Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil


 Makroiqtisodiy tahlilda axborot texnologiyalardan



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/105
tarix15.10.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#155981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Makroiqtisodiy tahlil

 
1.4. Makroiqtisodiy tahlilda axborot texnologiyalardan 
foydalanish yo‘nalishlari 
Hozirgi axborot texnologiyalari rivojlangan sharoitda makroiqtisodiy 
tahlil va prognozlashda kompyuter texnologiyalardan keng foydalaniladi. 
Hozirgi kunda texnika rivojlanishi natijasida, ko‘plab murakkab va 
ko‘plab insonlar mehnatini qiluvchi jarayonlarni birgina dastur orqali 
amalga oshirish imkoni mavjud bo‘lmoqda. Odatda, iqisodiy tahlil va 
prognozlashda matematik amaliy paketlardan foydalanib, bular 
quyidagilar: MS Excel, Stata, EViews, Statistics va boshqalar.
Amaliyotda MS Excel, Stata va Eviews dasturiy paketlardan keng 
foydalaniladi. MS Excel oqali malumotlarni yig‘ish, ularni qayta ishlash 
va statistik baholashda foydalaniladi. Ma’lumotlarni statistik baholash, 
tahlil qilish va ko‘rsatgichlarni o‘zaro bog‘liqligini baholashda Stata 
dasturiy paketidan foydalaniladi. Bir qancha kuzatuv vaqt ma’lumotlari 
asosida iqtisodiy jarayonlarni ekonometrik baholash va prognoz qilishda 
Eviews dasturiy paketdan foydalanish qulay bo‘lib hisoblanadi. Ushbu 
jarayonni amalga oshirish uchun quyidagi bosqichlarni bajarish lozim: 
-
MS Excelda mavjud ma’lumotlarni yangi MS Excelga ko‘chirib 
ushbu faylni “сохранить как” buyrug‘i yordamida MS Excel 5. 0/95 
shaklida saqlashimiz kerak; 
-
Kompyuterda o‘rnatilgan Eviews dasturini ishga tushirib quyidagi 
jarayonni amalga oshirish kerak: “File” → “New” → “Workfile”, so‘ngra 
sizda ma’lumotlar yillik, yarim yillik, choraklik, oylik, haftalik haqidagi 
buyriqni tanlashiz kerak bo‘ladi, keyin ma’lumotlarning boshlanish 
muddati va tugash muddati haqidagi ma’lumotni kiritasiz “enter” 
tugmasini bosgandan so‘ng, yangi ish sahifasi ochiladi; 
-
Mavjud ma’lumotlarni Eviews dasturiga ko‘chirish uchun quyidagi 
jarayonni amalga oshirish kerak: “File” → “Import” → “Read Text-
Lotus-Excel” va Excel 5. 0/95 shaklida saqlangan faylni tanlab 
“открыть” burug‘i beriladi. So‘ngra har bir ko‘rsatgich nomi yozilib “ok” 
buyrug‘i beriladi (eslatib o‘tamiz, Excelda saqlangan ma’lumotlarda 
vergul o‘rniga nuqta ishlatiladi, ko‘rsatgichlarning nomi lotin alifbosida 
yoziladi).
-
Ko‘rsatgichlarni o‘zgarish tendensiyalari asosida holat qaysi 
funksiya qonuniyatiga tegishligi aniqlanib, funksiyaning parametrlari 



quyidagi buyruqlar orqali topiladi: “Quick” → “Equition Estimation”. 
Olingan natijalar asosida jarayon prognozlashtiriladi.

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin