Bir necha yil qantargach, Yana oldim sozimni. Endi aytib yig ‘lamas, Ko ‘ngildagi rozimni. Ko'ngildagi kudurat Ko'tarildi, nihoyat Endi, ilhom manbai — Qaynab yotgan shu hayot. Umuman olganda, Cho'lpon she’riyati mazmunan boy va shaklan go‘zal. Cho‘lpon she’riyatining asosiy xususiyatini erksevarlik, millatparvarlik, haqqoniylik va xalqchillik, g‘oyaviy aniqlik va badiiy go‘zallik singari fazilatlar tashkil etadi. Shoir asarning shakl va mazmunga doir barcha unsurlarini qunt bilan ishlab, ularga jilo va sayqal beradi. Bunda shoir til imkoniyatlaridan ustalik bilan foydalanadi. Ana shuning uchun ham Cho‘lpon she’rlari tilining aniq-ravonligi, obrazli va jozibadorligi bilan maftun etadi. Shoir nazmining tili obrazli va shirali bo‘lish bilan birga, g‘oyat sodda, ixcham va tom ma’noda xalqchildir. Ana shuni nazarda tutib, adabiyotshunos Olim Sharofiddinov 20-yillardayoq: «Cho‘lponning tili sodda, har turli fikrlarni ifoda qilishga yararli va nuqsonsizdir. Bu kungi o‘zbek adabiy tili, shubhasiz, Cho‘lpon tilidir», — deb yozgan edi. Oybek esa: «Bu kungi yosh nasi Cho‘lponning sodda tilini, totli uslubini, texnikasini ko‘p sevadi. Undan ko'p go‘zalliklar oladi», — tarzida hassos shoir tiliga yuksak baho bergandi.
Cho’lpon o‘z she’rlarida xalq tili boyliklaridan foydalanar ekan, so‘z va iboralarni tejab-tergab, o‘z o‘rnida ustalik bilan ishlatadi. Shu orqali xalq hikmatlariday sado beruvchi sermazmun, jarangdor va suluv baytlar, quyma misralar yaratadi. Ushbu fikrni quyidagi misralar tasdiqlaydi:
Muhabbat osmonida go ‘zal Cho ‘Ipon edim, do ‘stlar, Quyoshning nuriga toqat qilolmay yerga botdim-ku. («Qalandar ishqi») Cho’lpon o‘z she’rlarida chiroyli o‘xshatishlar, yangi-yangi sifatlashlar, g‘oyat nafis va nozik metaforalar, chuqur mazmunli mubolag‘ayu jonlantirishlar kashf qiladi. Yorqin va jonli manzaralar chizib, o‘quvchiga estetik zavq bag'ishlaydi: