Maxsus materialshunoslik, tikuvchilik jihozlari fanining maqsad va vazifalari. (2-soat) Reja


Ip va tolalar xossalari o‘rtasidagi bog‘lanish



Yüklə 343,43 Kb.
səhifə20/60
tarix02.12.2023
ölçüsü343,43 Kb.
#171306
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60
Maxsus materialshunoslik, tikuvchilik jihozlari fanining maqsad -fayllar.org

Ip va tolalar xossalari o‘rtasidagi bog‘lanish
Yigirish jarayoni mahsuli hisoblangan ip ishlatilishiga, qo‘llanilayotgan xom-ashyo turiga va yigirish usullariga qarab bir-biridan farqlanadi. Ipning pishitilishi va iste’molchi buyurtmasiga qarab xom ashyo tanlanadi. Shuningdek iste’molchi talablari asosida ipning sifati baholanadi. Iste’molchi talabini qondirish maqsadida turli yondoshuvdagi, qamrovdagi ishlar qo‘shimcha bajariladi. Ip xossalari xom ashyo xossalaridan tashqari, texnologik uskunalar ishining muqobillashganiga ham bog‘liqdir. Shuni ta’kidlash lozimki, turli yigirish usulida bir xil xom ashyodan turlicha xossalarga ega bo‘lgan ip olinishi mumkin. Ip iste’molchining talabiga qarab u yoki bu usulda turli sharoitlarda turlicha xom-ashyolardan yigirilishi mumkin. Iste’molchi buyurtmasiga mos ravishda sifatni boshqarish, haridorgir, raqobatbardosh, mahsulot garovidir. Shuning uchun 28 ilgaridan rivojlangan mamlakatlarda ipning xossalarini oldindan prognoz qilish keng qo‘llaniladi. Rivojlangan mamlakatlarda ipning tashqi ko‘rinishi asosiy sifat ko‘rsatkichi bo‘lib. unga katta e’tibor beriladi. Shuning uchun ham qo‘shma korxonalarda xorijiy mutaxassislar ham ipning sifatini uning tashqi ko‘rinishiga qarab belgilamoqdalar, chunki jahon standartiga nepslar miqdori kiritilgan . Yigirish texnikasi va texnologiyasining rivojlanishi ipning tashqi ko‘rinishiga ham tez va xolisona baho berishni taqoza etishi bilan instrumental usullar paydo bo‘lgan. Ipning keyingi sifat ko‘rsatkichlaridan biri uning cho‘zilishga pishiqligidir.
Bu ko‘rsatkich barcha me’yoriy hujjatlarda keltirilgan bo‘lib, ipning yo‘g‘onligi, ko‘ndalang kesimidagi tolalar miqdori, tolalariing yo‘g‘on va ingichkaligi, uzunliligi, tolalarning uzunligi bo‘yicha tekisliligiga, pishitilganlikka va uskunalarning texnik holati va yigirish tezligiga bog‘liq ko‘rsatkichdir. Bularni inobatga olib ko‘p olimlar ipning pishqligini hisoblab aniqlash bo‘yicha izlanishlar olib borganlar. Natijada tolalarning turiga qarab empirik formulalar tavsiya etilgan. Bu usul hisoblash usuli deyilib ipning uzish kuchi tegishli formulalarda hisoblab aniqlanadi.
Ipning sifat ko‘rsatkichlari asosan tola sifat ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi. Paxta tolasidan yigiriladigan ip uchun A.N.Solovev, viskoza ipi uchun V.A.Usenko, zig‘ir, lyon ipi uchun V.G.Komarov, jun ipi uchun A.A.Sinitsinlar ishlab chiqqan hisoblash formulalari hozirgi kungacha amalda qo‘llanilmoqda. Mazkur formulalar yaratilgan vaqtda yigirishning faqat halqali usuli mavjud bo‘lganligi bois halqali ipda sinalgan va unga tavsiya etilgan. Keyingi paytlarda yigirish usullari yangilarining yaratilishi va joriy etilishi natijasida strukturasi turlicha bo‘lgan iplar sanoatda paydo bo‘ldi.
