O‘z-o‘zini tekshirish va baholash uchun nazorat savollar va vazifalar:
Yangi mavzu bayoni.
Nutq — murakkab ruhiy faoliyatdir. U ruhiy jarayonlarning tarkib topishiga va bolaning umuman barkamol bo'lib o'sishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Nutq eshituv organlari vositasi bilan idrok etishga asoslangan bo'lib,atrofdagilarga taqlid etish yo'li bilan rivojlanib boradi.Og'zaki nutqning shakllanishida eshituv analizatori, nutqni harakatga keltiruvchi analizator ishtirok etadi. Nutqni harakatga keltiruvchi analizator eshituv analizatori bilan mahkam bog'langan holda ishlaydi, eshituv analizatorining rivojlanish darajasi esa ko'p jihatdan talaffo’zga bog'liq. Bola nutqining o'sib borishi tovushlar talaffo’zi, fiziologik va fonematik eshitishning kamol topib borish darajasi bilangina harakterlanib qolmay, balki eng muhimi — o'z nutqi va atrofdagilar nutqidagi so'zlarning to’zilishini, tovush tarkibini farqlay olish qobiliyati bilan ham harakterlanadi. So'z tarkibini anglab olishdan iborat bu qobiliyat grammatik va leksik komponentlarning rivojlanishida ham muhim ahamiyatga ega.
Ikkala signal sistemasi, shuningdek, idrok bilan so'zning o'zaro aloqada bo'lishi aqliy rivojlanishning asosini tashkil etadi.
Defektologlarning (T.A. Vlasova, R. M. Boskis, D. V. Neyman va boshqalarning) bergan ma'lumotlariga ko'ra, eshitishida nuqsonlari bor bolalarning rivojlanish darajasi shu nuqsonning bola hayotining qaysi davrida paydo bo'lganligiga va og'ir-engilligiga bog'liq. Surdopedagogikada eshitishida nuqsonlari bor bolalar kar-soqov , zaif eshituvchi, keyinchalik zaif eshituvchi bo'lib qolgan bolalar guruhiga bo'lib o'rganiladi.Tug'ma hali tili chiqmagan go'daklik davrida ikkala qo'loqning mutlaqo eshitmasligi kar-soqovlikka olib keladi. Eshitish qobiliyatining qisman bo’zilishi natijasida nutqiy nuqsonga uchragan bolalar zaif eshituvchi bolalar guruhiga kiritiladi. Nutqi rivojlanib, shakllanib olgandan so'ng yaxshi eshitmaydigan bo'lib qolgan bolalar keyinchalik zaif eshituvchi bo'lib qolganlar guruhiga kiradi. Bu nuqson nutq tarkib topganidan so'ng vujudga kelsa ham, quloqdagi nuqson tufayli eshitishda xos kamchiliklar bo'laveradi.
Turg'un eshitish nuqsonlari kelib chiqish sabablariga ko'ra tug'ma va orttirilgan bo'lishi mumkin.
Kar-soqov bolalarning 25—30 foizida eshitish nuqsonlari tug'ma bo'ladi. Bunga sabab: onaning xomiladorlik davrida turli kasalliklar, masalan, gripp bilan kasallinishi, ota-onalarning ichkilik ichib turishi, onaning xomiladorlik davrida bilar-bilmas dori-darmonlarni iste'mol qilishi (ayniqsa streptomisin, xinin, singari dorilarni), xomilaning shikastlanishi; irsiyat, genetik faktorlar (quloq to’zilishidagi patologik o'zgarishlar bo'lishi, masalan, eshitish yo'li atreziyasi — bituvi).
Eshitishdagi orttirilgan nuqsonlar quloq yoki eshitish analizatorining to’zilishidagi kamchiliklardan kelib chiqishi mumkin. Bunga oliy nerv markazi, o'tkazuvchi yo'llar yoki quloqning o'zidagi o'zgarishlar sabab bo'ladi. Bolaning ilk yoshida otit, parotit (tepki), meningit, meningoensefalit, qizamiq, qizilcha, gripp kasalliklari bilan kasallanishi ba'zi hollarda kar-soqovlik yoki turli darajalardagi zaif eshitishga olib kelishi mumkin. Hozirgi kunda ekologiya masalalalarning keng o'rganilishi eshitish nuqsonlarining oldini olishda ham katta ahamiyatga ega. Eshitish analizatoriga turli zaharli kimyoviy dorilar juda kuchli ta'sir etib, ayniqsa analizatorning o'tkazuvchi nevrlarini ishdan chiqaradi, natijada bola yaxshi eshita olmaydigan bo'lib qoladi.
Eshitish nuqsonlariga ega bo'lgan bolalar anomal bolalar kategoriyasiga kiradi, chunki bu nuqson bolaning umuman rivojlanib, kamol topib borishiga, dastur materiallarini o'zlashtirishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Eshtish nuqsonlari bor bolalar maxsus sharoitda, maxsus usullar bilan o'qitilishi va tarbiyalanishi kerak. Eshitish nuqsonlarining engil darajalari ham bolaning har tomonlama rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi, bog'cha va maktab dasturlarining o'zlashtirishda bir qator o'ziga xos qiyinchiliklar kelib chiqishiga sabab bo'ladi.
Kichik yoshdagi bolalarning eshitish qobiliyati nutqi rivojlangandan so'ng, masalan,. ikki yoshida yo'qolganida ham karlik natijasida bola atrofdagilar nutqini eshitmaydi va hattoki bilganlarini ham asta-sekin unutadi, boladagi karlik bilan soqovlik qo'shilib u kar-soqov bo'lib qoladi. Bolaga o'z vaqtida maxsus yordam ko'rsatilmasa, unda aqli zaiflik belgilari ham paydo bo'ladi. Biroq nuqsonning o'rnini to'ldirib, boshkaruvchi jarayonlarni aktivlashtiruvchi maxsus, korreksion rostlaydigan sharoit boladagi nuqsonlarni bartaraf etib, ularning ham nugqiy rivojlanishini, ham umumiy, aqliy rivojlanishini ta'minlaydi.
Zaif eshituvchi bolalar uchun maxsus tashkil etilgan maktabgacha tarbiya muassasasi hamda maktab-internatda barcha zarur shart-sharoitlar mavjud. Maxsus muassasalardagi tarbiyachi va o'qituvchilar bunday bolalarning tegishli ta'lim-tarbiya olishlariga yordam berishlari kerak.
(7-ilova)
Dostları ilə paylaş: |