Ko’rinib turibdiki, psixologik bilimlarni atroflicha o’zlashtirgan rahbar yuqori
darajadagi madaniyat, xulqi, axloq kategoriyalarini o’zida
doimiy xarakterga
aylantirgan bo’ladi. Bu esa rahbar o’zida individual va intellektual saviyasini har
tomonlama shakllantirib borishni taqozo qiladi.
Ta’lim muassasalarini boshqarishning ta’sirchanligi
bevosita rahbar
xodimlarga bogliq. Mustaqillik yillarida ta’lim muassasalarini malakali rahbarlar
bilan mustahkamlash sohasida ko’pgina ishlar qilindi. Ammo oliy ta’lim, o’rta-
maktab, o’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida
bu muammo hamon
jiddiyligicha saqlanib kelmoqda. Salohiyatli,
shakllangan rahbar xodimlar
armiyasini tayyorlash jarayoni murakkab va uzoq davrni hamda bu sohaga kompleks
yondashishni talab etadi. Shuning uchun oliy ta’lim, o’rta ta’lim, o’rta- maxsus,
kasb-hunar ta’limi muassasalarida faoliyat ko’rsatayotgan rahbarlarning kichik
jamoasidan tortib, katta lavozimlarda faoliyat ko’rsatayotgan
barcha rahbar
xodimlarini aniq maqsad sari yo’naltirib borish, ularni milliy va umuminsoniy
qadriyatlar zaminida mustaqil Respublikamizning
vatanparvar rahbari etib
shakllantirishga hamda ularda milliy g’urur, milliy fe’l-atvorning eng yaxshi
sifatlarini tarbiyalash va takomillashtirish zarur.
Dostları ilə paylaş: