Мавзу: Янги ўзбек адабиётининг асосий хусусиятлари. Янги ўзбек адабиёти тараққиётининг асосий босқичлари Режа



Yüklə 469,72 Kb.
səhifə41/55
tarix12.06.2023
ölçüsü469,72 Kb.
#129098
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55
Мавзу Янги ўзбек адабиётининг асосий хусусиятлари. Янги ўзбек а

21-ma'ruza: Rauf Parfi ijodi


RAUF PARFI (O’ZTURK)
(1943-2005)
Rauf Parfi XX asr ikkinchi yarmidagi oʼzbek sheʼriyatida hech kimga oʼxshamaslikka intilgan, oʼziga xos ovozga ega boʼlgan va kitobxonlar eʼtiborini qozongan isteʼdodli shoirlardan biri hisoblanadi.
Rauf Parfi 1943 yilning 27 sentabrida Toshkent viloyati Yangiyoʼl tumanidagi Shoʼralisoy qishlogʼida dehqon oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi — Parfi Muhammadamin savodli, dunyoga teran boquvchi kishi boʼlib, Fargʼonaning Vodil qishlogʼidan shoʼrolar quvgʼini tufayli Shoʼralisoyga kelib qolgan edi. Raufning onasi — Salimaxonim Isabek qizi ham zavqi baland, kitob koʼrgan, mumtoz adabiyotni biladigan ayol boʼlib, u kishi ham asli fargʼonalik edi.
Rauf Parfi yetti yoshida Shoʼralisoydagi toʼliqsiz oʼrta maktabga boradi va u yerda 1956 yilgacha oʼqiydi. Soʼngra u qoʼshni qishloqdagi oʼrta maktabga oʼtib, tahsilni 1958 yilgacha davom ettiradi. Sakkizinchi sinfni tugatgach, Rauf oʼqishni Yangiyoʼl shahridagi kechki maktabga oʼtkazib, mehnat faoliyatini boshlaydi. U Yangiyoʼl tuman gazetasida musahhih boʼlib ishlaydi. 1960-1965 yillarda Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil oladi. U yerdagi saboqlar 1965 yilda bitgan boʼlsa-da, shoir “Falsafa tarixi” fanidan oʼtolmagani va qayta imtihon topshirishni istamagani uchun universitet diplomini ololmaydi. Rauf Parfi 1966-1967 yillarda Yangiyoʼlda chiqadigan “Kolxoz haqiqati” gazetasida muxbir, 1967 yildan Toshkentga kelib, Respublika Kino qoʼmitasida, Gʼafur Gʼulom nomidagi Аdabiyot va sanʼat nashriyotida, “Oydin” gazetasida muharrir, 1987-1989 yillarda Oʼzbekiston yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi, 1989-1997 yillarda uyushma targʼibot markazida katta muharrir, 1997-1999 yillarda “Jahon adabiyoti” jurnalida boʼlim mudiri vazifalarida ishladi. Rauf Parfi 2005 yilning 28 mart kuni yurak xastaligidan vafot etdi. Shoirning Muqaddas, Munojot, Sevinch ismli qizlari, Shuhrat ismli oʼgʼli bor.
Olamga oʼzgacha koʼz bilan qaraydigan Rauf Parfi bolaligidanoq kitobga qiziqardi. Oʼz davrining taniqli kishilaridan biri Hamroqul Tursunqulovning qarindoshi boʼlgani uchun Rauf Parfi uning uyidagi boy kutubxonada kechayu kunduz kitob oʼqirdi.
Rauf Parfi dunyoqarashining shakllanishida otasining yaqin oʼrtogʼi, taniqli gʼazalnavis Аbdurahmon Vodiliyning taʼsiri katta boʼlgan. Vodiliy Rauf Parfiga sheʼriyat sirlarini oʼrgatgan. Umuman, butun ijodi davomida oʼziga kuchli taʼsir koʼrsatgan ulugʼ shoirlar va boshqa ustozlari haqida gapirib, Rauf Parfi shunday degan edi: “Mening uchta pirim bor, ulardan koʼmak-madad tilanaman. Yassaviy pirim, Navoiy pirim, Thakur (Tagor) pirim. Menga qoʼl uzatgan ustozlarim bor – Аbdurahmon Vodiliy, Аsqad Muxtor, Shukrullo” (“Sharq yulduzi”, 2012, № 2, 149-bet).
Rauf Parfining oʼzi eslashicha, shoirning birinchi sheʼri 1953 yilning 5 martida Stalin vafotiga bagʼishlab yozgan marsiyasi boʼlib, u maktab devoriy gazetasida chiqqan ekan. Taqdirni qarangki, ilk mashqini eng yovuz jallod oʼlimiga bagʼishlagan shoir ulgʼaygach, inson erki va huquqlari uchun kurashuvchi ijodkor boʼlib yetishdi.
Garchi ilk sheʼrlari 50- yillarning ikkinchi yarmida yuzaga kelgan boʼlsa ham, Rauf Parfi 60-yillarning oʼrtalaridagina shoir sifatida elga tanildi. 1964 yilning kuzida Rauf Parfining “Laylo” sheʼri dunyoga keladi. Unda:
Dilnavozim, dilafgorim, yoningga uchay, Laylo,
Hislarimni yoʼllaringga marjondek sochay, Laylo.
Senga yolgʼiz saqlaganim-qalbimni ochay, Laylo,
Аgar ishqimni rad etsang, qaylarga qochay, Laylo?-
kabi tashbehga toʼla misralar bor edi. Sheʼrni paxta dalasida kursdoshimiz Fozil Usmonov qoʼshiq qilib aytgan va Oʼzbekiston radiosi orqali yangi bir shoir paydo boʼlganligini dunyoga maʼlum qilgan edi. Shundan soʼngra Rauf Parfining “Karvon yoʼli” (1968), “Аks-sado” (1970), “Tasvir” (1973), “Xotirot” (1975), “Koʼzlar” (1977), “Qaytish” (1978), “Sabr daraxti” (1986), “Sukunat” (1989) kabi oʼnlab sara sheʼriy toʼplamlari bosilib chiqdi. Shoir tinimsiz mehnat qilishda davom etadi va oʼzida bir-biridan mazmundor, goʼzal sheʼrlarni mujassamlashtiruvchi “Ona Turkiston” (1992), “Turkiston ruhi” (1993), “Tavba” (2000), “Soʼnggi vido”(2006) kitoblari chop etiladi.

Yüklə 469,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin