Imijni boshqarish –
vaqtdan unumli foydalanish, yozma ish yuritish, qattiq
ruhiy holat, hayajonni boshqarish.
Vositalari: sog’lom turmush tarzini ta’minlash (uyda, ishda), uy, ishxona,
farzand
tarbiyasi, xizmat safarlari orasidagi tenglikni saqlash, ong ostida omadni
dasturlash (programmalashtirish), his-hayajonni oldini olishda o’z
vaqtida
muammolarni hal qilish, hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash,
mehnat
unumdorligini oshirish, o’ziga hamda atrofdagilarga real yondashuv, uyishxonada
emotsional his-hayajonni bartaraf etishda madaniyatni rivojlantirish, innovatsiyani
pozitiv qabul qilish, turli his-hayajonni bartaraf etish monitoringini olib borish,
g’oyalar yo’nalishlarini o’zgartirish ya’ni ba’zan biz “ovuntirish”
usuli ham
deyishimiz mumkin.
Djonatan Svift ta’kidlagan: «Jamiyatda yorqin ko’rinish ko’pchilikka
ham berilavermaydi, ammo ko’pchilik insonlar yoqimtoy bo’lishi mumkin».
Imijda Notiqlik san’ati asosiy o’rinni egallaydi.
Napoleon shunday degan edi: «Nutqini ushlay olmaganlar, rahbar bo’la
olmaydilar».
Rahbar - boshqaruvchilik yuz tuzilishi, auditoriya oldida hamkor bo’lsin yoki
qo’l ostidagi ishchi bo’lsin so’zlashni bilishi zarur.
5-7 minutlik ma’ruzada ishdagi hamkorlarga yoqishi uchun quyidagilarga ahamiyat
berishi lozim:
birinchidan, o’z aqlingiz bilan fikrlang.
ikkinchidan, auditoriyaning sizga bergan tavsiyalarni tezda tutib olishingiz zarur.
O’zingiz xohlagan narsalarni gapirmang. Ba’zan auditoriya uchun dolzarb bo’lgan
muammoda to’xtalib o’tishingiz mumkin.
uchinchidan, asosiy nuqtalarga e’tiboringizni qarating,
real hayotni qanchalik
bilishingizni ko’rsating, insonlarning turmush sharoiti hamda biznesda nimalarga
erishishni xohlashi haqida so’zlang va b.q.
Dostları ilə paylaş: