Mavzu yuzasidan topshiriqlar va javoblari “Iq



Yüklə 217,96 Kb.
səhifə4/7
tarix01.10.2023
ölçüsü217,96 Kb.
#151362
1   2   3   4   5   6   7
1.Mavzu yuzasidan topshiriqlar

11. Iqtisodiy xavfsizlikning asosiy ko`rsatkichlarini aytib bеring.
Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi ko’rsatkichlari mavjud:

yalpi ichki mahsulot (hududiy yalpi mahsulot); inflyatsiya darajasi; davlat


byudjeti kamomadi; ichki qarz darajasi; tashqi qarz darajasi; ishsizlik darajasi;
turmush darajasi va sifati; oltin valyuta zahiralari;
xufiyona iqtisodiyot faoliyati; ekologik holat.
YUqoridagi ko’rsatkichlardan tashqari yana bir qator ko’rsatkichlar ham
mavjud. Masalan, aholi daromadlari, chakana narxlar miqdori, uy-joy bilan
ta’minlanganlik, hududning mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, hududning
to’lov balansi, eksport-import saldosi va boshqalar.
YUqorida ta’kidlanganidek, ko’rsatkichlarning barcha majmuasi qabul qilingan
chegaralar doirasida bo’lgan va bir chegaraviy ko’rsatkich boshqa bir chegaraviy
ko’rsatkichning yomonlashuvi hisobiga yaxshilanmagan taqdirdagina xavfsizlikning
eng yuqori darajasiga erishiladi.
Xavfsizlik ko’rsatkichlari bilan ularning tahlikali chegara miqdorlari
o’rtasidagi bog’liqlik dinamikada o’rganilishi zarur.
Adabiyotlarda iqtisodiy xavfsizlikning tahlikali chegarasiga oid indikatorlar 50
ko’rsatkichni o’z ichiga olgan bo’lib, ular to’rt guruhga ajratilib turkumlangan:
– iqtisodiyotning barqaror rivojlanishga qodirligini ifodalovchi ko’rsatkichlar;
– moliyaviy tizim barqarorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar;
– ijtimoiy soha ko’rsatkichlari;
– tashqi savdo va iqtisodiy faoliyat ko’rsatkichlari14.
Birinchi guruh ko’rsatkichlariga yalpi ichki mahsulot hajmi, sanoat ishlab
chiqarishi hajmi va uning tarkibi, mashinasozlik mahsulotlari hajmida yangi turdagi
mahsulotlar ulushi, mudofaa va fan uchun harajatlar ulushi kabi ko’rsatkichlar kiradi.
Ikkinchi guruh ko’rsatkichlariga esa davlat byudjeti kamomadi, davlat qarzi,
pul muomalasi, o’zaro hisob-kitob va boshqa moliyaviy ko’rsatkichlar kiradi.
Uchinchi guruh aholi daromadlari darajasi, aholining mulkiy jihatdan
tabaqalanishi, ishsizlik kabilarni o’z ichiga oladi.
To’rtinchi guruh ko’rsatkichlariga esa mamlakat ichki iste’molida importning
ulushi va milliy ishlab chiqarish hajmida eksportning ulushi kabi indikatorlar kiradi.

Yüklə 217,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin