To‘qimachilik iplari va tolalarining haqida ma’lumot bering.
Ip va tolalar xossalari o‘rtasidagi bog‘lanish nimada?
Horijiy mamlakatlarning to‘qimachilik korxonalari haqida fikir mulohazalar?
Ip xossalari bilan tola xossalari orasidagi bog‘liqlikni ko’rsaning?
YIGIRISH HAQIDA UMUMIY MA`LUMOTLAR (2-soat)
Reja: 1. Yigirish asosiy usullari,
2. Karda usuli,
3. Tarash usuli,
4. Apparat usuli,
Yigirish haqida umumiy ma'lumotlar Yigirish jarayonida uzunligi cheklangan: tolalarni bir-biriga burab ulashdan hosil bo`ladigan iplar kalava iplar deyiladi.
Tolalar massasidan kalava ip olishda bajariladigan jarayonlar yig’indisi-yigirish deyiladi. Yigirishda ishlatiladigan tolalar-yigiruv tolalar deb ataladi. Ularga jun, paxta, zig’ir, tabiiy ipak chiqindilari, turli shtapel tolalar kiradi.
Yigirish usuli, olinadigan kalava ipning hili, yigiruv tolalarning uzunligi va yo`g’onligiga bog’liq bo`ladi. Paxta va shtapel asosan karda usulida yigiriladi. Bu usulda o`rtacha uzunlikdagi tolalar qayta ishlanadi, natijada bir tekis zich va silliq ingichka kalava ip hosil bo`ladi. Paxta va junning kalta tolalardan apparat usulida yo`g’on, bo`sh, yo`g’onlik jihatdan notekis apparat kalava ipi olinadi.
Yigirishda bajariladigan asosiy operatsiyaalar: tolalarni titish va aralashtirish, tarash, tekislash va cho`zish, qisman yigirish, uzil-kesil yigirish.
Yigiruv fabrikalariga tolalar 170-250 kgli toylar tarzida presslangan holda keltiriladi.
Yuqorida aytib o`tilgan uchala yigirish usulida ham, tolalar titiladi va aralashtiriladi. Shunda presslangan tolalar massasi ayrim bo`laklarga ajraladi va tarkibidagi aralashmalardan o`qsimon tozalanadi. Presslangan tolalar bo`laklari titish va savash mashinilarining metall chiviqlari, qoziqlari yoki ignalarning zarbi ta'sirida bo`sh tolalar massasiga aylanadi.
Titilgan va savalgan tolalarni aralashmalardan butunlay tozalash va bo`laklarni ayrim tolalarga ajratish uchun tolalar taraladi. Karda va apparat yigirish usulida tolalar ingichka o`tkir metall ignalar bilan qoplangan ikki sirt orasidan o`tib taraladi. Karda usulida taralgan yupqa tolalar qatlami voronka orqali o`tib, piltaga aylanadi: pilta, tolalar bog`idan iborat.
Apparat usulida taralgan qatlam tasmali bo`lgich yordamida juda ko`p mayda bo`laklarga ajratiladi va bo`shgina eshilib, pilikka aylantiriladi.
Qayta tarash usulida tolalar taroqli tarash mashinalarining taroqlari bilan qo`shimcha ravishda taraladi, natijada kalta tolalar taroqqa ilinib chiqib, faqat uzun tolalardan iborat pilta hosil bo`ladi. Ajratib olingan kalta tolalar apparat usulida qayta yigiriladi. Bu usulda olingan kalava ip, odatda yo`g`on va notekis bo`ladi.
Pilta mashinalarida bir necha pilta bitta piltaga birlashtirilib, tekislanadi va cho`ziladi. Shunda yo`g’onligi jihatidan bir hil pilta hosil bo`ladi. Pilta mashinalari tezligi oshib boradigan bir nechta valiklar jufti bilan ta'minlangan, pilta shu valiklar orasidan o`tganda asta-sekin ingichkalashadi, tolalari parallellanadi.
Pilik mashinalarida tolalar o`qsimon yigiriladi. Bunda piltani cho`zish, burash yoki eshish yo`li bilan hosil o`ilinadi. Pilik mashinalari orqali o`tayotgan pilik borgan sari ingichkalashadi, tolalari to`g’rilanadi va parallellanadi.
