2.3. Maktabda “Vatanni ostonadan boshlanadi” mavzusida tarbiyaviy tadbir o’tkazishning senariysi.
Ertangi kuning egalari bo`lgan yoshlarni vatanparvarlik, milliy o`urur va iftixor ruhida tarbiyalash eng dolzarb masaladir. Chunki vatan kelajagani yoshlarsiz tasawur qilib bo`lmaydi. Shuning uchun kelajak avlodni har tomonlama yetuk, barkamol insonlar qilib tarbiyalash ishi Prezidentimiz va davlatimiz rahbariyatining olib borayotgan ishlarida eng muhim vazifa bo`lib turibdi.
Yosh avlodni O’zbekistonimiz tarixi, uning boy madaniy me'rosi, respublikamiz ramzlariga sadoqat ruhida tarbiyalash, shunday Vatanda yashashdan faxrlanish tuyg’uni shakllantirish bizning sharafli burchimizdir. Buning uchun har bir darsda vatanparvarlik tuyg`usini shakllantirishga yordam beruvchi omillardan mohirona foydalanish, shaxsni o`zligini anglashga, xalq baxt-saodati uchun kurashuvchi qilib tarbiyalash, ularni halol mehnatga o`rgatish darkor.
“Vatan ostonadan boshlanadi” " mavzusidagi ertalikning maqsadi ham, ahamiyati ham Vatan tuyg’uning muqaddasligini aniqlashga yo`naltirilgan. Ertalikni o`tkazish uchun maktab sahnasi chiroyli qilib bezatiladi. O’zbekistonning davlat bayrog’i, gerbi sahna to`riga qo`yiladi. Sahnadan O’zbekistonimiz go`zal tabiati aks ettirilgan rasmlar, yetishtirilgan noz-ne'matlar o`rin oladi.
Ertaliko'qituvchiningkirishso'zibilanochiladi.
Ona vatanimiz - hur O’zbekiston!
Istiqlol tufayli Ochadi jamol.
Insonlar dili O`urur va iymon,
Mehr-Oqibatda topmoqda kamol.
Sahnaga o 'zga sayyoraliklarning fazoviy kemasi chiroqlarini o 'chirib-yondirib keladi va to 'xtaydi.
Undan ovoz eshitiladi:
- Men - Mars! Men - Mars! Meni eshitayapsizmi? Kemaning quvvat olish qismi ishlamay qoldi. Men bir notanish sayyoraga qo`nishga majburman.
Kemadan ikki kishi tushib keladi. Ular sahnadagi narsalarni, davradagi odamlarni ko 'rib, hayron bo 'ladilar.
Bu qaysi sayyora?
Olamning qaysi nuqtasi? Nomi nedir?
Unda kimlar yashaydi?
2-mehmon: Bunchalar go’zal bo’ston, Jon olar guliston,
Bu qanday sayyoradir?
Undan ko’zlar qamashar.
Ikkala mehmon: Atrofni qarang,
Misoli jannat.
Yam-yashil bog’lar
Qo’zg’atar hayrat.
O 'quvchi: Bu sayyora, Ona yerdir,
Yer va inson do`stlashgan.
Jannat kabi go`zal bu yurt
Nomin aytar, sen eshit,
O`quvchilar jonli harflar bilan "O’zbekiston" so`zini hosil qilishga kirishadilar:
O`-o`zligimni topdi o`zbek sunbularning kunida,
Z- Zamon silsilasi qaytaraolmas maqsaddan.
B - Baht-saodat kelar albat, ahil bo`lsak, bizlarga,
E - Ezgu tilak, insoniylik burchimiz.
K - Kamolot, uluo`lik tomon intilar xalqim,
I - Insonlar orzusi yetuklik, axir.
S - Sabr-toqat, iymon bo`lsa-da yo`ldosh,
T - Tinch o`tar inson umri, baxt unga doim yuldosh.
O - Orzu-niyatlarimiz: tinch bo`lsin butun jahon,
N - Nomi jahonda jaranglar ona yurt - O’zbekiston!!!
2-mehmon: Ofarin, ofarin! Doimo bo`lsin omon, Yurtingiz va xalqingiz doimo bo`lsin omon.
Mehmon: Bu ne shodiyona, qanday tantan,
Nega bunda barcha odam jamuljam?
O 'quvchi: Yurtimizda bayramlar ko`p, to`ylar ko`p,
Bao`rikenglik, mehmondo`stlik bizga xos, Mustaqil O’zbekiston
madhini kuylash Dilimizga nur, qalbimizga zur quvonch.
Dostları ilə paylaş: |