2-jadval. Qora mollarning oriq semizligiga ko’ra go’sht va yog’ chiqimi
(tirik vazniga ko’ra foiz hisobida)
№
|
Mollarning semizligi
|
Go’sht (to’shi)
|
Yog’
|
1
|
Yuqori semizlikda bo’lganda
|
47,0-50,3
|
3,3-6,4
|
2
|
O’rta semizlikda bo’lganda
|
44,2-48,4
|
2,3-4,4
|
3
|
O’rtadan past semizlikda bo’lganda
|
40,9-45,2
|
1,3-2,2
|
4
| Oriq bo’lganda |
37,2-41,0
|
0,5-0,8
|
|
1-kategoriyadagi novvoslar
|
50,0
|
2,3
|
|
2-kategoriyadagi novvoslar
|
48,0
|
0,8
|
|
1 va 2 kategoriyadagi buzoqlar
|
52,3
|
0,68
|
|
Oriq bo’lgan buzoqlar
|
42,0
|
-
|
Barcha zonalar bo’yicha yagona holda qo’shimcha mahsulotlar chiqimi ham ishlab chiqilgan. SHunga ko’ra: 1-kategoriyadagi qo’shimcha mahsulotlar chiqimi 3,42%; 2-kategoriyadagi 7,18% teri chiqimi o’rtacha 7% atrofida. Bunda mollarning yoshi, jinsi va vazniga ko’ra bu ko’rsatkich 5,9%dan 10%gacha bo’lishi aniqlangan.
Go’sht kombinatlarida va qushxonalarida so’yilgan mollarning go’shti sifatiga ko’ra bahonaladi va savdo tashkilotlariga jo’natiladi. Bunda barcha tur mol go’shti GOST 779-55 yarim va chorak nimtali mol go’shti, hamda GOST 16867-71 yarim nimtali buzoq go’shti asosida baholanadi.
Go’shtning semizlik darajasi (kategoriyasi)ga ko’ra shakl formada muhr bosish qabul qilingan. Bu muhrda viloyat nomi, korxona nomeri va «veterinariya ko’rigidan o’tgan» so’zi ifodalangan bo’ladi. Muhrning diametri 40 mm bo’lib u asosan 1 darajadagi mol go’shti va sutdan chiqarilmagan buzoq go’shtiga bosiladi. 2 darajadagi mol go’shtiga va buzoq go’shtiga har tomoni 40 mm bo’lgan to’rt burchak muhr bosiladi. Agar mol go’shti va buzoq go’shti nihoyatda oriq bo’lsa u holda har bir tomoni 45-50 mm kattalikda bo’lgan kattalikda bo’lgan uch burchak muhr bosiladi. SHu asosda mahsulot sotish korxonalarga chiqariladi.
KOLBASA VA KOLBASA MAHSULOTLARI UCHUN XOM ASHYO MATERIALLAR. TUZLOVCHI MATERIALLAR, TEXNOLOGIK CHIZMALAR
Kolbasa tayyorlash birmuncha murrakab bo’lgani holda, u asosan pishgan, pishirib dudlangan, xom dudlangan guruhlardan iborat bo’ladi. Kolbasa uchun hayvonning yumshoq va yarim yumshoq go’shtidan foydalaniladi. Turli qattiqlikdagi go’shtlar maydalaniladi va qiyma holiga keltiriladi. Unga yog’, un va har xil ziravorlar qo’shiladi.
Dostları ilə paylaş: |