Mavjud hisoblash formulalarini yangi usuldagi iplarga qo‘llash natijasi shuni ko‘rsatadiki, pishiqlikni hisoblash formulalari faqat halqali ip uchun aniq bo‘lib, qolganlari uchun to‘g‘ri kelmaydi. Buning boisi yigirish jarayoni va ip strukturasi hususiyatlari formulalarda inobatga 29 olinmagan. Formulalarni qo‘llash maqsadida turli tuzatma koeffitsiyentlari ham tavsiya etilib ko‘rilgan. To‘g‘ri natija berolmaganligi uchup ular o‘z o‘rnini topmadi. O‘z vaqtida hisoblash formulalari nazariy va amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘lib, shu kungacha ta’kidlanganidek qo‘llanilib kelinmoqda. Mazkur formulalar eski meyoriy ko‘rsatkichlarga asoslangan. HVI tizimida tolaning asosiy ko‘rsatkichlari topilsa, ularni qo‘llashdan oldin kattaliklarni boshqa tizimga o‘tkazish lozim. Bu borada CSP ko‘rsatkichidan foydalanish taklif etilgan. Hindistonning SITRA ilmiy markazi tomonidan mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha ma’lumotnomalar yozilgan. Buning ustiga pishiqlikdan tashqari ipning notekisligi va tola ko‘rsatkichlari orasida bog‘lanish jadvallari berilgan. Yu.K. Barxotkin ip pishiqligini belgilovchi omillarga tadqiqotchilar turlicha yondoshganligini ta’kidlab, umumlashgan ko‘p omillarni hisobga oluvchi formula taklif qilgan. Uni prof. A.N.Solovev formulasidan farqi shundaki, ip strukturasining zichlanish koeffitsiyenti, tolalarning ip ko‘ndalang kesimida tarangligi bir xilligi koeffitsiyenti yangidan kiritilgan. Bitta tolaning pishiqligi, tola va ipning nomerlari, ipning pishitishiidan kirishishi, hamda ipning chiziqiy zichligi bo‘yicha ravonligi (bir xilligi) koeffitsiyentlaridan foydalanilgan.
Yangi taklifdagi koeffitsiyentlarni aniqlash formulalari berilgan. Ishda uskunaning holati, yigirish tezligi kabi omillar, shuningdek, yigirish usuli hususiyatlari inobatga olinmagan. Shunga qaramasdan undan amalda foydalansa bo‘ladi. Prof. Щerbakov bu usul asosssiz deb tanqid qiladi Ipning sifat ko‘rsatkichlari turli davlatlar me’yoriy hujjatlarida turlicha keltiriladi. Masalan, OStda bir xil ko‘rsatkichlar, Uster xalqaro me’yoriy hujjatida asosan notekislik va pishiqlik ko‘rsatkichlar, SITRA (Hindiston) me’yoriy hujjatlari da kamroq ko‘rsatkichlar keltiriladi.
Ularning bir-biridan asosiy farqi ustivor ko‘rsatkichlarning har xilligidadir. OST da uzish kuchi va u bo‘yicha notekislik ustivor ko‘rsatkich bo‘lsa, Uster va boshqa horijiy davlatlar me’yoriy hujjatlarida ipning notekislik kursatkichi, nepslar yo‘g‘on va ingichka 30 joylar miqdorlari hamda ustivor ko‘rsatkichlar deb qabul qilingan. Ipning notekisligi uning strukturasi bilan bog‘liq asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, MDH da chiziqiy zichligi bo‘yicha va uzish kuchi bo‘yicha notekislik e’tiborga olinadi. Buning uchun maxsus asboblar matovilo, dinamometr (uzuvchi mashina) lardan foydalaniladi. Matovilada uzunligi 100, 50, 25 metrlik pasmalar (kalava) o‘ralib vazni kvadrantlarda aniqlanadi va chiziqiy zichliklari topiladi. Pishiqligi esa dinamometrlarda bevosita uzuvchi kuch qiymati va uzilishdagi cho‘zilish kattaligi o‘lchanadi.
Natijalar me’yoriy hujjatlarda belgilangan kattaliklar bilan solishtirilib ipning sifati baholanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, kichik namunalar (tajribaviy) usulida ishlaydigan va ipning sifat ko‘rsatkichlarini belgilaydigana asboblar o‘ta xilma-xil va turlicha jihozlangandir. Ularning zamonaviylari kattaliklarni, hisobkitob ishlarini bajarib yakuniy natijalarni ko‘rsatuvchi kompyuter qurilmalari bilan jihozlangan. Statimat guruhidagi dinamometrlarda nafaqat ipning mexanik xossalaridan yarimsiklik xarakteristikalari (uzish kuchi), balki birsiklik xarakteristika ko‘rsatkichlari—deformatsiyaning tarkibiy qismlari ham aniqlanishi mumkin.
Bundan tashqari mazkur sinfdagi dinamometrlarda ipning kerakli cho‘zilishdagi zo‘riqishini belgilovchi kuchlanish va qayishqoqlik moduli qiymatlari ham tayyor holda olinadi. Hindistonning Premier sinov uskunasi notekislik tavsifini beradi. Shuning uchun mazkur usul amaliyotda keng tarqalib, O‘zbekistonning deyarli barcha qo‘shma va yangi korxonalarida qo‘llanilmoqda.


Yüklə 343,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin