1.“Iqtisodiyxavfsizlik”tushunchasiningmohiyatinimadaniborat? Iqtisodiy xavfsizlik - mamlakat, hudud, firma, kompaniyaning iqtisodiy inqirozga uchrash xavfidan himoya qilish boʻyicha koʻradigan chora-tadbirlari majmui. Rivojlangan mamlakatlarda Iqtisodiy xavsizlikni taʼminlash maqsadlarida yirik firma, kompaniyalarda maxsus xizmatlar tashkil qilinadi. Ular bozorlarni oʻrganish, talab va taklifni prognozlash, ilmiy texnika taraqqiyotini kuzatish va boshqarish ishlarni bajaradilar.
2.“Iqtisodiyxavfsizlik”tushunchasigata`rifbеring. Iqtisodiy xavfsizlik - bu iqtisodiyotning shunday holatidirki, bunda uning barqaror o'sishi, ijtimoiy ehtiyojlarining maqbul darajada qanoatlantirilishi, boshqaruvning yuksak sifati, iqtisodiy manfaatlarni milliy va xalqaro darajada himoyalash ta'minlanadi.
3.“Iqtisodiyxavfsizlik”faninimauchun o`rganiladi? Iqtisodiy xavfsizlik – iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. U iqtisodiyotning barqaror
iqtisodiy o’sish ta’minlangan, ijtimoiy ehtiyojlar optimal darajada qondirilgan,
ratsional boshqarish amalga oshirilgan, milliy va xalqaro darajalarda iqtisodiy
manfaatlarning himoyalangandagi holatini ifodalaydi.
Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning muhim tarkibiy qismi, uning moddiy
asosi bo’lib hisoblanadi. Iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiy kategoriya sifatida davlatchilik
shakllangan hamda jamiyat o’z manfaatlarini anglab yetgan davrlardan paydo bo’la
boshlagan.