Xlorning kislorodli birikmalari. Xlor bilan kislorod bevosita birikmaydi.
Lekin bilvosita yo‘llar bilan xlorning quyidagi oksidlari olingan:
Cl2O; ClO2; Cl2O6; (yoki ClO3); Cl2O7
SHuningdek, Cl2O va ClO2 parchalanganda oraliq mahsulot sifatida ClO
hosil bo‘lishi ham isbot qilingan.
Cl2O – xlor (I) – oksid, kuruk simob (II) –oksid 00S da xlor yuborish yo‘li
bilan hosil qilinadi:
2Cl2 + HgO →HgCl2 + Cl2O
Cl2O – sarg‘ish qo‘ng‘ir gaz, u beqaror modda, portlaydi.
NaClO – natriy gipoxlorit.Gipoxloritlarga muvofiq keladigan kislota gipoxlorit
kislota (HClO), xloritlarga muvofiq keladigan kislota xlorit kislota (HClO2)
deyiladi.Gipoxlorit kislota HClO xlorning gidrolizi natijasida hosil bo‘ladi.
Cl2 + H2O ↔ HClO + HCl
Gipoxlorit kislota parchalanib, atomar kislorod chiqarib turadi:
HClO → HCl +O
SHu sababli nam xlor oqartirish xossasiga ega bo‘ladi. Gipoxloritlarni olish uchun
ishqor eritmalariga xlor ta‘sir etdiriladi, masalan:
Cl2 + 2NaOH → NaCl + NaClO + H2O
Bu reaksiya natijasida hosil bo‘lgan suyuqlik Laborak suvi deyiladi.U oqartirish
maqsadlari uchun ishlatiladi. Kaliy gidroksid eritmaga xlor yuborilishidan hosil
bo‘lgan suyuqlik Javel suvi deb ataladi (u ham matolarni oqartirish uchun
ishlatiladi) Ohak eritmasi to‘yingunicha xlor yuborilsa, xlorid va gipoxlorit
kislotalarning aralash tuzi hosil bo‘ladi:
Ca(OH)2 + Cl2 → CaCl(OCl) + H2O
xlorli ohak
Umuman olganda xlorli ohak tarkibida (kamida) uchta modda bo‘ladi:
Ca(OCl)2; Ca(OCl)2 * 2Ca(OH)2 va CaCl2 * Ca(OH)2 * H2O
U havoda parchalanadi 2CaCl(OCl) + CO2 → CaCl2 + CaCO3 + Cl2
Xlorli ohak kislotalar bilan reaksiyaga kirishganda xlor erkin xolda ajralib
chiqadi:
CaOCl2 + 2HCl → CaCl2 + H2O + Cl2
Xlorli ohak matolarni oqartirish va dezinfeksiya maqsadlari uchun ishlatiladi.
Xloritlar faqat kislotali muhitdagina kuchli oksidlovchi bo‘la oladi;
gipoxloritlar esa har qanday muhitda ham oksidlash xossalarini namoyon
qilaveradi.Xloritlarni qizdirgan vaqtda yoki zarb ta‘siridan kuchli portlab
parchalanadi: 2NaClO2 → NaClO + NaClO3
Xlor (IV)- oksid ClO2 ga muvofiq keladigan kislota olingan emas. Xlor
(IV)- oksid olish uchun xloratlarni sulfat kislota bilan parchalash yoki ularni biror
qaytaruvchi ta‘sirida qaytarish kerak:
2NaClO3 + H2SO4 + SO2 = 2ClO2 + 2NaHSO4
2KClO3 + C2H2O4 + 2H2SO4 → 2KHSO4 + 2H2O + 2CO2 +2ClO2
Bu reaksiyada hosil bo‘ladigan karbonat angidrid xlor (IV)- oksidni
suyultirib, uning portlab ketishiga yo‘l quymaydi.ClO2 - sarg‘ish-yashil tusli, o‘tkir
hidli gaz, u qutbli modda bo‘lgani uchun reaksiyaga kirishishi kuchli, havoda o‘zo‘
zidan shiddatli portlaydi, kuchli oksidlovchi. Ishqorlar bilan xlorit va xloratlar
hosil qiladi:
2ClO2 + 2NaOH = NaClO2 + NaClO3 + H2O
Texnikada xlor (IV)- oksid olishda qaytaruvchi sifatida sulfit angidrid qo‘llaniladi:
2NaClO3 +H2SO4 + SO2 → 2NaHSO4 +2ClO2
Suv bilan esa xlorit kislota eritmalarini hosil qiladi:
2ClO2 + H2O ↔ HClO2 + HClO3
Qaynoq ishqor eritmasiga xlor yuborish yo‘li bilan bertole tuzi KClO3 olinadi:
6KOH + 3Cl2 → 5KCl + KClO3 + 3H2O
Xlorat kislota hosil qilish uchun bariy xloratga sulfat kislota ta‘sir ettiriladi:
Ba(ClO3)2 + H2SO4 → BaSO4 + 2HClO3
Xlorat kislota o‘zining ko‘p xossalari bilan nitrat kislota HNO3ni eslatadi;
xususan, xlorat kislotaning xlorid kislota bilan aralashmasi xuddi zar suvi singari
nihoyatda kuchli oksidlovchi hisoblanadi:
2HClO3 + 2HCl → 2ClO2 + Cl2 + 2H2O
Xlorat kislota tuzlari – metall xloratlar MeClO3 odatdagi haroratda barqaror,
suvda yaxshi eriydigan rangsiz moddalar bo‘lib qizdirilganda (katalizator
ishtirokida) kislorod ajratib parchalanadi:
2KClO3 → 2KCl + 3O2
Katalizatorsiz qizdirilganda esa parchalanish quyidagicha boradi:
4000C
4KClO3 → KCl + 3KClO4
KClO3 birdaniga qizdirilsa portlaydi, hozirgi vaqtda KClO3 va NaClO3, KCl va
NaCl eritmalarini elektroliz qilish yo‘li bilan olinadi.
Xlor (VI- oksid asta-sekin suvda erib, xlorat va perxlorat kislotalarning
aralashmasini hosil qiladi:
Cl2O6 + H2O = HClO4 + HClO3
Cl2O7 rangsiz moysimon suyuqlik; uning qaynash harorati 830S perxlorat
kislotadan suvni fosfat angidrid bilan yo‘qotish orqali olinadi:
2HClO4 = Cl2O7 + H2O
KClO4 + H2SO4 → KHSO4 + HClO4
Perxlorat kislota suv bilan bir necha gidratlar hosil qiladi, masalan:
HClO4∙H2O; HClO4∙2H2O; HClO4∙3H2O; Ishqoriy metallarning va
ishqoriy-er metallarning perxloratlari gidrolizlanmaydi, lekin metalmaslarning
perxloratlari, masalan, JClO4 gidrolizlanadi. Xlorning kislorodli kislotalarining
kuchi xlorning oksidlanish darajasi ortishi bilan ortadi, lekin ularning oksidlash
qobiliyati xlorning oksidlanish darajasi ortgan sayin kamayadi: Kislota kuchining
ortishi →HClO – HClO2 – HClO3 – HClO4←
Oksidlash qobiliyatining kuchayishi
Bu qatorda chapdan o‘ngga tomon kislotalarning barqarorligi ham ortadi.
Xlor haqida ba'zi qiziqarli faktlar:
Xlor 1774 yilda shved kimyogari Karl Vilgelm Shele tomonidan kashf etilgan.
Xlor - Cl belgisi va atom raqami 17 bo'lgan kimyoviy element. U elementlarning davriy tizimidagi galogenlarga tegishli.
Xlor Yerdagi eng keng tarqalgan elementlardan biri bo'lib, tabiatda ko'pincha natriy, kaliy, magniy va boshqalar kabi turli metallarning xloridlari sifatida topiladi.
Xlor dezinfektsiyalovchi va oqartiruvchi vosita sifatida keng qo'llaniladi. Bundan tashqari, polivinilxlorid (PVX), xlorli erituvchilar, deodorantlar va boshqalar kabi turli xil kimyoviy birikmalar ishlab chiqarishda qo'llaniladi.
Xlor hayot uchun muhim element bo'lib, xlorofill va halogenlangan aminokislotalar kabi ko'plab muhim biologik molekulalarning tarkibiy qismidir.
Xlor juda reaktiv element bo'lib, ko'plab kimyoviy reaktsiyalarga kirishishi mumkin. U davriy jadvaldagi deyarli barcha elementlar bilan birikmalar hosil qilishi mumkin.
Xlor kimyoviy reaksiyalarda indikator sifatida ishlatiladi. U reaksiyaga kirishganda, rangi o'zgarishi va ko'proq yoki kamroq qizg'in bo'lishi mumkin.
Xlor bir qator qiziqarli xususiyatlarga ega, masalan, boshqa elementlar bilan o'zaro ta'sirlashganda yorug'lik xossalari va juda past haroratlarda suyuq kristallar hosil qilish qobiliyati.
Xlor juda zaharli gaz bo'lib, ko'p miqdorda nafas olganda sog'liq uchun xavfli bo'lishi mumkin.
Xlor plastmassa, ichimlik suvini tozalash, qog'oz ishlab chiqarish va boshqalar kabi turli sohalarda ko'p qo'llaniladi.