga yoqadimi? Uni guruhda olib qolamiz. Qayerga qo‘ysak ekan, uni? To‘g‘ri, xinagul yorug‘lik ko‘p bo‘lib, oftob tushib turadigan joyda yaxshi o‘sadi. Endi xinagul bilan boshqa bir o‘simlikni-qirq og‘aynini bir-biriga solishtirib ko‘raylik. Ular bir-biriga o‘xshaydimi? Nimasi bilan
o 'xshamaydi? Ularning kattaligi qanaqa? Barglari qanaqa? "
Savollarni berar ekan, tarbiyachi bolalar har bir o‘simlikka umuman ta'rif berishga undaydi, uni boshqa o‘simliklar bilan solishtirib ko‘rish esa har bir o 'simlik uchun xos bo‘lgan belgilarni aniqlab olishga yordam beradi.

Yüklə 173,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin