Funksional harakterdagi buzilishlar.
Markaziy nutq buzilishlariga: markaziy nerv sistemasining u yoki bu qismlarning buzilishi zararlanishi kelib chiqadi.
Pereferik buzulishlar: artikulasion apparatning noto’g’ri tuzilishi yoki buzilishi.
Funksional buzilishlar: nutq jarayonida ishtirk etidigan a’zolar tuzilishida hyech qanday o’zgarishlar bo’lmaydi.
Nutq apparatining tuzilishida, til nuqsonlari, labdagi nuqsonlar, tanglaydagi nuqsonlar, burun bushlig’i va xalqum nuqsonlar, jag’ va tishdagi nuqsonlari uchraydi.
Logopediya fanida tovushlar hosil qilishda qo’yidagi usullaridan foydaniladi:
Taqlid usuli
Mexanik usul (zontlar yordamida)
Aralash usul.
Turli nutq buzilishlarining rivojlanishini oldindan aniqlash katta ahamiyatga ega.Agar nutqsoni bola maktabga kelgan vaqtida ilk bor aniqlansa, u holda uni tuzatish qiyinchiliklari kuzatilib, o’zlashtirishga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Agarda bolaning nutq nuqsoni maktabgacha yoki yasli yoshida aniqlansa tibbiy va pedagogik tuzatish maktabda to’la qonli ta’lim olish imkonini beradi.
Logoped bolalarning o’z kuchiga ishontirishi, mashg’ulotlarga xavasini uyg’ota bilishi, diqqatini jalb qila olish, esda saqlab qolish yo’llarini qo’llashi lozim.Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar Tibbiy Pedagogik komissiyada logopedik tekshirishdan o’tkazilib maxsus muassasalarga yuboriladi.Maktabgacha ta’lim muassasalarida, maktab, maktab - internatlarda logopedik sinflar mavjud.Respublikamizning barcha viloyatlarida bolalar poliklinakalari qoshida logopedik punktlar mavjud bo’lib, nutq kamchiliklarini oldini olish, tuzatish ishlarini olib bormoqda.
5-ilova Pinbord (inglizchadan: pin-mahkamlash, board –yozuv taxtasi)munozara usullari yoki o’quv suhbatini amaliy usul bilan moslashdan iborat.
Ta’lim beruvchi: → Taklif etilgan muammoni yechishga o’z nuqtainazarini bayon qiladi.
→ Ommaviy to’g’ri aqliy hujumni tashkillashtiradi.
Ta’lim oluvchilar quyidagi g’oyalarni: → Taklif etadilar, muhokama qiladilar, baholaydilar eng ko’p maqbul (samarali va boshqa g’oyalarni tanlaydilar va ualarni qog’oz varagiga asosiy so’zlar ko’rinishida (2 so’zdanko’p bo’lmag) yozadilar va yozuv taxtasiga biriktiradilar.
→ Guruh a’zolari ( ta’lim beruvchu tomonidan belgilangan 2-3 talaba yozuv taxtasiga chiqadilar va boshqalar bilan maslahatlashib aniq xato yoki qaytariluvchi g’oyalarni saralaydilar;
tortishuvlarni aniqlaydilar;
g’oyalarni tizimlashtirish mumkin bo’lgan belgilar bo’yicha aniqlaydilar;
shu belgilar bo’yicha hamma g’oyalarni yozuv taxtasida guruhlaydilar (kartochka/varaqlar).
Ta’lim beruvchi: →Umumlashtiradi va ish natijalarini baholaydi. (7-ilova)