Sangviniklar tuyg’u (jo’shqin) xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular:
yangi kishilar bilan tez til topishadigan;
bir ish turidan ikkinchi ish turiga tezda ko’nikadigan;
bir turda bajariladigan ishlarni yoqtirmaidigan;
yangi sharoitga osonlik bilan o’rganadigan;
xushchaqchaq;
harakatlari shiddatli;
nutqi tez;
kelajakka ishonch bilan qaraydigan;
so’zini aniq va ma’noli qilib, imo ishoralar bilan gapradigan kishilardir.
Sangviniklar ish jarayonida kechgan ko’ngilsiz hodisalarni tezda esdan chiqarib
yuboradilar. Ular o’z kuchi hamda qobiliyatlariga ortiqcha baho berish xususiyatiga
egadirlar.
Rahbarlar ularning ishini salbiy baholashdan ko’ra ularga nisbatan qattiq qo’l va
talabchan bo’lsalar ijobiy natijaga erishish mumkin.
Sangviniklar yuqori lavozimga intiladigan kishilar bo’ladilar.
Agar kishi tanasida shilliq hukmron o’rin tutsa, unday kishilar og’ir, tepsa
tebransmas, kayfiyatlari va intilishlari ancha barqaror, voqealar va hayot
taassurotlariga loqayd qaraydigan bo’ladilar. Bunday xil kishilar
flegmatiklar deb
atalgan. Qadimgi yunonlar shilliqlarni “Flegma” deyishgan.
Dostları ilə paylaş: