Tadqiqot ishida applikatsiya mashg’ulotlarida multimediya texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini tashkil etish yo’llarini rejalashtirishda pedagogik, psoxologik va metodik adabiyotlarni o’rganish, nazariy va qiyosiy tahlil, ijtimoiy so’rov, pedagogik kuzatish, modellashtirish, pedagogik tajriba, ekspert baholash, matematik statistic qayta ishlash metodlaridan foydalanildi. Тadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati;
Тadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati maktabgacha ta’lim tashkilotlarida applikatsiya mashg’ulotlarida multimediya texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini rejalashtirishda nazariy yondashuvlar, qarashlar, ilmiy-metodik tavsiyalarning ishlab chiqilganligi,
I BOB. APPLIKATSIYA MASHG’ULOTLARIDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARINI NAZARIY ASOSLARI.
I BOB. APPLIKATSIYA MASHG’ULOTLARIDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARINI NAZARIY ASOSLARI.
1.1. Applikatsiya mashg’ulotlarida multimediya texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik muammosi sifatida .
O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari maqsadi mamlakatda o’tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg’or tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim tizimida ma’nan mukammal va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalash, vazifasi sifatida milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish, ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish masalalari belgilab qo’yilgan.