Mavzu: Xalqaro valyuta tizimining shakllanishi va rivojlanishi mundarija kirish i-bob valyuta va valyuta haqida tushuncha



Yüklə 376,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix01.08.2023
ölçüsü376,35 Kb.
#138318
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Xalqaro valyuta tizimining shakllanishi va rivojlanishi

yangi paydo bo‘luvchi bozorlar 
valyutalari ham yuzaga keldi. 
Bular Chexiya, Slovakiya, Polsha, Rossiya, Janubiy Amerika va JAR mamlakatlari 
pul 
birliklaridir.
Qavslar ichidagi valyutalarning belgilanishi SWIFT tizimi foydalanuvchilari 
tomonidan qabul qilingan kodirovka bo’yicha amalga oshiriladi. Qisqacha 
aytganda, banklar tomonidan foydalaniladigan mazkur axborot tizimi xizmat 
xabarlarining 
xavfsiz 
yetkazilishini 
ta’minlaydi.
Jahon amaliyotida moliyaviy bozorlar faoliyatida standartlashtirish xalqaro 
tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan, lotin tilidagi uchta harfdan iborat 
valyutalarning quyidagi belgilanishlari qabul qilingan bo’lib, ular xalqaro va 
mahalliy amaliyotda keng qo’llaniladi (ISO 4217 standarti – International 
Organization for Standartization):
1.
jadval
Valyutalarning xalqaro amaliyotda belgilanishi
AUD
Avstraliya dollari
BRL
Braziliya reali
BYR
Belorussiya rubli
CAD
Kanada dollari



CHF (SFR)
Shveysariya franki
CNY
Xitoy yuani (renminbi)
EUR
Yevro
GBP (STG)
Angliya funt sterlingi
ILS
Isroil shekeli
INR
Hindiston rupiyasi
JPY
Yaponiya ienasi
KZT
Qozog’iston tengesi
MXP
Meksika pesosi
NZD
Yangi Zelandiya dollari
RUB
Rossiya rubli
SGD
Singapur dollari
TRL
Turkiya lirasi
UAH
Ukraina grivnasi
USD
AQSh dollari
UZS
O’zbekiston so’mi
ZAR
Janubiy Afrika rendi
Xorijiy valyuta bilan deviz tushunchasi bog’liqdir. Deviz - bu, xorijiy valyutadagi 
har 
qanday 
vositadir.
Qabul qilingan Xalqaro qoidalarga asosan har bir davlatning valyutasi 3 harf bilan 
belgilanadi. Bunda ushbu harflarning birinchi 2 tasi mamlakatni, 3- esa valyuta 
nomini belgilaydi. Masalan, US - Qo’shma Shtatlar, D - dollar yoki GB - Buyuk 
Britaniya, P - paund. Ushbu belgilanishlar valyutalar kodlari deb ataladi. Ayrim 
davlatlar valyutalarining SVIFT kodlari ushbu mavzuning ilovasida keltirilgan.
Valyutalar jahon bozorida o’zlarining muomalada bo’lish xususiyatlariga ko’ra 
erkin muomalada yuradigan, muomalasi qisman yoki butunlay cheklangan, yopiq 
yoki ekzotik valyutalarga bo’linadi. Ba'zi bir davlatlarning milliy pul birliklarini 
mazkur davlatlarda valyuta munosabatlari borasida mavjud va harakatda bo’lgan 



qonun-qoidalariga asosan xorijga chiqishi hamda u yerda muomalada bo’lishi 
chegaralanadi.
Jahon bozorining paydo bo’lishi, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashishi, 
ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi, jahon xo’jaligi tizimining shakllanishi, 
xo’jalik aloqalarining baynalminallashuvi va globallashuvi sharoitida xalqaro 
valyuta munosabatlari rivojlandi. Xalqaro valyuta munosabatlari - bu, valyutani 
jahon xo’jaligida amal qilishi borasida shakllanadigan va milliy xo’jaliklar faoliyat 
natijalarining o’zaro almashuviga xizmat ko’rasatadigan ijtimoiy munosabatlar 
yig’indisidir
Valyuta munosabatlarining ayrim elementlari qadimgi dunyoda, qadimgi Gretsiya 
va Rimda veksel hamda sarroflik ishi shakllarida paydo bo’lgan. Ushbu 
munosabatlar hisob-kitoblar o’tkaziladigan veksellar (tratta) bilan amalga oshgan 
Lion, Antverpen o’rta asr "veksel yarmarkalari" va G’arbiy Yevropaning boshqa 
savdo markazlarida rivojlandi. Feodalizm va kapitalistik ishlab chiqarish 
uslubining shakllanishi davrlarida banklar orqali amalga oshadigan xalqaro hisob-
kitoblar 
tizimi 
shakllana 
boshladi.
Xalqaro valyuta munosabatlari moddiy ishlab chiqarish jarayoniga, ya'ni birlamchi 
ishlab chiqarish munosabatlariga hamda taqsimot, almashuv va iste'mol 
jarayonlariga aloqador bo’lgan xalqaro iqtisodiy munosabatlarni o’z ichiga oladi. 
Valyuta munosabatlari va takror ishlab chiqarish o’rtasida bevosita (to’g’ridan-
to’g’ri) hamda oqibat xarakteridagi (qaytma) aloqalar mavjud. Ularning obyektiv 
asosi bo’lib tovarlar, kapitallar, xizmatlar bilan xalqaro almashuvni vujudga 
keltiruvchi 
ijtimoiy 
ishlab 
chiqarish 
jarayoni 
hisoblanadi.
Valyuta munosabatlari - bu, valyutani jahon xo’jaligi muomalasida amal qilish 
jarayonida va xalqaro aloqalar sohasiga xizmat ko’rsatishda o’ziga hos pul 
munosabatlarining yig’indisidir, yoki davlatlar, jahon valyuta bozorining 
subyektlari, muayyan davlatning rezident yoki norezident shaxslari o’rtasida 
valyutalarni sotish, sotib olish, majburiyatlarni bajarish hamda boshqa shu kabi 
jarayonlarda 
vujudga 
keladigan 
munosabatlardir.
Valyuta munosabatlari - bu xalqaro aloqalarga xizmat ko’rsatuvchi va jahon 



