Mavzu: Uzluksiz ta’limda o‘smirlar ijodiy qobiliyatini rivojlantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari


Ijodiy qobiliyat-jaxon psixologlari tadqiqot muammosi sifatida



Yüklə 423,5 Kb.
səhifə9/15
tarix21.03.2022
ölçüsü423,5 Kb.
#54013
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
uzluksiz talimda osmirlar ijodiy qobiliyatini rivojlantirishning

1.1 Ijodiy qobiliyat-jaxon psixologlari tadqiqot muammosi sifatida.

Ijodiy qobiliyatlar muammosi psixologiya fanida qiziqarli va ma’lum darajada tadqiq qilingan muammolardan biridir. Bu muammo yuzasidan qadimdan to shu kunga qadar izlanishlar olib borganlar. Insonning imkoniyatlarini o‘rganishga sharq mutafakkirlari (Farobiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino),, Rossiya psixologlari (B.M.Teplov, B.G.Ananev, N.V.Kuzmina, S.L.Rubinshteyn, A.G.Kovalev, V.N.Myasishev), G‘arb olimlari (A.Bine, T.Simon, F.Galton, V.Shtern, U.Ollport, K.Rodjers) kabilar katta xissa qo‘shganlar. Ushbu muammo ustida Uzbekiston psixolog olimlari (E.G‘oziey, R.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, B.R.Kodirov, V.A.Tokareva va boshqalar) ham izlanish olib borganlar.

Endi zamonaviy psixologiyada ijodiy qobiliyatlarning o‘rganish usullarini ko‘rib chiqamiz. Psixologik adabiyotlarda maxsus qolbiliyatlarni rivojlantirishga doir ko‘plab tajribaviy ishlar qilingan. Ularga xos bir necha ishlarda to‘xtaymiz.

B.M.Teplovning fikricha, musqaviylikning asosiy namayon qilib turadigan narsa musiqani xis qilish, shuningdek musiqani emotsional xis qila olishlik musqaviy qobiliyatning asosiy mazmunidir.

B.M.Teplov musiqaviylikni tizimini ko‘rib chiqadi va quyidagilarni kiritadi: musiqani eshitish xususiyati, musiqa ritmi va musiqiy xotira.Matematik qobiliyatlar ustida V.A.krutetskiy ishlagan. Jumladan u “Matematik qobiliyatlar psixologiyasi” monografiyasida matematik qobiliyatlar va ularning tizimini keng yoritib bergan.U idrok, tafakkur, xotira-xayolning individual xususiyatlarini aniqlab, ularni matematik faoliyatda namayon bo‘lishini (matematik o‘zlashtirishda) tadqiq qilgan. Matematik materialni o‘zlashtirishda idrokning ahamiyatinianiqlagan V.A.Krutetskiy qobiliyatli o‘quvchilarda o‘ziga xos materialni “ichki” analitik –sintetik tahlil qilish, qayta ishlash xususiyati, “joyida” masalani tizimini idrok etib, uni asosiy munosabatlarini ochadilar deb hisoblaydi. Matematikaga alohida iste’dodi bo‘lgan o‘quvchilar o‘ziga xos “matematik aql” bilan xarakterlanadilar – ular borliqning mantiqiy va matematik mazmunini topa oladilar, ulardagi mantiqiy va matematik kltegoriyani aniqlaydilar, ko‘pincha xodislarni matematik munosabatlar nuqtai – nazariyasi orqali qabul qiladilar.Tasviriy san’atga xos qobiliyatlarni V.I.Kirienko o‘rgangan. Uning “Tasviriy faoliyat qobiliyatlari psixologiyasi” kitobida tasviriy qobiliyatning psixologik tahlili berilgan. Tasviriy faoliyatda idrokning xususiyatlarinio‘oganish jarayonida V.I.Kirienko tasviriy san’atda qobiliyat xodisalarni yaxlit va sintetik ko‘rinishda idrok etishda namayon bo‘lib, u badiiy asosiy mazmuni ekanlagi haqidagi xulosaga keladi.Tasviriy faoliyatdagi qobiliyatlardan biri proporsiyalarga baho berishdir. Yana bir tasviriy qobiliyatlarning xarakterli tomoni ranglar munosabatini baholay olish va perspektiv qisqartirishlarga baho berishdir. Perspektiv qisqartirishlarga baxo berish - tasviriy san’atning asosiy vazifalaridan biridir va uni to‘g‘ri hal qilinishi tasviriy san’atdagi qobiliyatlarning asosiy ko‘rinishidir.Badiiy ijodiyot jarayonida ko‘rish tasavvurlari muhim ahamiyatga egi. Biror bir materialni olib uni anglanilgan va maqsadga yo‘naltirilgan ijod orqali badiiy obraz yuzaga keladi va predmetning uo‘ziga xos xususiyatlari namoyon buladi.A.G.Kovalev tasviriy faoliyatda asosiy tayanch sifatida - qo‘llar chaqqonligi deb hisoblaydi. Bundan tashqari ijodiy qobiliyatlarning namoyon bo‘lishida dam insonning emotsional kayfiyati muxim axamiyatga egadir.Tashkilotchilik qobiliyatlarni uzoq vaqt L.I.Umanskiy o‘rgangan13. Muallif tashkilotchilik qobiliyatlarining tizimini yaratadi. Uning fikricha tashkilotchilik kobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak:

a) shaxsning yo‘nalganligi:

b) uning tayyorgarligi:

v) umumiy xususiyatlar (kirishimlilik, rivojlanishning umumiy darajasi, amaliy aql, kuzatuvchanlik, faollik, tashabbuskorlik, qat’iylik, tashkilotchilik, o‘z-o‘zini boshqara olishi).

g) maxsus xususiyatlar tashkilochlik xis, psixologik kashfiyotchilik, psixologik taqt: emotsional - iodaviy ta’sir etish, talabchanlik, tanqidiylik, tashkilotchilik faoliyatiga moillik):

d)shaxsiy individual xususiyatlar.

Biz bolalarni o‘qitish va tarbiyalashning eng muhim nazariy va amaliy jihatlarini bilishimiz kerak. Buning uchun avvalo, quyidagi psixologik - pedagogik muammolarni tushunib olmog‘imiz lozim:

-o‘quvchi shaxsining psixologik rivojlanganlik darajasi;

-o‘quvchi shaxsining shakllanishi va o‘quv-mehnat faoliyati mazmuni;



-o‘quvchi shaxsi tabiatining tavsifnomasi va ijtimoiy-psixologik xususiyatlari.

