Mavzu yuzasidan topshiriqlar va javoblari “Iq



Yüklə 217,96 Kb.
səhifə2/7
tarix01.10.2023
ölçüsü217,96 Kb.
#151362
1   2   3   4   5   6   7
1.Mavzu yuzasidan topshiriqlar

4.“Iqtisodiy xavfsizlik prеdmеti va ob`yеkti nimalardan iborat?
Iqtisodiy xavfsizlik o’zining ob’ekt va sub’ektlariga ega bo’lib, uning ob’ekti
deganda mamlakatning iqtisodiy tizimi hamda uni tashkil etuvchi elementlari
tushuniladi.
Iqtisodiy xavfsizlik obektlariga quyidagilar kiradi:
- tabiiy boyliklar;
- inson resurslari, mehnatga layoqatli aholi;
- ishlab chiqarish fondlari;
- ko’chmas mulk;
- moliyaviy resurslar;
- xo’jalik tizimlari;
- mintaqalar;
- oila;
- inson.
5. O`zbеkistonning dunyo hamjamiyatiga, global iqtisodiy makonning bir qismiga aylayotganligi nimalarda namoyon bo`lmoqda?
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va O’zbekistonning integratsiyalashgan
global iqtisodiy makonning, global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy
qismiga aylanganligi sharoitida mamlakat milliy xavfsizligining muhim elementi
bo’lgan iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy xavfsizlik
esa eng avvalo mamlakatning milliy manfaatlarini himoyalanganligini aks ettiradi.
6. Iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlashda davlat qanday o`rin tutadi?

SHundan kelib chiqiladigan bo’lsa, iqtisodiy xavfsizlik – bu eng avvalo


mamlakatning milliy manfaatlarini himoyalanganligidir.
Har qanday fanning predmeti va ob’yekti mavjud bo’lganidek “Iqtisodiy
xavfsizlik” fanining ham o’z ob’yekti va predmeti mavjud.
Bir tomondan iqtisodiy tizimning ob’yektiv himoyalanish hususiyatlari, unga
xavf soladigan kuch va omillarga qarshi turish mexanizmini, ikkinchi tomondan,
davlatning himoyachi sifatidagi funksiyalari, shu maqsadda tashkil etiladigan
institutlarni o’rganish ushbu fanning predmeti bo’lib hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyot va unda amalga oshadigan jarayonlar “Iqtisodiy xavfsizlik”
fanining ob’yektini tashkil etadi.
Davlat, jamiyat va shaxsning muhim hayotiy manfaatlaridan kelib chiqqan
holda mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash borasida nazariy va amaliy bilimlar
berish fanning maqsadi bo’lib hisoblanadi.
7. Iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash omillari to`g`risida gapirib bеring.
Amerikalik mutaxassislarning fikriga ko’ra, iqtisodiy xavfsizlik ta’minlanishi
uchun kamida ikkita shart bajarilishi kerak:
birinchisi, mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini, xo’jalikning taraqqiy
etishiga tegishli bo’lgan qarorlarni o’z manfaatlaridan kelib chiqib qabul qilish
qobiliyatini saqlab qolish;
– ikkinchisi, aholining erishilgan turmush darajasini saqlab qolish va uni
yanada yuksaltirish imkoniyatlarining mavjud bo’lishi.

Yüklə 217,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin