Mavzu: Xlor va uning birikmalari. Reja



Yüklə 68,28 Kb.
səhifə4/13
tarix02.06.2023
ölçüsü68,28 Kb.
#123719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
xlor

Vodorod xlorid. Vodorod xlorid olishning qadimiy usuli – osh tuziga kons.
sulfat kislota ta‘sir ettirib olishdir. Reaksiya ikki bosqichda boradi:
NaCl + H2SO4 → NaHSO4 + HCl↑
8000C
NaCl + NaHSO4 → Na2SO4 + HCl↑
Vodorod xlorid odatdagi sharoitda gaz. Uning suvdagi (37,29% li) eritmasi kuchli
kislota bo‘lib, xlorid kislota deb aytiladi.
104
Xlorid kislota eritmasi past haroratda sovutilsa, HCl*H2O,HCl*2H2O, HCl*3H2O
tarkibli kristallogidratlar hosil bo‘ladi.
Vodorod xloridni turli usullar bilan hosil qilingan EClx tarkibli xlorid birikmalari
ma‘lum. Bu birikmalar asos, amfoter va kislota xossasiga ega. Asosli xloridlar
gidrolizga uchramaydi, kislotali xloridlar to‘liq gidrolizlanadi:
SiCl4 + 3H2O = H2SiO3 + 4HCl
Asos xossasiga ega bo‘lgan xloridlar kislotali xloridlar bilan reaksiyaga
kirishib, kompleks birikmalar hosil qiladi. Kompleks birikmalar hosil bo‘lishida
asosli xloridlar donor vazifasini, kislotali xloridlar esa akseptor vazifasini bajaradi:
2NaCl + TiCl4 = Na2[TiCl6]
Amfoter xloridlar kislotali va asosli xloridlar bilan birikib, kompleks
birikmalar hosil qiladi.
2KCl + ZnCl2 = K2[ZnCl4]
TiCl4 + ZnCl2 = Zn[TiCl6]
Xlorid kislota ko‘pchilik metallar bilan reaksiyaga kirishadi, masalan:
2HCl +Fe = FeCl2 + H2
2Cu + O2 + 4HCl = CuCl2 + 2H2O
3 mol HCl va 1 mol HNO3 (konsentrlangan eritmalari) aralashmasi («zar
suvi» yoki «shoh arog‘i») da nodir metallar ham eriydi; bu eritmada quyidagi
muvozanat sistema qaror topadi:
3HCl +HNO3 ↔ 2H2O + NOCl + Cl2
unda oltinning eritmaga o‘tishi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
2Au + 3Cl2 = 2AuCl3


Metall xloridlari – xlorid kislota tuzlaridir. Ko‘pchilik metallarning
xloridlari suvda yaxshi eriydi. Lekin kumush xlorid AgCl, mis (I) -xlorid CuCl,
simob (I) -xlorid Hg2Cl2, talliy (I) - xlorid TlCl, ko‘rg‘oshin (II) –xlorid PbCl2
yomon eriydi.



Yüklə 68,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin