1.3. San’at vositasida maktabgacha yoshidagi bolalarda estetik
tasavvurlarni shakllantirish.
Mamlakatimizda amal qilayotgan O’z. Res. Prizidenining farmoni qabul qilingandan buyon mamlakatimiz talim tizimida sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ahamiyatli jihati shundaki, bu o‘zgarish ham mazmun, ham mohiyat, ham shakl, ham yondashuv nuqtai nazaridan kuzatildi. “Yangi Oʼzbekistonning taraqiyot strategiyasi to’g’risida” Mamlakatimizni 2017 — 2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasi doirasida oʼtgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi.
1-Bob bo’yicha xulosalar.
1-Bob bo’yicha xulosalar.
Tasviriy faoliyatga o’rgatishda rasm solish, loydan buyum yasash metodikasi bilan bir qatorda applikatsiya ham asosiy turlarining biri sifatida maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTM) dasturiga kiritilgan. Applikatsiya mashg’uloti bolalarni har tomonlama o’sishida katta ahamiyatga ega. U bolalarning xayolotini boyitadi, kuzatuvchanlik qobiliyatini, qo’l malakasini, shuningdek, mo’ljallay olish, shakli, rangni sezish hissini rivojlantiradi, irodani tarbiyalaydi, ijodkorlik sifatlarini, diqqat va tasavvurni o’stiradi.
II BOB. “MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALARNI MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHDA APPLIKATSIYA MASHGULOTLARINING METODIK ASOSLARI.
II BOB. “MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALARNI MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHDA APPLIKATSIYA MASHGULOTLARINING METODIK ASOSLARI.
2.1“Maktabgacha yoshidagi bolalarni applikatsiya mashgulotlarida multimediya texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari mazmuni.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida applikatsiya mashg’ulotlari birinchi va ikkinchi kichik guruhlardan boshlab olib boriladi. Bu guruhlarda barcha mashg’ulotlarda bolalar kattalar tomonidan tayyorlab berilgan shakllarni qog’ozga to’g’ri, turli xil ko’rinishlarda joylashtirish, terib chiqib yopishtirish kabi harakatlarni tashkil etadi. Bu jarayonda bolalarning asosiy vazifasi – yelimlash usullarini o’rgatish hisoblanadi. Kattalar uchun oddiy hisoblangan ushbu harakat bolalar uchun murakkab hisoblanadi. Shu sababli bu borada tarbiyalanuvchilar bir qator harakatlarni ketma-ket bajarishga odatlanib boradi.