Mazkur muammo bo‘yicha chet ellar hamda Respublikamizda bir qator olimlar ish olib borishgan. Iqtidorli bolalar psixologiyasi muammosi bo’yicha psixologlar D.J.Gilford, P.Torrensa, F.Barrona, K. Teylor, D.J. Kerrol va B. Blum iqtidorli bolalar ta’lim xususiyatlari bo’yicha J.Bryuno.rus psixologlari Matyushkin M.A., Shumakova N.B., Chistyakova G.D., Yurkevich V.S. Shuningdek J.Piaje, E.Torndayk, D.J.Uotson, F..Galton, A.Anastazi, A.Bine, T.Simonlar ham bola psixik taraqqiyotida ta’limning mavqeini, ularning aqliy xususiyatlarini, dasturli ta’lim, ko’nikma va malakalarning ahamiyatini, mashqlarning o’rnini ilmiy-amaliy asoslab berishda muhum o’rin egallaydilar. Bu ta’limotlar hozirgi kunda ham o’zining ahamiyatini saqlab qolmoqda. Iqtidorli bolalar psixologiyasi muammosi, muhum muammolariga doir qator ilmiy –amaliy tadqiqotlar pedagog va psixolog olimlar tomonidan olib borilmoqda. Mazkur muammolar hozirgi zamon faning metadologik tamoyillari asosida, yaqin va uzoq horijiy mamlakatlarda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning yutuqlari va g’oyalari haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lgan holda o’zining munosib o’rnini egallab bormoqda. Bu borada M.G.Davletshin o’quvchilarda tehnik qiziqishlar, qobilyatlarini shakllanishi yoshlar mehnat ta’limi va kasbga yo’naltirish, kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish yosh va pedagogik psixologiya, qobilyat psixologiyasi kabi masalalarini keng yoritib borish imkoniyatiga ega bo’ladilar. E.G’oziyev ta’lim jarayonida o’quvchilar tafakkurini rivojlanishi, ularning aqliy taraqqiyoti, o’quv faoliyatini boshqarish, komol inson tarbiyasining psixologik muammolarini, B.R.Qodirov yoshlarning individual xususiyatlari, ularning faoliyatga yo’nalishlari, layoqat va birlamchi qobilyatlarining shakllanishi, iqtidirli o’quvchilarning xususiyatlarini, kasb tanlash va boshqa katta muammoni ilmiy jihatdan asoslab berdilar. O’zbekistonlik psixologlar ham psixologoyaning rivojlanishida ko’pgina ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordilar. P.I.Ivanov psixologiyaning umumiy masalalari, psixik hodisalarning bolalarda rivojlanishi, ta’lim psixologiyasi soxasida (“Umumiy psixologiya”, “Ta’limning psixologik asoslari”) M.G.Davletshin “Qobilyatlarni rivojlanishi” , “Texnik qizizishlar”, “Qizizish va ta’lim”, kabi ko’plab ilmiy – uslubiy qo’llanmalar, M.Vohidov “Bolalar psixologiyasi”, E.G’oziyev “Tafakkur psixologiyasi”, “Xotira psixologiyasi”, “Shaxs Psixologiyasi”, B.Qodirov “Qobilyat va iqtidor”. Iqtidorli bolalar uchun ta’lim shakllari AQShda iqtidor diagnostikasi va o’qitish uslublarini ishlab chiqish bo’yicha keng tajriba to’plangan, maxsus o’quv dasturlari ishlab chiqilgan, ular bilan ta’lim –tarbiya olib boradigan o’qituvchilar maxsus tayyorgarlikdan o’tishadi. Bu faoliyatda ta’lim vazirligi, fan, universitetlar, kollejlar, mahalliy hokimyat vakillari keng jalb etiladi. Avstriyada xar bir okrugda iqtidorli bolalar uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Maktab va maktabdan tashqari tadbirlar tashkil etilgan. Maxsus konkurslar, viktorinalar, olimpiadalar tez-tez o’tkazilib turiladi. Iqtidorli bolalar bilan ishlovchi o’qituvchilar tayyorlashga e’tibor qaratiladi. Buyuk Britaniya qonunchiligida iqtidorli bolalar kategoriyalari qayd etilmagan, lekin oddiy sinflarda iqtidorli o’quvchilarni qo’llab quvvatlash ishlari aktiv olib boriladi. Xar bir maktab iqtidorli o’quvchilarini rivojlanishiga maxsus yordam fondi ajratadi.

Belgiya, Gretsiya, Irlandiya, Italiya, Partugaliya, Fransiya, Shvetsiya, Daniya, Norvegiyada iqtidorli bolalar universitetlar qoshidagi maxsus maktablar ko’rinishida ochilgan, Germeniyada yozgi “Nemis maktab akademiyasi” lageri iqtidorli bolalarni qobilyatlarini rivojlantirish, tengdoshlari bilan o’aro munosabatlarini to’g’ri to’lga qo’yish maqsadida ochiladi. Xitoy, Koreya, Tayland va Singapurda iqtidorli bolalar uchun maxsus ta’lim ko’zda tutilmagan, lekin har bir universitet qoshida murakkablashgan dastur asosida o’qitiladigan maktablar mavjud. Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlashda har bir maktab qoshida o’quvchilar iqtidorini rivojlantirishga qaratilgan to’garak ochilgan. Yosh olimlar guruxi tomonidan (D.J.Gilford, P.Torrens, F.Barron, K.Teylor)- iqtidor muammosini individual farqlarni o’rganish bo’yicha psixologiyada nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borib, ular bilan olib boriladigan ta’lim dasturlari va rejalar ishlab chiqdilar. O’tgan asrning 70-yillariga borib individual farqlar psixologiyasi psixologiya faning aloxida tarmog’iga aylandi. O’tkazilgan tadqiqotlar oz muddatlarda amaliyotga tadbiq etila boshladi. Psixologiyada yangi tarmoq iqtidorli, lekin o’qishda o’zlashtira olmayotgan bolalarni o’rganishda, ulardagi iqtidorni rivojlanishini to’sib qo’yuvchi omillarning bolalarda o’rganish va iqtidorli bolalarga yordam berish metodlari ishlab chiqila boshladi. D.J.Gilfor, P Torrens, F.Barron, K.Teylor)iqtidor muammosini individual farqlarni organish boyicha psixologiyada nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borib,ular bilan olib borilayotgan talim dasturlari va rejalar ishlab chiqdilar. O’tgan asrning 70-yillariga borib individual farqlar psixologiyasi psixologiya fanining aloxida tarmogiga aylandi. O’tkazilgan tadqiqotlar o’z muddatlarda amaliyotga tadbiq etila boshladi. Psixologiyada yangi tarmoq iqtidorli,lekin o’qishda o’zlashtira olmayotgan bolalarni o’rganishda, ulardagi iqtidorni rivojlanishini to’sib qo’yuvchi omillarning bolalarda o’rganish va iqtidorli bolalarga psixologik yordam berish metodlari ishlab chiqila boshlandi. D.J.Gilfor tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki iqtidorli bolalar o’zlarining iqtidorini tengdoshlaridan yashirishga, buning natijasida ularda og’ir kechuvchi depressiya holatini kelib chiqishi kuzatilgan. Ta’limda differensial yondashuvining tadbiq etilmaganligi natijasida, o’rtacha o’quvchiga nisbatan olingan talablar natijasida, ularga nisbatan boshqa tengdoshlari tomonidan salbiy munosabatlarni shakllanishi sabab 80-yillarning boshlarida iqtidorli bolalarning iqtidor va xususiyatlarini o’rganish, rivojlantirish va kelajakdagi imkoniyatlarini tahmin qilish maqsadida yirik xalqaro liyiha ishlab chiqilgan. AQSHda iqtidorli bolalarni liderlik sifatlarini tarbiyalash maxsus o’quv kurslari tashkil etilgan. AQSH ta’lim tizimida differensialta’lim chuqur o’zlashtirilishi kerak bo’lgan mavzularni bir necha variantda berilishi, amaliy masala va mashqlarning turli murakkablikda tuzilishi.

O‘quvchi shaxsining psixologik rivojlanganlik darajasini to‘la yoritish uchun biz uning rivojlanish xususiyatlari borasida muayyan ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz lozim. Insonning fiziologik va ruhiy rivojlanishi bola yoshini davriylashtirishning asosi bo‘lib xizmat qiladi.

Inson rivojlanishi – bu uning a’zolarini miqdor va sifat jihatidan o‘zgarish jarayonidir. Rivojlanish natijasi – kishining ham biologik ham ijtimoiy mavjudligidir. Biologik rivojlanish bu o‘zida inson a’zolarini bioximik, fiziologik va morfologik o‘zgarishlarini esa inson ongining ma’naviy va aqliy kamolotga erishish jarayoni sanaladi. Materialistik falsafa ta’limoti nuqtai nazaridan, rivojlanish – bu yirik materiya bo‘lib, materiya harakatining o‘ziga xosligidir. Bu harakatda eskilari o‘lib, yangilari paydo bo‘laveradi.

Inson rivojlanishi juda murakkab va ziddiyatli jarayondir. Inson rivojlanishi borasida bir qator ilmiy nazariyalar mavjud. Masalan, psixolog olimlar – M.G.Davletshin, G‘.Shoumarov, E.G‘oziev, Z.Nishonova, V.Karimova va boshqalar oliy psixologik hosilaning madaniy-tarixiy rivojlanishi nazariyasini ilgari surdilar. Quyida ana shu nazariyaning asosiy jihatlarini ko‘rib chiqamiz:

1. Hozirgi zamon kishisining ruhiyati va hulqi ikki jarayon munosabatlarining biologik yetilish va bilish natijasidir. har ikki jarayon ham bola dunyoga kelishi bilan paydo bo‘ladi va rivojlanish yo‘llarida bir-birlari bilan amaliy ravishda uyg‘unlashadi.

2. Har qanday ruhiy hosila o‘z irsiyati bo‘yicha tug‘ma, tabiiy yoki madaniy bo‘ladi.

3. Belgi va qurollardan foydalanish kattalar tomonidan bolalarga dastlab munosabat va birgalikdagi ashyoviy faoliyatni tashkil etish chog‘ida ko‘rsatiladi.

4. Tarixiy-madaniy jarayonda inson turli tuman qurollarni yaratdiki, ularning ichidan eng muhimlari mehnat qurollari, til va sanoq tizimlari bo‘lib, inson ulardan foydalanish sirlarini o‘rganib oladi.

5.Yozuvdan foydalanish turlari inson idrok etishdan tortib to fikrlay olish vazifalarini bajara boshladi. Odamlar tomonidan turli tarixiy davrlar ijtimoiy qurolning ikki turi bunyod etildi. U birining yordamida (mehnat quroli) tabiatga ta’sir ko‘rsatsa, boshqasi (belgilar tizimi) bilan o‘ziga yordam beradi.

6. Mehnat qurollari va tanish tizimlarning amaliy faoliyatda qo‘llanishi odamning bevosita ruhiy jarayonidan bevosita ruhiy jarayonga o‘tishining boshlanishidir. Ya’ni, boshqaruv vositasi sifatida xuddi shu qurollar va belgilar ishga tushadi.

7. Ta’lim olish bolaga o‘z hulqi (faoliyati) va ruhiy jarayonlar (xat xotirani yaxshilash, uning imkoniyatlarini kengaytirish, so‘z esa idrok va diqqatni boshqarish vositasi)ni qurol yoki belgilar yordamida boshqarishda tajribaday bo‘lib tuyuladi.

8.Qurollar va belgilar dastlab boshqalarning hulq-atvorini boshqarish vositasi bo‘lib, keyinchalik bolalarni tarbiyalash vositasiga aylanadi.

Mashhur psixolog olim S.L.Rubinshteyn inson rivojlanishi xususida o‘ziga xos yondashuvni ilgari suradi. Unda asosan inson ta’lim va tarbiya jarayonida ro‘y beradigan ta’sirlarga tayyor holda tug‘ilar ekan. Shu bois bolalar kattalar ta’sirida rivojlanib, insoniyat yaratgan madaniyat mazmunini egallab boradi. Bola rivojlanmaydi ham, tarbiyalanmaydi ham, aksincha, tarbiyalanib va o‘sib rivojlanadi, ya’ni bolaning yetilishi va rivojlanishi ta’lim va tarbiya jarayonida namoyon bo‘ladi, hamda takomillashadi.

Rivojlanish va ta’lim, rivojlanish va tarbiya birligiga asoslangan jarayonlarning bir-biriga sig‘ishib ketishi yagona tizimni tashkil etadiki, unda sabab va oqibat to‘xtovsiz quriladi, balki yetilish unga poydevor yaratadi va o‘zi ham yetilish va rivojlanishga omil bo‘ladiyu ta’lim olish jarayonida bolaning qobiliyati namoyon bo‘libgina qolmay, shakllanadi ham. Xuddi shunday, tarbiya va ta’lim jarayonida ro‘y beradigan shakllanish va o‘zgarishlar tufayli inson xarakteri qaror topadi. Bolaning ruhiy xususiyati muayyan shart-sharoit, shuningdek, ta’lim va tarbiya jarayonida yuz beradigan rivojlanishning natijasi hamdir. Qulay sharoitning mavjudligi bolaning rivojlanishida samarali natijalarga olib keladi.

