Hayvonlar uchun tarrariumlarni to‘g`ri tanlash va jihozlash.. MTTda boqish mumkin bo‘lgan hayvonlarni markazda muntazam parvarish qilib turishni tarbiyachi va bolalar zimmasiga yuklatiladi. Hayvonlar uchun terrariumni shunday jihozlash kerakki, hayvon o‘zini yashaydigan joyiga o‘xshatishi, hamda begonasiramasligi kerak. Buning uchun tarbiyachi terrariumga shoxchalar, novdachalar, mayda shag‘al toshchalar, o‘tlar, suvdon bo‘lishi kerak. Bolalar kichik guruhda tarbiyachi rahbarligada “Ilm-fan va tabiat” markazida mehnat qilsalar, katta va tayyorlov guruhlarda mustaqil mehnat qiladilar. Har bir guruhda markazda navbatchilik tashkil etiladi. Navbatchilarning vazifasi hayvonlarning qafasini, terrariumini tozalash va ularga ovqat berishdir. Har bir navbatchilar uchun fartuklar bo‘lib, maxsus taxtakachchalar, pichoq, tog‘orachalar bo‘ladi. Navbatchilar sabzavot va mevalarni shu taxtakach ustida to‘g‘rab hayvonlarga beradilar. Tozalash uchun supurgicha, hakondoz, latta, chelak bo‘lishi shart. Tozalayotganda ham, yosh xususiyatga ham e’tibor berish kerak. Har bir guruhda navbatchilar zo‘r qiziqish bilan navbatchilik qiladilar.
Hayvonlar uchun to‘g`ri ozuqalar tanlash. Markazda boqiladigan jonivorlar bir kunda bir marta oziqlantiriladi, chunki bu jonivorlar o‘z ozuqalarini g‘amlab qo‘yadigan odatlari bor.
Hayvonlar uchun ozuqalarini to‘g‘ri tanlay bilish kerak. Ular ko‘katlar, sabzavotlardan qizil-sariq sabzi, karam, turup, salat bargi, qotgan non, qandlar yeydi va suv ichadi. Sovuq kunlarda
Terrariumda yashovchi hayvonlardan to‘g`ri parvarishlash va saqlash.
Kichik guruhdabolalar hayvonlar parvarishlash bo‘yicha tarbiyachini kuzatib boradilar Tarbiyachining hayvonlarni qanday parvarish qilayotganini kuzatib, bu ishda unga yordam berib turishlari (tegana va oxurlarga ovqat solishlari, suvdonga suv quyib qo‘yishlari, katakka qum sepishlari) hayvonlar uchun ko‘k oziqa yetishtirishlari kerak.
O‘rta guruh. Hayvonlar parvarishiyuzasidan bolalar hayvonlarni har xil oziqalar bilan boqib borishda muntazam ishtirok etish. Terrariumning tashqi devorlarini artib chiqish, suvdon va teganaklarni yuvib turish. Hayvonlarga berish uchun suli maysalarini yetishtirish.