12. Iqtisodiyxavfsizlikningchеgara ko`rsatkichlaridеgandanimanitushunasiz? CHegara ko’rsatkichlari – iqtisodiyot sohasidagi milliy manfaatlarning miqdor
jihatdan ifodalanishidir. Mazkur ko’rsatkichlar tizimli tahlil, prognoz va ijtimoiyiqtisodiy
rejalashtirishning muhim vositasi bo’lib hisoblanadi.
13.Iqtisodiyxavfsizlikningchеgarako`rsatkichlarinеchtaguruhgabo`lib o`rganiladi? Adabiyotlarda iqtisodiy xavfsizlikning chegaraviy miqdorlari uchta guruhga
ajratib ko’rsatiladi:17
birinchi guruhga ishlab chiqarish sohasi, uning tashqi dunyoga minimal
darajada bog’liqlik sharoitida faoliyat yuritish qobiliyatini kiritadilar. Ushbu guruhga
quyidagi chegaraviy miqdorlar kiritilgan:
– YAIM umumiy hajmi – “katta yettilik” bo’yicha o’rtacha indikatorning 75
foiz miqdorida;
– aholi jon boshiga YAIM hajmi – “katta yettilik” bo’yicha o’rtacha
indikatorning 50 foiz miqdorida;
– dunyo bo’yicha o’rtacha indikatorning 100 foiz miqdorida;
– sanoat mahsuloti ishlab chiqarishi umumiy hajmida qayta ishlash sanoati
ulushi – 70 foiz;
– YAIMda investitsiyalar ulushi – 25 foiz;
– sanoat ishlab chiqarishida mashinasozlik ulushi – 20 foiz;
– aholining ichki iste’molida import ulushi – 30 foiz, shu jumladan oziq-ovqat
mahsulotlari – 25 foiz;
– mahsulot ishlab chiqarishning umumiy hajmida yangi mahsulotlar ulushi – 6
foiz.
Ikkinchi guruh ko’rsatkichlari tarkibiga aholi turmush darajasi va sifati bilan
bog’liq chegaraviy miqdorlar kiritilgan:
– aholining umumiy sonida yashash minimumidan past daromadga ega
bo’lgan fuqarolar ulushi - 7 foiz;
– umr ko’rish uzunligi – 70 yosh;
– boy va kambag’allar daromadlari o’rtasidagi tafovut – 8 marta;
– ishsizlik darajasi – 7 foiz.
Uchinchi guruh ko’rsatkichlari moliyaviy holat bilan bog’liq bo’lib, ular
quyidagilardan iborat:
– YAIMga nisbatan ichki qarz miqdori – 30 foiz;
– YAIMga nisbatan tashqi qarz miqdori – 25 foiz;
– YAIMga nisbatan byudjet defitsiti – 5 foizgacha;
– naqd xorijiy valyuta hajmining naqd milliy valyuta hajmiga nisbati 25 foiz;
– YAIMga nisbatan pul massasi (M2) – 50 foiz.