Rivojlanish jarayonining har bir o‘tish davri quyidagicha uch qonuniy almashuvlar asosida kechadi:



  1. Faoliyat olib borayotgan mazkur tipning o‘z kuchini maksimal darajada sarflashi va eng yuqori darajaga ko‘tarilishi.

  2. Faoliyatning muayyan rivojlanish davri.

  3. Faoliyatning to‘yinishi va uning boshqa jihatlarining (ashyoviy va kommunikativ) faollashuvi.

Agar o‘smirlar ijodiy qobiliyatlariniri vojlantirishdagi yetakchi faoliyatini aniqlab, unga ijtimoiy psixologik ta’sirlarning o‘ziga xos ligidan kelimb chiqib quyidagilarni asoslashimiz mumkin.

  1. Bolaning ilk, ya’ni, bir-uch yoshlaridagi faoliyatida ijtimoiy-madaniy maqsadlarga to‘liq yo‘naltirilmagan turli o‘yinchoqlar va atrofdagi narsalar bilan ovunishi va kattalar bilan o‘zaro sust munosabati.

  2. Voqeiy timsolli o‘yinlar – o‘yin faoliyatida ijtimoiy hodisalarni anglatuvchi va qatnashchilarning timsolli shakldagi xarakterli jihatlari.

  3. O‘qish-o‘rganish faoliyati – o‘qish va kichik maktab yoshi davrida (olti-etti va o‘n-o‘n bir yoshgacha) ustunlik qiluvchi o‘zaro munosabatlarni qo‘shib olib borish.

  4. Bolalar rivojlanishida aniq ko‘zga tashlanuvchi ikki davr mavjud. Ulardan birinchisi, ilk bolalik davridan maktabgacha bo‘lgan davr bo‘lib, “uch yillik inqiroz deb atalsa, ikkinchisi kichik maktab yoshidagi davr bo‘lib, o‘smirlikkacha bo‘lgan “o‘smirlik davrining inqirozi” deb nomlanadi.

Ushbu davrlar bolaning bir rivojlanish darajasidan ikkinchisiga o‘tish davri hisoblanadi. Bu davrda bolalar o‘rtasida ta’lim va tarbiya ishlarini faol olib borish kerak. Aksariyat kishilarning ruhiy xususiyat va hulqiy odatlari ularning senzetiv rivojlanish davrida qaror topadi. Bolaga pedagogik tasir ko‘rsatish senzetiv davrlarda o‘z samarasini beradi. Bu o‘quv-tarbiya jarayonlarining asosiy ruhiy-pedagogik shartidir. Tafakkur darajasiga ko‘ra bola maktab yoshiga yetganda o‘quv dasturlari talablarini bemalol bajara oladi. o‘qitishga ruhiy jihatdan tayyorlash aynan shu bilan kifoyalanadiyu rivojlanish jarayonlarida his etish, diqqat, idrok, xotira, fikrlash, qobiliyat kabi shaxsiy xususiyatlar shakllanadi. Boshlang‘ich maktab yoshida bolada o‘zini tuta bilish, mehnat va o‘qish layoqati, odamlar bilan munosabat qila olish ko‘nikmalari yetarli darajada rivojlangan bo‘lishi kerak.

Ruxiy jarayonlar va bola ruxiyatidagi o’zgarishlar, chunonchi, diққat va xotira darajasi, tafakkur xususiyatlari so’z boyligi ҳamda nutқning rivojlanganlik darajasi va boshқalar ruҳiy psixologik rivojlanishga ta’luqlidir.

Texnik qobiliyatlari muammosi bilan M.G.Davletshin shug‘ullangan.

Texnik qobiliyatlar tizimida muallif yordamchi, tayanch va yetakchi sifati ni ajratadi. Texnik qobiliyatlarning tayanch sifati - texnik kuzatuvchanlik bo‘lib xisoblanadi. Yetakchi sifatga texnik tafakkur va texnik xayolni kiritish mumkin (texnikani tushunish, texnik masalalarni taxlil qila olish, fazoviy tasavvurlarni aniqligi, forma va masofani esda olib qolish, konstruktiv fantaziya). Yordamchi sifatga qo‘l (manual) epchilligini kiritish mumkin.

Ma’lumki, turli kishilarni bir xil sharoitlarga va vaziyatlarga qo‘yilganda ular turli muvafaqqiyatlarga erishadilar. Bunday paytlarda “ijodiy qobiliyatlar” tushunchasiga suyanamiz va muvaffaqiyat asosini ijodiy qobiliyat deb tushunamiz. Bu tushunchadan ba’zi odamlarni yangilikni boshqalardan ko‘ra tezroq va yaxshiroq o‘zlashtirganlarida ham foydalanamiz. Qobiliyat masalasidagi markaziy muammo uning irsiyligi, tug‘maligidir. Platon inson qobiliyatlari tug‘ma ekanligini aytgan va inson bilgan barcha narsa uning ideal bilimlar dunyosida bo‘lgan paytidan xotiralar bo‘lib xisoblanadi, deb taxmin qilgan. Mashxur tabiatshunos Charlz Darvinning amakivachchasi Frensis Galton o‘zining birinchi kitobi «Talantning tug‘maligi, uning qonuniyatlari va oqibatlari» (1869), shuningdek, boshqa kitoblarida ta’kidlaishcha, buyuklik va iste’dod avloddan avlodga beriladi, tashqi muxit omili esa bunda sezilarli rol o‘ynamaydi.

Mashxur polyak pianinochisi Igaatsiy Paderevskiy, aksincha, o‘zining ajoyib pianinochilik yutuqlarining siri nimada ekanligi xaqidagi savolga javob bera turib aytadi: «Bir foiz talant, to‘qqiz foiz omad va 90 foiz mexnat».dir. Taniqli amerikalik kashfiyotchi Tomas Edisonning buyuklik - bu 99 foiz mexnat va bir foiz ilxom degan so‘zlari mashxurdir. Amerikalik psixolog Artur Djensen ta’kidlashicha, xar bir kishi qattiq mexnat jarayonida o‘z qobiliyatlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishi mumkin. Lekin qobiliyatlarni faqat ma’lum bir chegaragacha, tabiat imkon berguncha rivojlantirish imkoniyati bor. Kishi qattiq va fidokorona mexnat natijasida buyuk bo‘lib qomaydi, buyuklik unga berilgan tabiat in’omi bo‘lib hisoblanadi. Mashhur ingliz psixologi Gans Ayzenk o‘zining ko‘p yillik tadqiqotlari natijasida shunday xulosaga keladi: - “Talant muvaffaqiyati tizimida genetik omillar 80 foizni tashkil etadi. Nutqiy qobiliyatlar, xotira, tasavvur, xisobga olish qobiliyatlari genetik asosga ega. 20 foizi ijtimoiy shart-sharoitlarga bogliq, ularga oiladagi, maktabdagi sharoit, omad va baxtli tasodiflar kiradi. Genetik va ijtimoiy omillarning bu munosabatini tajribaviy yo‘l bilan tekshirib ko‘rish mushkul.”(1892) Galton yuqorida eslatilgan kitobida ijodning bir yoki boshqa turi bo‘yicha qobiliyatlar avloddan-avlodga o‘tgan ba’zi oilalarni misol keltiradi. Xususan, Bax avlodlarida musiqiy iqtidor ilk bor 1550 yilda kuzatilgan va besh avloddan so‘nggina I.S.Bax dahosida bir muncha kuchliroq namoyon bo‘ldi. Baxlar oilasida 60 ga yaqin musiqachi bo‘lgan; ularning 20 ga yaqini mashxur deb tan olingan. Motsart ajdodlari orasida 5 nafar, Gaydnda esa ikkita musiqachi bo‘lgan. O‘qituvchi maktab o‘smirlarni kuzatib, ulardan bir xillari o‘qishga qobiliyatli, boshqalari kamroq qobiliyatli bo‘ladi, deb hisoblar ekan, bu gapda jon bor. Shunday bo‘ladiki, ayrim bolalarda yoshligidanoq ijodiy qobiliyatlarning kurtaklari sezilsa, ayrimlarini o‘sirlik yoshida tashki muxit ta’sirida namayon bo‘ladi.Ya’ni kichik maktab yoshidayoq matematikaga qobiliyatli bo‘ladi-yu, lekin o‘zining og‘zaki va yozma nutqini yaxshi ifodalay olmaydi yokio‘smirlik yoshi davrida tillarga, adabiyotga, umuman gumanitar fanlarga bo‘lgan qobiliyatini namayon etadi, biroq matematika, fizika, texnikani o‘rganish unga qiyinlik qiladi.Qobiliyatlar deb shunday pisixik sifatlarga aytiladiki, kishi ular yordamida bilimlarni, ko‘nikma va malakalarni nisbatan osonlik bilan egallab oladi va biror faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanadi.Qobiliyatlar faqat faoliyatda namayon bo‘ladi. Idrok etish paytida, masalan, ranglarning tovlanishidagi nozik farqlar, predmetlarning aniq ko‘rinishi, proporsional nisbatlarini tushunish (rassomlar ishida), absolyut eshitish (musika bilan shug‘ullanishda), kuzatuvchanlik (juda ko‘p faoliyat turlarida)va hakazolar ayon bo‘ladi. Ayrim qobiliyatlar xotiraning yaxshi ishlashi bilan bog‘liqdir (masalan, materialini tez va mustahkam o‘zlashtirib oladi, uni oson va aniq takrorlash qobiliyati).Kishining fikrlash faoliyati (materialni tushunish, murakkab masalalarni hal qilish, fikrining chuqurligi, tanqidiylik, mulohazakorlikda ) qobiliyatlar yaqqol namoyon bo‘ladi.
1.2 O‘smirlik yoshining ijtimoiy psixologik xususiyatlari

O‘smirlarni xali to‘la katta deb xisoblab bo‘lmaydi. Chunki ularning shaxsiy xususiyatlari xali bolalikni kuzatish mumkin. Bu ularning fikrlarida berayotgan baxolarida, xayotga va o‘z kelajaklari munosabatlarida ko‘zga tashlanadi. Ko‘pchilik o‘smirlar maktabni tugatish vaqtiga kelib xam kasb tanlashga nisbatan ma’suliyatsiz yondoshadilar. Bu davr o‘smirning axloqan o‘z –o‘zini anglashi shuningdek, axloqning yangi bosqichiga o‘tishi bilan xarakterlanadi. Intelekti yaxshi rivojlangan o‘smirlar kattalarni tashvishga solayotgan masala muammolarini tushina oladilar va ularni muxokama eta oladilar. o‘smirlar juda ko‘p muammoli savollarga javob o‘ylaydilar. Ularning diqqatini ko‘proq axloqiy masalalar tortadi. Agar kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun axloqiy masalalarni yechish manbai –bu ular uchun o‘qituvchilar bo‘lsa, o‘smirlar bu savollarga javobni ko‘proq tengdoshlari davrasida qidiradilar. O‘smir yoshdagilar esa savollaga to‘g‘ri javobni topishda ko‘proq kattta kishilar foydalanadigan manbalarga murojaat etadilar. Bunday manbalar asosan real, ko‘pqirrali, murakkab insoniy munosabatlar va ilmiy – ommabop badiiy, publitsistik adabiyotlar, sanoat asarlari, matbuot, radio, televidenie bo‘lib xisoblanadi. Bugungi o‘smirlarga xayotga nisbatan xushyor, aqliy –amaliy qarash, erkinlik va mustaqillik xos. Ulart xaqqoniy bo‘lish tushunchasiga xam real tarzda yondoshmoqdalar. Masalan o‘rgan yillardek «xaqqoniylik bu xammaga bir xil emas, balki xar kimdan imkoniyatiga qarab va xammaga ishiga yoki inson manfaatalriga qo‘shgan xissasiga qarab belgilanadi» deb tushunadilar va talqin etadilar. Maktabni tugallash vaqtiga kelib juda ko‘p o‘smirlar axloqiy jixatdan shakillangan va ma’lum axloq normalari qatoiylashgan xususiyatlarga ega bo‘ladilar. O‘smirlarda axloqiy dunyoqarash bilan bir qatorda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy , madaniy, dinniy va boshqa soxalar bo‘yicha ma’lum bir qarashlar vujudga keladi. Juda ko‘p yillardan beri o‘smirlarni yaxshilik va yomonlik, xaqiqat va noqonuniylik, axloqiylik va axloqsizlik masalalari tashvishlantirib keladi. Xozirgi davr o‘siprinlari xar bir narsaga ishonuvchan yoki salbiy munosabat xos bo‘lmay, balki xayotga real, aqliy, amaliy qaraydigan, ko‘proq erkin va mustaqil bo‘lishga intiluvi yoshlaridir.

O‘smirlar ongli ravishda egallangan axloq normalari asosida o‘z xatti-xarakatlarini yo‘lga solishiga intiladilar. Bu esa, avvalo o‘smiring o‘zini anglashining o‘sishida namoyon bo‘ladi. O‘zini anglash murakkab psixologik struktura bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Birinchidan bolada tashqi olamdagi predmet tasiridan paydo bo‘lgan sezgilari o‘z tanasi bilan farq qila boshlaganda vujudga keladi. Ikkinchidan o‘zining shaxsiy "Men"ligini aktiv faoliyati asosida anglashi. Uchinchidan o‘zining psixik xususiyati va xislatlarini anglashi. To‘rtinchidan ijtimoiy, axloqiy o‘z-o‘ziga baxo berishning ma’lum sistemasini anglashi. Mana shu elementlarni barchasi bir-biri bilan funksional va genetik bog‘lagandir. Lekin bularni xammasi sizga ma’lumki, bir vaqtning o‘zida shakllanmaydi. Bolaning «men»ligini anglashi taxminan 3 yoshda paydo bo‘ladi, bunda bola shaxsiy olmoshni ishlata boshlaydi. Masalan: men, meniki, mendan va x.o. o‘zining psixik sifatlarini anglash va o‘z-o‘ziga baxo berish o‘smirlik yoshida, borgan sari ko‘proq axamiyat kasb eta boshlaydi.

o‘smirlar xar joyda o‘zini ko‘rsatish xususiyatiga ega bo‘lgan vaqtidayoq, o‘zlarining shaxsiy xususiyatlarini kuzata boshlaydilar. Ya’ni o‘zlarining tashqi qiyofalariga tanqidiy qaray boshlaydilar: bo‘yining pastligi yoki aksinchasi semizlik, xusn yuzdagi xusinbuzarlar yigit va qizlarni bezovtalantiradi, ular iztirob chekadilar. Kech yetiladigan ug‘il va qizlar yashirin kechinmalar kechiradilar. Kishining o‘z obrazi–bu o‘pirinlikning o‘zini anglashi ancha muxim komponent bo‘lib xisoblanadi.

O‘smirlikda o‘z shaxsiy xislatlariga baxo berish kuchayadi. o‘smir borgan sari o‘z qimmatini, nimalarni qilishga arzishi va nimalarga qodir ekanligini benixoya bilgisi keladi. O‘ziga baxo berish 2 usulda bo‘ladi. 1. Kishi o‘zi qo‘lga kiritgan yutuqlari natijasi bilan baxolaydi. Masalan: Bola qiyin vaziyatda o‘zini yukotmaydi yoki yosh bolani yongindan qutkazdi -"men qo‘rqoq emasman" deydi. Ma’lum qiyin topshiriqni bajardi. «Men kobiliyatliman»-deydi. Axloqqa oid bunday xatti –xarakatlar, o‘smirning o‘z katoiyligini sinashi xamdir.

2. Ijtimoiy taqqoslash, yaoni o‘zi xaqidagi boshqa ishlarni fikrlarni solishtirishdan iboratdir. Masalan: o‘quvchilar tomonidan "mardlik" deb maoqullangan xatti-xarakatni o‘qituvchi "qalbaki o‘rtoqlik" deb aytadi. Bunda bolalar o‘z xatti –xarakatlari to‘g‘sida uylab, bosh qotira boshlaydilar. Shaxsiy "men" obrazi, juda murakkabdir. Xatto kattalarning o‘zini anglashi qarama qarshiliklardan xoli emas. o‘smir larda yanada kuchliroq bo‘ladi. Ba’zi o‘smirlar o‘zini kuzatish uchun kundalik daftarlar tutadi. Bu xolat qizlarda ertaroq va ko‘proq uchraydi. Bu xolat shunchaki o‘sishni bildirib qolmasdan, balki shaxsda moxiyat jixatidan tubdan boshqacha tarzda o‘z shaxsiyatining ma’naviy –ruxiy fazilatlarini, ijtimoiy turmush tarzi maqsad va vazifalarini anglash, ularni oqilona baxolash zaruratini aks ettiradi. Undagi o‘z –o‘zini anglash turmush, yashash, o‘qish, mexnat va sport faoliyatlari taqozosi bilan namoyon bo‘ladi. O‘quv muassasa mikromuxitidagi odatlanmagan vaziyat, shaxslararo munosabatlar va muamala ko‘lamining kengayishi o‘ziga xos tipologik aqliy, axloqiy, irodaviy, xissiy xususiyatlarini oqilona baxolash, qo‘yilayotgan talablarga javob berish tariqasida yondashish o‘z-o‘zini anglashni jadallashtiradi. O‘smir o‘quvchilarining o‘z-o‘zini anglashga aloqador o‘ziga xos xususiyatlari mavjud ular, dastavval o‘zlarining kuchli va zaif jixatlarini, yutuq va kamchiliklarini aniqroq baxolash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. o‘smir o‘quvchining o‘smirlik davridagi boladan o‘zgacharoq yana bir xususiyati–bu murakkab shaxslararo munosabatlarda aks etuvchi burch, vijdon xissini anglash, o‘z qadr-qimmatini eozozlash, sezish va faxmlashga kuproq moyilligidir. o‘smir o‘quvchida o‘z-o‘zini anglash negizida o‘z-o‘zini tarbiyalash istagi tug‘iladi. Natijada unda o‘z-o‘zini tarbiyalash vositalarini saralash, ularni kundalik turmushga tadbiq qilib ko‘rish extiyoji vujudga keladi. Lekin o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoni o‘smir o‘quvchisi ruxiyatidagi mavjud nuqsonlarga barxam berish, ijobiy xislatlarni shakllantirish bilan kifoyalanib qolmasdan, balki voyaga yetgan kishilarga xos ko‘p qirrali, umumlashgan idealga mos ravishda tarkib toptirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. O‘quvchilar o‘zida shaxsning eng qimmatli fazilatlarini, o‘quv va mexnat malakalarini ongli, rejali, tartibli, izchil va muntazam ravishda egallab borishga, shaxsning muayyan bir fazilatlari va xislatlarini xosil qilishga xarakat qiladilar; o‘z-o‘zini tarbiyalash muammolarini, yaxlit ma’naviy–ruxiy qiyofani shakllantirishga intiladilar.

O‘smir o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoni o‘quv muassasa jamoat tashkilotlari, pedagoglar jamoasining tarbiyaviy tasiri doirasida bo‘lmog‘i shart. Toki o‘z-o‘zini tarbiyalashning takomillashtirish jamoada munosib o‘rin egallashga, ijtimoiy burchni anglash, foydali mexnatga jalb etish ishiga xizmat qilsin. O‘z-o‘zini tarbiyalash to‘g‘ri izga solib yuborish uchun uyg‘un birlikni tashkil etgan tarbiyaviy chora-tadbirlar majmuasi tarzida tasir o‘tkazish jamoa majburiyati, o‘zaro yordam va nazorat qilish, o‘zaro baxolash va tanqid qilish kabilar maqsadga muvofiqdir. Ijtimoiy turmushda uchraydigan ba’zi bir yaramas yurish-turish ko‘rinishlariga, illatlariga, sarqitlariga qaqshatkich zarba berish, ularning tasiridan yigit va qizlarning asrash, yot tashviqot moxiyatiga qarshi kurash olib borish pedagoglar jamoasining bosh vazifasidir.

O‘smirlarda balog‘atga yetganlik tuyg‘usi takomillashib borib, o‘z-o‘zini qaror toptirish, o‘z ma’naviy qiyofasini ifodalash tuyg‘usiga o‘sib o‘tadi. Bu narsa ularning aloxida shaxs ekanligini tan olishga intilishida o‘z ifodasini topadi. Buning uchun ayrim yoshlar turli modalarga mayl qo‘yish, murakkab tasviriy sanoatga, musiqaga, kasb-xunarga, tabiatga maftunkor qiziqishlarini namoyish qilishga xarakat qiladilar. O‘quv va mexnat jamoalari tasirida matonat, jasurlik, sabr-toqat, kamtarlik, intizomlilik, xalollik kabi insoniy fazilatlar takomillashadi, xudbinlik, loqaydlik, munofiqlik, laganbardorlik, dangasalik, qo‘rqoqlik, g‘ayirlik singari illatlarning barxam topishi tezlashadi.



O‘smir lar shaxsining shakllanishi jarayonida jamoat tashkilotlarini roli aloxida axamiyat kasb etadi. Ularda faollik, tashabuskorlik, mustaqillik, qatoiyatlik, masouliyatlik, o‘z xarakatlarini tanqidiy baxolash singari fazilatlari barqaror xususiyat kasb etib boradi. O‘smir yigit va qizlarning jamoatchilikda faol ishtirok etishi orqali muayyan tashkilotchilik qobiliyati namoyon buladi. O‘zining kimligi, qandayligi, qobiliyatlari, o‘zini nimaga xurmat qilishini aniqlashga intiladirlar. Do‘st va dushmanlari kimligi, o‘z istaklari, o‘zini va tevarak-atrofni, olamni yaxshi bilishi uchun nima qilish kerakligini anglashga xarakat qiladi. Ma’lumki o‘smirlarning xamma savollari anglangan bo‘lmaydi. Ba’zan o‘smirlar o‘zlaridan xech qanoatlanmaydigan, o‘z oldilariga xaddan tashqari ko‘p vazifalar qo‘yadigan, lekin uning uddasidan chiqa olmaydigan bo‘ladi. Mana bulardan ko‘rinib turibdiki, o‘smirlar o‘z-o‘zini analiz qilish teranligi va yuksak talablarni bajarish kerakligini o‘zida aks ettira boradi. Bu esa o‘smirlarning kelgusi yutuqlari shartlaridan biridir. O‘z-o‘zini xurmatlash va uning xususiyatlari quyidagilardan iborat. Demak, yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, shaxsning erta o‘smirlikdagi eng muxim xislatlaridan biri o‘z-o‘zini xurmatlash, o‘z-o‘ziga baxo berish xamda o‘zini shaxs deb tan olish yoki olmaslik darajasidir. O‘smirlar o‘zlarida shaxsning muayyan kompleks sifatlarini xosil qilishga intiladilar. O‘z-o‘zini tarbiyalash masalalarida bir butun ma’naviy psixologik qiyofani shakllantirish masalasi qiziqtiradi. Bunda shaxs ideali va namunaning mavjudligi katta axamiyatga ega. Masalan: O‘g‘il bolalar –qaxramonlik, yaxshi ota, o‘qituvchi, vrach yoki badiiy asar xamda kinofilpmdagi obrazlarni o‘zlariga ideal deb bilsalar, qizlarimiz mexnatkash ayol, jozibali jamoat arbobi, nazokatli uy bekasi yoki ilmiy xodim va x.o. O‘zaro munosabat va emotsional xayot o‘z mavqeini belgilashning murakkab muammolarini o‘smirning o‘zi xal qila olmaydi. Bu masalani o‘smir ning ota-onasi, o‘z tengqurlari, o‘qituvchilar ishtirokida ularning qo‘llab-quvvatlashda xal qila oladi. Xozirgi zamon psixologiyasida shu narsa ko‘zga tashlandi. Ko‘pchilik o‘smirlar bo‘sh vaqtlarni bironta joyda o‘tqazishni afzal ko‘radilar. Ayniqsa shaxar bolalari bo‘sh vaqtlarini maktab va uydan tashqari joylarda o‘tkazishni afzal ko‘radilar. Qishloq bolalari bo‘sh vaqtlarini madaniy dam olishga qaratadi. Ammo shaxar bolalari bo‘sh vaqtlarini ko‘proq kattalar bilan emas, balki o‘z tengqurlari bilan o‘tkazishni afzal ko‘radilar. Masalan: Ayrim o‘smirlar ota-onalari salgina extiyojsizlik qiladimi xafa bo‘lib, qovog‘ini osadilar, yuz o‘girib o‘tiradilar, gap qaytaradilar. Natijada ota-ona o‘rtasiga sovuqchilik tushadi. Munosabatlar bular o‘rtasida murakkablashadi. Uydan chiqib ketadilar. Lekin siyosiy qarashlar, dunyoqarashlar, kasb tanlash ancha chuqur muammolarga kelganimizda shuni aytish mumkinki, ota-onalar obro‘si odatdagidek bolalarga o‘z tengqurlariga nisbatan ko‘proq tasir etadi. Gruppa xayot – erta o‘smirlik bu faqatgina o‘zini analiz qilish yoshgina bo‘lib qolmay, shu bilan birga eng yosh "jamoa" xamdir. Masalan: Ba’zi o‘smirlar sinfda masxarabozlik qilib, bolalarni jig‘iga tegadilar. Bunday paytda o‘smirlarda o‘zing gruppadagi xolatiga qanoatsizlik paydo bo‘ladi. Katta yoshdagi bolalar xayoti murakkablasha boradi. Bunda birinchidan uyushgan maktab kolektivlari, ikkinchidan maktabdan tashqari kollektivlar, sport jamiyati klublar, tugaraklar, uchinchidan formal bo‘lmagan stixiyali gruppa va kompaniyalar. Bular shaxslararo aloqa qilish protsessida vujudga keladi




1.3 Komil inson muammosi sharq mutafakkirlari qrashlarida ifodalanishi.

O‘tmishda ajdodlarimiz insonning psixologik qonunyatlarini izchil, atroflicha, muayyan ilmiy yo‘nalishda o‘rganmagan bo‘lsalarda, biroq allomalarning qo‘lyozmalarida mazkur holatlarning namoyon bo‘lishi, inson kamoloti to‘g‘risida qimmatli fikrlari hozirgacha yuksak ahamiyat kasb etadi.

