II. Asosiy bosqich
(55 daqiqa)
|
2.1. Suhbat shaklida talabalar bilimlarini faollashtiradi. Bunda ularga quyidagi savollarni beradi:
Oligofren bolalar deb qanday bolalarni aytamiz?
Oligofreniyaning kelib chiqish sabablari nimada?
Oligofreniyaning darajalarini aytib uting?
Aqlan zaif , oligofren bolalar qaerda talim-tarbiya olishlari kerak?
Bilimlarni faollashtirish jarayonida talabalarning o‘quv muammosi yechimini topish faoliyatini faollashtirishga yordam beradigan ma’lumotlar ko‘lami darajasini aniqlaydi.
2.2. Hozirgi zamon aqlan zaif va intellektual rivojlanishi orqada qolishiga sabablar, bir nechta yondashuvlar (variantlar) taklif qiladi.
Muammoni ishlab chiqadi vatalabalarni muammoga kiritadi.
2.3.Muammoning yechimini topish faoliyatini tashkil qiladi. Talabalar bilan birgalikda taklif qilingan muammo yechimlarini muhokama va tahlil qiladi. Yuzaga kelgan qiyinchiliklarni aniqlaydi.
2.4. Muammo yechimini topish usullarini aniqlashni uyushtiradi: birinchi kichik muammoni ishlab chiqadi va muammoli savollarni beradi, hamda o‘tkaziladigan faoliyatning asosiy tamonlarini tushuntiradi.
2.5. Talabalarni kichik guruhlarga bo‘ladi (har bir guruhda 6 tadan ko‘p ishtirokchi bo‘lmasligi kerak) va guruh ishlarini tashkil qiladi.
2.6. Taqdimot boshlanishini e’lon qiladi. Guruhlar faoliyatining natijalarini muhokama qiladi. Talabalar bilan birgalikda javoblar to‘liqligini baholaydi. Agar javob to‘liq bo‘lmasa yoki umuman javob bo‘lmasa qo‘yilgan muammoli savollarga javob beradi.
Munozara yordamida guruhlar tomonidan taklif qilingan kichik muammo yechimlaridan eng sarasini tanlab olish va baholash ishlarini tashkil qiladi. (3-ilova)
2.7. Berilgan kichik muammoning yechimini topishning aniq, strukturaga solingan, ratsional yo‘llarini taklif qiladi. Birinchi oraliq xulosani hosil qilishga undaydi.
2.8. Birinchi kichik muammoning yechimi bo‘yicha oraliq xulosa qiladi.
|
Suhbatga kirishadi.
Savollarga javob berishadi. Berilgan javoblarni o‘zaro to‘ldirishadi.
Eshitadilar. Muammoni yozib oladilar.
Muammoni dab-durustdan yechimini topish mumkin emasligini anglab yetadilar. Yuzaga kelgan qiyinchiliklarni hal etish bo‘yicha fikrlarini bildiradilar.
Guruhlarda ishlaydi. Muammoli savollar bo‘yicha aniq javoblar tayyorlaydilar (6 daqiqa ichida).
Guruhlar ish natijalarini taqdim etadilar, boshqa guruh javoblariga nisbatan fikr bildiradilar, muhokama, munozara, tahlil qiladilar. Kichik muammoning yechimini topishning optimal usullari haqida xulosalar qiladilar.
|