ettinchidan, sizdan oldingi ma’ruzachidan qolgan taa’surotlardan auditoriyani olib
chiqishga o’rganing.
sakkizinchidan, tinglovchilarga qarata ajoyib so’zlarni aytish mumkin.
Masalan,
hamkorligi, tushungani uchun o’z minnatdorchiligingizni bildiring.
qanchalik
jarangdor qilib aytilsa, shunchalik siz bilan
muloqotga kirishuvchilar
ko’payaveradi.
SIZDA HECH QACHON IKKINCHI BOR
TA’SSUROT QOLDIRISH IMKONI BO’LMAYDI.
Aristotel
Tadqiqotchi
F.Mamatqulova
rahbarlarning
ma’naviy
psixologik
madaniyatini quyidagi bosqichlarga ajratib o’rganishni
maqsadga muvofiq deb
hisoblaydi.
Birinchi toifadagi rahbarlar ma’naviyati nisbatan kam saviyada shakllangan
rahbarlar. Bunday rahbarlar oddiy axloqiy-ruhiy fazilatlardan ancha mahrum va
jamiyat ma’naviy me’yorlarini avvalo tushunib etmaydigan, mensimaydigan rahbar
xodimlardir (afsuski bunday rahbarlarni ta’lim muassasalarida
ham uchratish
mumkin).
Ikkinchi toifadagi rahbarlar
ma’naviy madaniyat egalari axloqiy darajasi past
bo’lishi bilan birga jamoat fikri, oila, xalq an’analari va boshqa shu kabi qadriyatlar
bilan bog’lanmagan psixologik muhitni tez-tez buzib turadigan rahbarlardir.
Uchinchi toifadagi rahbarlar qatoriga axloq me’yorlarini xayotiy zarurat
sifatida ichki ishonch va tuygu bilan o’zlashtirmasdan, ularni ko’rko’rona
qabul
qiluvchilar kiradi. Bunday rahbarlar ko’p o’qib o’rganadi, ular nazariy jihatdan
yuqori bilimga ega bo’ladi, amalda esa bu bilimlarni qo’llay
olmaydi yoki
tashkilotchilik qobiliyati etishmaydi.
Dostları ilə paylaş: