Iqtisodiy xavfsizlik obektlariga quyidagilar kiradi: - tabiiy boyliklar;
- inson resurslari, mehnatga layoqatli aholi;
- ishlab chiqarish fondlari;
- ko’chmas mulk;
- moliyaviy resurslar;
- xo’jalik tizimlari;
- mintaqalar;
- oila;
- inson.
9. Iqtisodiyxavfsizlikningindikatorlaridеgandanimanitushunasiz? Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi indikatorlari ajratib ko’rsatiladi:
- yalpi ichki mahsulot hajmining o’sishi;
- aholining turmush darajasi va sifati;
- inflyatsiya darajasi;
- ishsizlik darajasi;
- iqtisodiyot tarkibi;
- davlat qarzi;
- jamiyatning mulkiy tabaqalanishi;
- iqtisodiyot va jamiyatning kriminallashuvi;
- ishlab chiqarishning texnik va texnologik holati;
- raqobatbardoshlik;
- importga bog’langanlik;
- xufiyona iqtisodiy faoliyat miqyosi;
- oltin valyuta zahiralari.
10. Iqtisodiyxavfsizlikning darajalarigata`rifbеring. Iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiyot va hokimiyat institutlarining shunday
holatidirki, bunday holatda mamlakat milliy manfaatlarining kafolatli himoyalangani,
mamlakat iqtisodiy rivojining ijtimoiy yo’naltirilganligi, ichki va tashqi jarayonlar
rivojidagi eng noqulay sharoitda ham mudofaa salohiyatining yetarli darajada
ta’minlanganligini ifoda etadi.
Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi darajalari mavjud:
xalqaro (global va mintaqa darajasida);
milliy, lokal (mamlakat ichidagi mintaqa yoki tarmoq darajasida);
xususiy (firma va shaxs darajasida).
Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik – bu har bir davlat, ya’ni dunyo hamjamiyati
a’zosining o’z ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti strategiyasini erkin tanlash va amalga
oshirish imkoniyatlarining ta’minlangandagi holatidir.
Xalqaro iqtisodiy xavfsizlikni amalga oshirishda taraqqiyot modellarini zo’rlab
o’tkazish, iqtisodiy va siyosiy jihatdan majburlashdan voz kechish, har qanday
xalqning o’z mustaqil yo’lini tanlash huquqini tan olish, turli mulkchilik shakllari va
manfaatlarning mavjudligini qonuniy ekanligini hurmatlash yo’lidan boriladi.
Milliy iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiyot va hokimiyat institutlarining milliy
manfaatlarni kafolatli himoyalanganligi, mamlakat rivojlanishining ijtimoiy
yo’naltirilganligi, yetarli iqtisodiy va mudofaa salohiyatining ta’minlangandagi
holatini ifodalaydi.
Korxona (firma)ning iqtisodiy xavfsizligi – ma’muriyat va personal tomonidan
amalga oshiriladigan huquqiy, tashkiliy- iqtisodiy va injener-texnik chora-tadbirlar
tizimi tufayli vujudga keltirilgan hayotiy muhim iqtisodiy manfaatlarning ichki va
tashqi xavf-xatarlardan himoyalanganlik holatidir