Uzil-kesil yigirish processi yigiruv mashinalarida bajariladi. Bu process pilikni uzil-kesil cho`zish, uni kalava ip qilib burash va kalava ipni o`rash operatsiyaalarini o`z ichiga oladi. Halqali yigiruv mashinalaridan kalava ip pochatkalarda olinadi. Tolalarni quruqlayin va namlab yigirish usullari bor. Paxta tolalari, jun, tabiiy ipak chiqindilari, shtapel tolalar quruq holatda yigiriladi. Zigir tolalari quruqlayin ham, namlab ham yigiriladi. Namlab yigirishda ancha zich va ingichka zigir kalava ip olish uchun pilik issiq suv solingan vannadan o`tkaziladi; issiq suv tolalar tarkibidagi pektin moddalarni yumshatadi. So`ngi yillarda urchuqsiz yigirish usuli taraqqiy etmoqda. Bu usulda aeromexanik va ayniqsa, pnevmomexanik yigiruv mashinalari ishlatiladi.
Pnevmomexanik usulda tolalar yigiruv mashinasiga pilta ko`rinishda beriladi. Bu piltalar havo oqimiga ilashib, alohida-alohida harakatlanadi va voronkaga surilayotganda zichlashadi. Yigiruv kamerasida tolalar buralib ipga aylanadi.
Yigirish jarayoniga kiradigan operatsiyalar soni yigirish usuliga bog’liq. Karda usuli yigirishdagi barcha operatsiyaalarni o`z ichiga oladi.
Apparat usuli eng oddiy usul hisoblanadi, chunki unda pilta va pilikka ishlov berish jarayonlari bo`lmaydi, ular taralgandan so`ng to`g’ridan-to`g’ri yigirilaveradi. Qayta tarash usuli eng murakkab hisoblanadi, chunki tolalarni taroq bilan qo`shimcha tarashga tayyorlash va taroqli mashinalarda tarashga to`g’ri keladi.
Eng uzun va dag’al jun tolalari dag’al qayta tarash usulida yigiriladi. Bunda kalava ip zich va qattiq bo`lib chiqadi. O`rtacha uzunlikdagi mayin jun tolalari mayin qayta tarash usulida yigiriladi. Bunda bir oz tukli mayin jun tolalari mayin qayta tarash usulida yigiriladi. Bunda oz tukli mayin kalava ip hosil bo`ladi. O`rtacha uzunlikdagi dag’al va yarim jun tolalari yarim qayta tarash sistemasida, ya'ni taroqda terish operatsiyasiz yigirilishi mumkin. Natijada yarim taralgan, ko`rinishi taralgan kalava ipga o`xshaydigan kalava ip xosil bo`ladi. Ancha kalta jun tolalari apparat usulida yigiriladi. Bunda tolalarning ingichkaligiga qarab, mayin movutbop kalava ip yoki dag`al movutbop kalava ip olinadi. Apparat yigirish usulida tolalarni butlash va to`g’rilash yo`li bilan tekislash jarayoni yo`qligi tufayli ancha momiq va yo`g’onligi notekis kalava ip hosil bo`ladi.
Junni yigirishda turli tolalarni aralashtirish usuli keng tarqalgan. Apparat yigirish usulida jun aralashmasi tarkibiga, qo`ylardan qirqib olingan jun tolalaridan tashqari, zavodda tayorlangan jun, tikilgan jun, paxta, shtapel tolalari kiradi. Bu tolalar tarashdan oldin aralashtiriladi.
Qayta tarash usulida yigirishda junga sun'iy va sintetik shtapel tolalar qo`shiladi. Ular har hil tolalarning taralgan piltalarini qo`shish yo`li bilan aralashtiriladi.
Shtapel tolalar sof holda ham, tabiiy tolalarga aralashtirilgan holda ham yigiriladi. Shtapel tolalar sof holda, karda usulida yigiriladi. Sof shtapel kalava ip olish uchun 0,4 teks(Н 2500) dan 0,16 teks (Н 60000) gacha bo`lgan viskoza tolalar ishlatiladi. Shtapel tolalarni yigirishning o`ziga hos tomoni shundaki, barcha yigirish bosqichlarida tolalarning elektrlashuvini kamaytirish uchun ular albatta emulsiyalanadi. Tolalarning uzunligi va ingichkaligi jihatidan bir tekis bo`lgani uchun shtapel kalava ip tekis va silliq chiqadi.