xo’jaligida valyuta muomalasi jarayonida vujudga keladigan o’ziga hos pul 
munosabatlarining majmuidir. Valyuta munosabatlari jahon valyuta tizimining 
asosi bo’lib xizmat qiladi. Ularning shakllanish jarayonlarini o’rganish 
O’zbekiston uchun nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham egadir.
Valyuta munosabatlarining paydo bo’lishi, o’zgartirilishi yoki tugatilishining 
huquqiy asoslari bo’lib xalqaro kelishuvlar va ichki davlat qonun-qoidalari 
hisoblanadi.
Valyuta munosabatlari nisbatan mustaqil munosabatlar bo’lgani holda to’lov 
balansi, valyuta kursi, hisob-kitob operatsiyalari orqali dunyo iqtisodiyotiga 
sezilarli 
ta'sir 
ko’rsatadi.
Valyuta munosabatlarining ahvoli quyidagilarga bog’liq bo’ladi:

milliy va jahon iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasiga;

siyosiy ahvolga;

jahon bozorida davlatlararo munosabatlar borasidagi muammolarga va 
ushbu muammolarning rivojlanish tendensiyalariga.
Valyuta munosabatlarining asosiy ishtirokchilari sifatida xalqaro moliyaviy 
tashkilotlar, davlatlar, davlatlarning rezident va norezident shaxslari maydonga 
chiqadi.
Rezident shaxs - bu muayyan davlat hududida yashayotgan va ushbu davlat 
fuqarosi bo’lgan hamda mazkur davlat hududida faoliyat ko’rsatayotgan yuridik 
yoki jismoniy shaxsdir.
Norezident shaxs - bu muayyan davlat hududida yashab faoliyat ko’rsatayotgan, 
ammo shu davlat fuqarosi bo’lmagan yuridik yoki jismoniy shaxsdir. Masalan, 
elchixonalar, vakolatxonalar, chet el firma va korxonalarining bo’linmalari hamda 
shu kabilar.
Shu bilan birgalikda bu yerda shuni ta'kidlab o’tmoq lozimki, valyuta 
munosabatlarining keng tarqalgan ishtirokchilaridan biri bu tijorat banklaridir.
Tijorat banklari milliy, hududiy va jahon valyuta bozorlarida nafaqat o’z 
manfaatlari, balki birinchi navbatda o’z mijozlari manfaatlarining himoyachisidir. 


10 
Jahonning yirik tijorat banklari o’z mijozlarining topshiriqlarini talab darajasida 
bajarish, ularning moliyaviy manfaatlarini himoya qilish va o’z tijoriy 
maqsadlarida jahon moliya bozorining yirik markazlarida o’z filiallarini ochganlar.
Tijorat banklari mijozlarida va tijorat banklarining o’zlarida turli sabablarga ko’ra 
hamda turli maqsadlarda xorijiy valyutaga ehtiyoj paydo bo’ladi. Masalan, tijorat 
bankining mijozi eksportyor bo’lsa u xorijiy valyutada tushum oladi va valyuta 
kursi tebranishi oqibatida hosil bo’ladigan xatarlarni hisobga olgan holda unda, 
ushbu xorijiy valyutada olingan tushumni xavfxatardan himoyalash zarurati 
tug’iladi. Shu sababli eksportyor eksport tushumini ehtimolli yo’qotishlardan 
sug’urtalash maqsadida o’z bankiga murojaat etadi. Agar bankning mijozi 
importyor bo’lsa, eksportyor bilan o’zaro tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq 
hisob-kitobni amalga oshirish uchun unga ma'lum bir miqdorda xorijiy valyuta 
zarur bo’ladi. Bunga muvofiq importyormijoz ushbu xorijiy valyutani sotib olish 
maqsadida o’z bankiga murojaat etadi.
Yuqoridagilardan tashqari tijorat bankining xorijiy valyutaga bo’lgan o’z zaruriy 
ehtiyojlari mavjud. Masalan, jahon valyuta bozorida oldi-sotdi baholarining farqi 
sifatida foyda olish maqsadida xorijiy valyutalarni sotib olish, valyuta kursining 
tebranishi oqibatida vujudga keladigan valyuta tavakkalchiliklarining oldini olish 
maqsadida xedjinglash bilan bog’liq turli valyuta operatsiyalarini amalga oshirish. 
Shu bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 
4-oktabrdagi "O’zbekiston Respublikasi valyuta bozorini rivojlantirishning 
qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida"gi qaroriga binoan tijorat banklari 
O’zbekiston Respublikasi hududida "so’m"ning ichki konvertatsiyasiga muvofiq 
naqd valyuta oldi-sotdisi bilan bog’liq operatsiyalar bilan ham shug’ullanadilar. 
Vazirlar Mahkamasining ushbu qaroriga muvofiq 1994-yilning 15-oktabridan 
boshlab O’zbekiston Respublikasi hududida pul sifatida muomalada faqat 
respublikaning milliy valyutasi "so’m" yuradi. Boshqa davlatlarning milliy 
valyutalari, ya'ni xorijiy valyutalarning pul sifatida muomalasi O’zbekiston 
hududida qonun bilan taqiqlangan.


11 

Yüklə 376,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin