Tayyorlov guruh.
Mashg‘ulot nomi: "Dengiz cho‘chqachasini kuzatish".
Mashg‘ulotning maqsadi: Bolalarni yangi hayvon dengiz cho‘chqachasi bilan tanishtirish. Tashqi ko‘rinishining muhim belgilarini bilib olish. Bu hayvonning qiliqlarini kuzatib borish va parvarish qilish istagini tarbiyalashda davom etish. Bu hayvonning nima uchun shunday nom bilan atalishini tushuntirib berish. Bolalarning nutqida: ola-bula, qil, mayda qadamlab yurish, kemiruvchi so 'zlarini foydalanishini faollashtirish.
Mashg‘ulotga tayyorgarlik: Cho‘chqachani ko 'zdan kechirib chiqib, u bilan muomala qilishni o‘rganiladi, unga oziqa, suli maysasi yoki salat, sabzavotlar tayyorlab qo‘yiladi. Mashg‘ulot oldidan hayvonga ertalab ovqat berilmaydi.
Stollarni surib, ustiga silliqmas klyonka yoziladi, stullarni doira shaklida qo 'yib chiqiladi.
Mashg‘ulotning borishi: Tarbiyachi men hozir bir havyonni olib kelaman, uni qo‘rqitib yubormaslik uchun siz tinch o 'tiring, deb tayinlaydi. So‘ngra cho‘chqachani olib kelib, uni stolga qo‘yib yuboradi. Bu hayvonni bilasizmi, deb bolalardan so‘raydi, keyin uni ko‘zdan kechirib chiqishni taklif etadi. Dengiz cho‘chqachasining tashqi ko‘rinishi to‘g‘risida so‘zlab berishini, bir-ikkita boladan iltimos qiladi. Bolalarning bu hayvonni to‘la-to‘kis tasvirlab berishlariga erishmoq kerak; agar ular qiynaladigan bo‘lsa, mana bunday qoshimcha savollar bilan ularga yordam berishi lozim: "Tumshug‘ining shakli qanaqa? Ko‘zlarining rangi bilan shakli qanaqa? Ular nimaga o 'xshaydi? (Ko‘zmunchoqlarga). Quloqlarining shakli qanaqa? " va hakozo. So‘ngra tarbiyachi qoshimcha savollar bilan bolalarga dengiz cho‘chqachasini ularga tanish bo‘lgan boshqa hayvonlarga solishtirib ko‘rishni taklif etadi va olib kelingan hayvonni mana deb ko‘rsatadi, hamda so‘rab ko‘radi: "Yana qanday hayvonlarning ko‘zlari huddi shunaqa qora, yaltiroq bo‘lib, chaqchayib turadi? (Og‘maxon, olmaxon ko‘zlari), yana qaysi hayvonlarning tumshug‘i shunaqa serharakat va oval shaklida? Yana qaysi hayvonlarning quloqlari huddi shunaqa yarim doira bo‘ladi? (Og‘maxon quloqlari) cho‘chqachaning bo‘yni qanaqaligini ko‘rib qo‘ying. (Bo‘yni kalta, bu hayvon orqasiga qaray olmaydi). Cho‘chqachaning tanasi qanaqa shakllda, oyoqlarining uzunligi qanaqaligini aytib bering. Cho‘chqachaning butun tanasi nima bilan qoplangan? Junining rangi qanaqa? Bu rangni qanaqa rang desa bo‘ladi? (ola-bula, xol-xol), Cho‘chqachani boshidan dumiga tomon asta silab ko‘ring. Juni qanaqa ekan, yumshoqmi yoki yumshoqmasmi? (silliq, qattiq, uni qil desa ham bo‘ladi). Cho‘chqacha qanaqa qilib yuradi? (Mayda qadam tashlab, tez yuguradi, yugurayotganida tanasi cho‘ziladi). Men bu hayvon to‘g‘risida sizga so‘zlab beraman. U bizga olisdan, dengiz ortidagi mamlakatlardan keltirilgan, shunga ko‘ra uni avval dengiz orti cho‘chqasi deb atashgan, keyin shunchaki dengiz cho‘chqasi deb ataydigan bo‘lishgan. Yovvoyi cho‘chqachalar dengizdan uzoq issiq mamlakatda, dashtlarda yashagan, o‘t-o 'lan va shox- shabbalar bilan oziqlangan. Cho‘chqacha deb atalishiga sabab shuki u xuddi cho‘chqa bolasiga o‘xshab chiyillaydi. Mamlakatimizda bunday cho‘chqacha faqat odamlarning uyida qafasda yashaydi. Bu yerda ham uning uychasi bor, u shu uychasiga berkinib olishi juda yaxshi ko‘radi. Cho‘chqachalar ozoda hayvonlardir, ular yuvinadi va bir-birini yalab tozalab turadi.
Keling, endi cho‘chqachani ovqatlantiramiz. U ovqatni qanaqa yeyapti? (Ovqatni kemiryapti, tishlari o‘tkir.) Siz ovqatni kemirib yeydigan yana qanaqa hayvonlarni bilasiz? (Quyon, olmaxon, og‘maxonni.) OLdingi tishlari uzun o‘tkir bo‘ladigan, ovqatni kemirib yeydigan hayvonlar qanday hayvonlar deb ataladi? (Kemiruvchilar deb.) Ho‘sh, kemiruvchilarni nima bilan boqish kerak? (Qattiq ovqat-sabzavotlar, hashak, shox-shabbalar, o‘tlar bilan; suv va sut ichirib turish kerak.) Kemiruvchilarni karton qutichada yoki yog‘och yashikchada saqlash mumkinmi, siz nima deb o‘ylaysiz? Nega mumkin emas? (Kemirib tashlaydi.)
Biz siz bilan yangi hayvon---dengiz cho‘chqasini ko‘zdan kechirib chiqdik; u to‘g‘risida ko‘p narsalarni bilib oldik; uni nima bilan boqish va qayerda saqlash kerakligini ham bilib oldik, u bizdagi ekologik markazimizda yashaydi, siz uni parvarish qilib borasiz. Uni kuzatib ko‘ringchi: qanaqa ovqat unga ko‘proq yoqarkin, odatida qanday qiziq narsani payqab olarkansiz. Uni qafasdan chiqarib qo‘yish mumkin. Cho‘chqachalar yuvvosh hayvonlardir, ular hech qachon hech kimni tishlamaydilar va tirnamaydilar.
Dostları ilə paylaş: |