Abu Nasr Forobiy pedagogika masalalarini va ular bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik, fiziologik muammolarni ijobiy hal etishda insonni har tamonlama yaxlit va o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan qismlardan iborat deb aytadi. Forobiy mavjudotni bilishda ilm–fanning rolini hal etuvchi omil deb biladi, uningcha inson tanasi, miyasi, sezgi organlari tug‘ilishda mavjud, lekin aqliy bilimi, ma’naviyligi, ruhi, intellektual va ahloqiy xislatlari, xarakteri, dini, urf–odatlari, ma’lumoti tashqi muhit, boshqa insonlar va shu kabilar bilan muloqotda vujudga keladi, inson o‘z faoliyati yordamida ularni egallaydi, ularga erishadi. Uning aqli fikri, ruhiy yuksalishining eng yetuk mahsuli bo‘ladi deb ta’kidlanadi.

Abu Rayhon Beruniy ta’lim va trbiyaning maqsadi, vazifalari va mavqei, inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlari chin ma’noda insonparvarlik va insonshunoslik zamirada yaratilgan. Bilim va tarbiyaning tabiatga uyg‘unlik tamoyillarini mutafakkirining barcha asarlarida kuzatish mumkin. U insonni tabiatning bir qismi deb ta’kidlaydi.

Beruniy ta’lim jarayonining tabiatiga chuqur kirib borib, bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish asosiga qurilgan o‘qitsh tabiatga uyg‘unligini uqtiradi.

Beruniy pedagogik ijodida inson va uning baxt–saodati, ta’lim–tarbiyasi, kamoloti bosh masala bo‘lgan.

O‘rta asrda yashab, ijod etgan donishmand, tabobat ilmining dohiysi Abu Ali ibn Sino inson ruhiyati, jang va qalbning birligi, inson organizmining tuzilishi undaga nerv faoliyati va ularning tarmoqlanishi, holatlari haqidagi qimmatli ma’lumotlari hozirga qadar tibbiyotning muhim negizini tashkil etadi.

Yusuf Xos Hojibning bosh masalalarida biri komil insonni tarbiyalashdir. Adib o‘z asasrlarida eng komil, jamiyatning o‘sha davrdagi talablariga javob bera oladigan insonni qanday tasavvur qilgan bo‘lsa, shu asosda u o‘z tamoyillarini izchil bayon etadi. «Qudadg‘u bilig» («Saodatga yo‘llovchi») asari ta’lim va tarbiya, ma’naviy kamolotning yo‘l–yo‘riqlarini usullarini, chora tadbirlarini o‘zida mujassamlashtirgan, ahloq va odobga doir ma’naviy manbadir.

Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston», «Xirandnomai Iskandari», «Tuhtaful ahror» va boshqa asarlarida ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya, kasb- hunar o‘rganish, inson ijobiy fazilatlari haqidagi fikrlari ifodalangan.Alisher Navoiyning «Xazoyinul maoniy», «Mahbubul qulub» va boshqa asarlarida yetuk barkamol insonning axloqi, ma’naviyati, o‘zgalarga munosabati, iste’dodi va kobiliyati to‘g‘risida qimmatli mulohazalar yuritilgan. Ana shu psixologik mezonlar ijtimoiy adolat qaror topish uchun muhim ahamiyatga ega ekani takidlangan. Shuningdek, Navoiy asarlarida yosh avlodni barkamol inson sifatida shakllanishida ota- onaning roli, ayollarning iffatliligi, kishilarning kamtarligi haqidagi fikr mulohazalari alohida o‘rin egallaydi.Navoiy «Xamsa»sining har bir dostonida bukilmas iroda, qa’tiyatlilik, itoat, insonparvarlik tuyg‘ulari, ijodiy xayolot, insonning murakkab ichki kechinmalari mohirona yoritilgan. Shuningdek Mahmud Qoshg‘ariy, Ulug‘bek, Naqshbandiy, Ogahiyning yoshlar tarbiyasiga, axloq-odob, fe’l-atvor, oilaviy hayot, kishilararo munosabatlarga doir qarashlari ularning asarlarida ravon va ixcham bayon etilganligini ta’kidlash mumkin.

Har tomonlama yetuk shakllangan, komil inson g‘oyasi insoniyatning azaliy orzusi bo‘lib hisoblanadi va ushbu darajaga erishish borliqni, jamiyatni bilishning muhim manbai sanaladi. Milliy model nuqtai nazaridan olib qaraydigan bo‘lsak, har tomonlama kamol topgan shaxs, o‘z sohasi bo‘yicha malakali mutaxassis darajasiga erishadi. Buning natijasida yetuk inson hayot va faoliyatida ijtimoiy – tarixiy psixologik namuna bosqichiga o‘sib o‘tadi, o‘zining salohiyati bilan sohani taraqqiy ettirish manbaiga aylanadi. Individuallik namunasi milliy va insoniy ahamiyat kasb etadi, taraqqiyotni harakatlantiruvchi mexanizmi vazifasini bajaradi. Bu darajadagi shaxsning xususiyatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:



  • yuksak aql-zakovatga egalik, intellektual faoliyatda mahsuldorlik;

  • xulq, faoliyat, muomala jarayonlarida o‘z imkoniyatlarini oqilona baholash;

  • ixtisoslararo bilimdonlik komil inson kamolotining yuksak boso‘ichi bo‘lib, hozirgi davrda bir necha sohalar bo‘yicha mukammal bilimlarga, qarashlarga egalik bilan xarakterlanadi;

  • uzluksiz ravishda yangiliklarga intiluvchanlik, ijodiy yechimlarni amalga oshirishga qobillik;

  • o‘z iqtidori va ijodiy salohiyatini amaliy ifodalanishini ta’minlash;

  • har bir ixtisos predmetiga oid qarashlarda mukammallikka, sermahsullikka va dinamizmga erishish;

  • har tomonlama rivojlangan shaxsning navbatdagi kamolot bosqichi aqliy donishmandlik deb ataladi. Aqliy donishmandlik axloqiy madaniyat, yuksak his-tuyg‘ular, muomala maromi, tabiat va jamiyat qoidalariga rioya qilish, axloqiy yetuklik, siyosiy-huquqiy, iqtisodiy ong ko‘rinishlariga oqilona yondoshish.

Komil inson shaxsining umum insoniy qadriyatlari yoxud ijobiy hislatlari, o‘zbek xarakteridagi ijobiy hislatlarni shakllantirish va rivojlantirish texnologiyasi qanday tuziladi?

Prof. B.Ziyomuxammadovning1 fikriga ko‘ra to‘g‘ri tarbiyaga molik umuminsoniy ijodiy hislatlarni va fazilatlarii quyidagicha deb tasavvur etish mumkin:




Yüklə 423,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin