Maxsus fanlarkafedrasi defektologiya asoslari


O‘quv faoliyati natijalari



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə64/88
tarix25.02.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#85508
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   88
6. texnologik

O‘quv faoliyati natijalari:

  • Nutqida nuqsoni bor bolalarda bir necha nuqson birgalikda kuzatilishiga tarif beradi.

  • Nutq nuqsonlari haqida biladi

  • Nutq nuqsonlarini oldini olish va bartaraf etish yo’llari haqida biladi.

Ta’lim metodlari

Ma’ruza, aqliy hujum, namoyish etish.

Ta’lim vositalari

Ma’ruza matni, slaydlar, har bir talaba uchun ma’ruza matnlari.

Ta’lim shakllari

Frontal, jamoaviy, talabalar bilan ishlash.

O‘qitish shart-sharoiti

Texnik vositalardan foydalanish va talabalar bilan ishlashga mo‘ljallangan auditoriya

Monitoring va baholash

Og‘zaki nazorat, savol-javob, reyting tizimi asosida baholash.


« NUTQ NUQSONLARINING OLDINI OLISH VA BARTARAF ETISH YO’LLARI » mavzusi bo‘yicha ma’ruza mashg‘ulotining texnologik xaritasi



Faoliyat bosqichlari

Faoliyatning mazmuni

O‘qituvchining

talabaning

I. Kirish bosqichi
(5 daqiqa)

1.1.Mavzuning nomi, maqsadi, kutilajak natijalarini e’lon qiladi.
1.2. O‘quv mashg‘ulotining shakli, o‘tkazilish tartibini tushuntiradi va baholash mezonlarini e’lon qiladi (1-ilova).
1.3. Mavzu bo‘yicha ma’ruza matnlarini tarqatadi (har bir talabaga).
1.4. Mavzuning rejasi va asosiy tushunchalarini eshittiradi va qisqacha izoh beradi.

Tinglaydilar.
Mavzu nomini va rejasini yozib ola-
dilar.

II. Asosiy bosqich
(70 daqiqa)

2.1. Aqliy hujum metodi orqali talabalarni faollashtiradi. Berilgan savolga o‘ylab javob berishni taklif qiladi (javoblar 1-2 so‘zdan iborat bo‘lishi kerakligini eslatadi):
- Harakat-tayanch azolari jarohatlangan bolalar deganda nimani tushunasiz?
Bir talabaga javoblarni doskada yozib borishni taklif qiladi. Fikr bildirish to‘xtatiladi va javoblar tahlil qilinadi (15 daqiqa).
2.2. Talabalarni to‘rtta kichik guruhlarga bo‘ladi. Mashg‘ulotning o‘tkazilish tartibini yana eslatadi. O‘quv mashg‘uloti «o‘zi o‘rganib, o‘zgaga o‘rgatish», ya’ni hamkorlikda o‘rganish prinsipi asosida o‘tkazilishini aytadi
2.3. Talabalarga o‘qituvchi tarqatma materiallarini, har bir talabaga tarqatadi va faoliyatlarini tashkil qiladi. (2-ilova).
Talabalar bilan ishni tashkil qiladi. (matnni o‘rganib, muhokama qilishga 15 daqiqa beradi).
2.4. Doira olgan talabalar 1-stol, uchburchak shaklini olganlar 2-stol va turtburchak olganlar 3-stol atrofiga o‘tirishlarini aytadi. Har xil guruhlardan to‘plangan talabalar o‘z savollarini boshqa talabalarga yoritishini tushuntiradi. O‘zaro o‘rgatish jarayoni boshlanadi (15 daqiqa).
Talabalar faoliyatini kuzatadi, ularni yo‘naltiradi, maslahatlar beradi.
2.5. Talabalarni uzlarini dastlabki joylariga, stol atrofiga kelib o‘tirishlarini aytadi.
2.6. Taqdimot boshlanishini e’lon qiladi. Har bir guruhdan 3 tadan talaba chiqib, faoliyat natijalarini taqdim qilishlarini aytadi. Taqdimot uchun har bir guruhga 8 daqiqadan vaqt ajratadi. Yo‘naltiruvchi, maslahatchi sifatida ishtirok etadi. Javoblarni aniqlashtiradi, to‘ldiradi, izoh beradi va tuzatishlar kiritadi.
2.7. Har bir guruh taqdimoti oxirida o‘qituvchi savollari bo‘yicha xulosalar qiladi.
2.8. Talabalar o‘zaro bir-birlarini baholashlarini eslatadi.

Savolni muhokama qilib, ularga javob beradi.

Talabalar faoliyatni tashkil qiladilar. Matnlarini o‘qib, savollarga javob topadilar. Ma’lumotni muhokama qilib, fikr almashib, sis-temalashtiradilar.


Talabalar belgilangan stol atrofiga o‘tirib, bir-biriga javoblarni tushuntiradilar.

Dastlabki joylariga kelib o‘tiradilar.


Tayyor ma’lumotni taqdim etish uchun chizmali organayzer-lar ishlab chiqadi.
Guruh sardorlari tayyor ma’lumotlarni taqdim etadilar.
Boshqa guruh a’zolarining bergan savollariga javob beradi.
Bir-birlarini baholaydilar.


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin