Xlor, tabiatda uchrashi, olinishi fizik-kimyoviy xossalari, ishlatilishi Xlor. Cl. Tartib raqami Z=17. Atom massasi 35,45. Elektron
konfigurasiyasi: 1s22s22p63s23p5yoki KL 3s23p5. Xlorni 1774 yili SHeele xlorid
kislotaga MnO2ni ta‘sir ettirish yo‘li bilan kashf etgan. Faqat 1810 yilda Devining
xizmatlari tufayli, xlor kimyoviy element sifatida tanildi. (yunoncha ―xloros‖ –
sarg‘ish-yashil).
Xlor tabiatda keng tarqalgan.U tabiatda birikma holida bo‘ladi. Masalan:
NaCl –galit yoki osh tuz, KCl * NaCl – silvinit, KCl*MgCl2*6H2O – karnallit,
KCl – silvin, MgSO4*KCl*3H2O – kainit
Olinishi. Laboratoriyada xlor, asosan, xlorid kislotaga oksidlovchilar ta‘sir
ettirish yo‘li bilan olinadi.Oksidlovchi sifatida ko‘pincha MnO2 ishlatiladi.
Reaksiya vaqtida avval marganes (IV) –xlorid hosil bo‘ladi, bu modda beqaror
bo‘lganligi uchun MnCl2 bilan Cl2 ga ajraladi.
MnO2 + 4HCl = MnCl4+ 2H2O
MnCl4 → MnCl2 + Cl2
Vodorod xlorid havo kislorodi bilan 4000C da faqat katalizator pemzaga
joylangan CuCl2 ishtirokidagina oksidlanadi:
4HCl +O2 ↔ 2Cl2 + 2H2O
Texnikada xlor faqat osh tuzining suvdagi eritmasini elektroliz qilish yo‘li
bilan olinadi, ya‘ni
anodda xlor (2Cl- - 2e →Cl2)
katodda vodorod (2H+ + 2e →H2) ajraladi va eritmada NaOH hosil bo‘ladi.
Fizik va kimyoviy xossalari. Xlor sarg‘ish-yashil tusli gaz. Uy haroratida bir
hajm suvda 2,3 hajm xlor eriydi. Xlorning suvdagi eritmasi ―xlorli suv‖ dan 80S
dan past haroratda Cl2*8H2O va Cl2*6H2O tarkibli xlor gidratlari ajratib olinishi
mumkin.
Xlor atomining sirtqi elektron qavati ftornikidan boshqacha tuzilishga ega.
Uning sirtqi qavatida d – pog‘onacha mavjud va bu pog‘onacha elektronlar bilan
band emas: 3s23p5 Shunga ko‘ra xlorning valentligi +1, +3, +5, +6 va +7 bula
oladi.
Xlor kuchli oksidlovchi. Ko‘pchilik metalmaslar va metallar xlor bilan
birikadi. 2Sb + 3Cl2 →2SbCl3
Xlor suv va ishqor eritmasi bilan disproporsiyalanish reaksiyasiga kirishadi:
Cl2 + H2O ↔ HCl + HOCl
Cl2 + 2NaOH ↔ NaCl + NaOCl + H2O
Ba‘zi gidridlar bilan ham reaksiyaga qatnashadi:
3Cl2 + NH3 = 3HCl + NCl3
Cl2 + H2 S = 2HCl + S
Vodorod xlor atmosferada yonib, oq tusli vodorod xlorid gaziga aylanadi.
H2 + Cl2 = 2HCl (sintetik usul)