Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013


Nutq nuqsoniga ega bolalarning ijtimoiy moslashuvi masalalari



Yüklə 6,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/104
tarix03.12.2023
ölçüsü6,98 Mb.
#172375
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   104
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

Nutq nuqsoniga ega bolalarning ijtimoiy moslashuvi masalalari
Nutq buzilganda, ayniqsa, nutqning to'liq rivojlanmasligi kam- 
chiligida bolalarni maxsus o‘qitmay turib butun til sistemalarining 
shakllanishi juda qiyin va umuman mumkin emas. •
Nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar guruhlarida o‘qitishdan 
maqsad nutqdagi kamchilikni va rivojlanmaslik natijasida kelib 
chiqqan ikkilamchi alomatlarni yo‘qotishdan iborat.
Nutqni tuzatish, bolalarni tarbiyalash va o‘qitish ishlarini 
logoped, psixolog, tarbiyachi, musiqa rahbari bolaning ota-onasi 
bilan uzviy muloqotda amalga oshiradi.
Maxsus maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari quyidagi vazi- 
falarni hal qilishlari lozim:
— maxsus izchil ta’lim va tarbiyaga jalb qilingan bolalarni 
chuqur o‘rganish jarayonida ularga birlamchi diagnoz qo‘yish;
— pedagogik shart-sharoit yaratib berish va tarbiyaga kompleks 
yondashish tufayli bolalarga bir xil imkoniyat yaratish hisobiga 
ularning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash;
— nutqning buzilishi xarakteri va kamchilikning qandayligini 
hisobga olib tuzatish — pedagogik, tarbiya ishlarini izchil amalga 
oshirish, bolalarni maktabda o‘qitishga tayyorlash;
— maktabgacha yoshdagi bolalarning ruhiy-jismoniy imkoniyat­
larini va ruhiy funksiyalarining shakllanishidagi sezgirlik davrlarini 
hisobga olish;
150


— kamchilikning qandayligini, qachon paydo bo‘lganligini, bo­
lalarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib, umumiy rivojlanish 
ishlarini tuzatish, tarbiyalash ishlari bilan uyg‘unlashtirish;
— bolalarning o‘sishini muttasil o‘rganish va maqsadli peda- 
gogik ta ’sir natijasida paydo bo'ladigan yangi ruhiy o‘zgarishlarini 
aniqlash va korreksiyalash;
— har qaysi yosh guruhida ta’limni bir xillashtirish uchun sharoit 
yaratish;
— didaktik qoidalarga rioya qilishda maktab bilan izchil aloqani 
ta ’minlash: har bir navbatdagi yosh bosqichda talablarni kuchaytirib 
yubormaslik;
— maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish va tarbiyalashga 
faollik bilan yondashish, bu esa bolalar faoliyatidagi yetakchi omil- 
lar maromidagi tarbiya-ta’lim va (o‘yinlar, rasmlar va chizmalar 
chizish, mehnat, o‘quv faoliyatining oddiy xillari) tuzatish-tiklash 
ishlarining barcha turlarini o‘tkazishni taqozo qiladi;
— nutqni rivojlantirishga nutq faoliyatining turli xillarini shakl- 
lantiradigan omil deb qarash lozim.
Nutqni tuzatishga qaratilgan ta ’lim-tarbiya ishlarining samara- 
dorligi bolalarning bog'chada bo‘lish vaqtlarini aniq rejalashtirish, 
kun mobaynida oltkaziladigan tadbirlarni to‘g‘ri taqsimlash, mu- 
taxassislarning ishlarini bir-biriga to‘g‘ri muvofiqlashtirish bilan 
belgilanadi.
Bolaning ijtimoiy moslashuvi yuqoridagi ishlarning to‘g‘ri tash­
kil etilishi va samaradorligiga bog‘liq.
8.3. Nutq kamchiligi bo‘Igan bolalarning umumiy 
psixologik tavsifnomasi
Nutq turlari va nuqsonlarining tasnifi (klinik-pedagogik va psi- 
xologik-pedagogik). Nutq ko'plab fanlarning tadqiqot predmeti bo‘lib 
xizmat qiladi va shu fanlar nuqtayi nazaridan murakkab va o‘zaro 
moslashgan fiziologik mexanizm, akustik o‘zgarishlar majmuyi, 
lingvistik konstruksiyalar tizimi, axborotni qabul qilish, saqlash, 
uzatish va ishlab chiqish jarayoni ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi.
Nutq oliy psixik funksiyalar tizimida yetakchi o‘rin egallaydi 
hamda kishilarning yaratuvchanlik faoliyatida til vositasida o‘zaro


muloqotning asosiy shakli boiib xizmat qiladi. L.S.Vigotskiy 
bola nutqining uning atrofidagi katta kishilar ta’siri ostida shakl- 
lanish mexanizmlarini ko'rsatib berdi. Avval kattalar unga nutqiy 
ko‘rsatmalar beradilar («qoshiqni ol», «o'yinchog'ingni menga ber» 
va h.k.), bunga javoban bola nomi aytilgan predmetni ko'zi bilan 
topadi va ko‘rsatmani bajaradi. Bola faqat o'zi nutqni egallaganda- 
gina, o'ziga-o'zi buyruqlar, nutqiy ko‘rsatmalar bera boshlaydi (av­
val ovoz chiqarib, keyin ichida) va o‘z xatti-harakatlarini ularga 
bo'ysundiradi, ya’ni bola va katta odam o‘rtasida taqsimlangan 
funksiya endi shaxsning psixik faoliyatining oliy shakllarini tashkil 
etish usuliga aylanadi. Oliy psixik funksiyalarning rivojlanish qo- 
nuni ham aynan mana shunda.
Nutq kishilar o'rtasida o‘zaro aloqa jarayoni va tafakkur faoliyati­
ning mexanizmi sifatida olib qaralar ekan, psixologlar uning o‘zaro 
uzviy aloqada bo'lgan ikkita funksiyasini ajratib ko‘rsatadilar: aloqa 
(kommunikativ funksiya) va tafakkur (nutqiy tafakkur funksiyasi). 
Kommunikativ nutqda, o'z navbatida, xabar berish va harakatga 
da’vat etish funksiyalari farqlanadi. Nutq u yoki bu predmetlar, 
hodisalar, xatti-harakatlar, sifatlar, belgilar va h.k.ni bildirgani tu- 
fayli, fikrlarni ifodalash vositasi, shakli sifatida xizmat qiladi. De­
mak, bu bilan bog'liq holda u semantik funksiyani bajaradi. Biroq 
nutqning ahamiyati tafakkur jarayonida bu bilan cheklanib qolmay- 
di. Tilni ijtimoiy-belgili tizim sifatida o'zlashtirar ekan, odam til 
bilan uzviy aloqada bo'lgan tafakkurning mantiqiy shakllari va ope- 
ratsiyalarini ham egallab boradi. Nutq atrof voqelikdagi predmetlar 
va hodisalarni analiz va sintez qilish, solishtirish va umumlashtirish 
vositasiga aylanadi. Shunga ko'ra avvalambor ekspressiv va impres- 
siv nutq farqlanadi.
Ekspressiv nutq (eslash) — bu til yordamida o'z fikrini bayon 
qilish maqsadida tashqariga yo'naltirilgan nutq. U bir qancha bos- 
qichlardan o'tadi: g'oya — ichki nutq — tashqi nutq.
Impressiv nutq (idrok qilish) — bu atrofdagilar nutqini idrok qi­
lish, tushunishga asoslangan nutq turi. U og'zaki yoki yozma shakl- 
larga ega. Bir qancha bosqichlardan o'tadi: nutqiy xabarni idrok 
qilish — axborot lahzalarini ajratish — idrok qilingan umumiy 
m a’nodagi sxemada ichki nutqni shakllantirish.
152


\ Nutq turlarining yanada kengroq tasnifi mavjud bo‘lib, unga 
ko‘ra og‘zaki, yozma, ichki, avtonom, egosentrik, daktil, imo-isho- 
rali nutq turlari farqlanadi.
Eshitib idrok etiladigan nutqiy vositalar yordamida amalga oshi- 
riladigan verbal (so‘zli) aloqani og‘zaki nutq deb atash odat tusiga 
kirgan. Uning o‘ziga xos jihati shundaki, nutqiy xabarning alohida 
komponentlari muayyan ketma-ketlikda yuzaga keladi va idrok eti­
ladi. Og'zaki nutq murakkab, ko‘p qirrali jarayon bolib, u tilning 
fonetik, leksik-grammatik tuzilishi va ovozning (intonatsiya, temp, 
ritm va h.k.) o^zaro birlashuvini talab qiladi.
Og'zaki nutqning monologik va dialogik shakllari mavjud bo‘lib, 
dialogik nutq monologik nutqqa nisbatan birlamchidir.
Yozma nutq deb yozma matnlar yordamida amalga oshiriladigan 
verbal (so‘zli) aloqaga aytiladi. U keyinga qoldirilgan (masalan, xat) 
va to‘g‘ridan to‘g‘ri bolishi (dars, majlis paytida o‘zaro almashina- 
digan xatchalar) mumkin. Yozma nutq og‘zakidan faqat grafikadan 
foydalanishi bilangina emas, balki o‘zining grammatik (avvalambor 
sintaktik) va stilistik tuzilishi bilan ham, ya’ni bu nutq uchun xos 
bo‘lgan sintaktik konstruksiyalar, funksional uslublari bilan ham 
farqlanadi. U g‘oyat murakkab kompozitsion tuzilishga ega bolib, 
bu tuzilish maxsus o‘zlashtirib olishni talab qiladiki, bu maktab 
ta’limining asosiy vazifalaridandir.
Ichki nutq deganda til vositalarining har xil turlaridan boshqa 
kishilar bilan bevosita aloqaga kirishmay turib foydalanishga ayti­
ladi. Uning uchta asosiy turini ajratib ko‘rsatish mumkin: a) ichida 
gapirib olish (tashqi nutq tuzilishini saqlasa-da, fonatsiyasiz, ya’ni 
ovoz ishtirokisiz sodir bo‘ladigan nutq); b) asl ichki nutq (tafakkur 
vositasi sifatida xizmat qiladi, o‘ziga xos birliklardan foydalanadi 
va tashqi nutq tuzilishidan farq qiladigan o‘ziga xos tuzilishga ega 
bo‘ladi); d) ichki dasturlash (biron fikr, butun bir matn yoki uning 
qismlarini miyada shakllantirish va mustahkamlash). Ontogenezda 
ichki nutq tashqi nutqni interiorizatsiyalash jarayonida shakllana­
di.
Bolalar nutqi rivojlanishining ilk bosqichlaridan biri bolalarning 
avtonom nutqi deb ataladi. Uni kattalar nutqini egallashga o‘tish 
davri deb atasa boiadi. Shakliga k o la bolalar nutqi kattalarga taqli-


dan ularning nutqini yoki nutq qismlarini buzib talaffuz etish nati- 
jasidir. Uning o‘ziga xos xususiyatlari: 1) so‘z ma’nolarining turg'un 
emasligi, noaniqligi va ko‘p ma’noliligi; 2) o'ziga xos umumlashtirish 
usuli (u predmetlarning obyektiv belgilari va funksiyalariga emas, 
bolaning subyektiv hissiy taassurotlariga asoslanadi. Masalan, bola 
ko‘rayotgan adyol, paxmoq o‘yinchoq, paxmoq kiyim kabi hamma 
yumshoq, tukli narsalar bola tilida bitta solz bilan ataladi); 3) flek- 
siyalar va so‘zlar o'rtasidagi sintaktik munosabatlarning yo‘qligi. 
Bolalarning bunday nutqi uzoq vaqt saqlanib turishi hamda nafaqat 
bola nutqining rivojlanishini, balki aqliy rivojlanishini ham orqaga 
tortishi mumkin. Bunday holatni profilaktika va korreksiya qilish 
uchun bolalar bilan maxsus ish olib boriladi. Shuningdek, bunday 
hollarda kattalardan bolalarga murojaat qilganda, ularning gapiga 
taqlid qilmay, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish talab etiladi.
Egosentrik nutq odamning o‘ziga qaratilgan bo‘lib, uning amaliy 
faoliyatini boshqaradi va nazorat qilib boradi. L.S. Vigotskiyning 
fikricha, u genetik jihatdan tashqi (kommunikativ) nutqqa borib 
taqaladi hamda uning qisman interiorizatsiyasidan yuzaga keladi. 
Egosentrik nutqni tashqi nutqdan ichki nutqqa o‘ziga xos o‘tish 
bosqichi deb hisoblash mumkin.
Daktil yoki imo-ishorali nutq surdopedagogikada kar bolalarni 
nutqqa o‘rgatishda qo‘shimcha nutqiy vosita sifatida, shuningdek, 
karlarning hamda karlar bilan eshitadigan kishilarning o‘zaro alo- 
qaga kirishish vositasi sifatida qo‘llanadi.
Nutq buzilishlari deganda turli kasalliklar oqibatida tarkib top- 
gan nutqning buzilishi (kattalarda) yoki bolalar nutqining normal 
rivojlanishidagi buzilishlar tushuniladi. Nutq faoliyati normal rivoj­
lanishi uchun miyaning barcha qismlari va tuzilmalari saqlangan 
va sog‘ boiishi lozim. Eshitish, ko‘rish va motor analizatorlaridagi 
periferik va markaziy bo‘limlarining shikastlanishi esa nutqning 
u yoki bu buzilishlarini keltirib chiqaradi (A. Mitrinovich-Mod- 
jiyevska; K.P. Bekker, M.Sovak; N.M.Asatiani, L.l.Yuelyakova, 
N. A. Vlasova va b.; L.S. Volkova, R.I.Lalayeva, Y.M. Mastyukova).
Logopediyada nutq normalari va uning buzilishi tushunchasini 
farqlash muhimdir. Nutq normasi deganda, nutq faoliyati jarayoni- 
dagi til ishlatilishining umumiy qabul qilingan variantlari tushuni-
154


ladi. Nutqning normal faoliyati holatida uning psixofiziologik mexa- 
nizmlari saqlangan boiadi. Nutq buzilishlari gapiruvchi shaxsning 
m a’lum til muhitida qabul qilingan, nutq faoliyati normal holda 
ishlayotgan psixofiziologik mexanizmlarining zaiflashuvi bilan 
bog‘liq holda til normalaridan chetlashuvi bilan belgilanadi. Kom- 
munikativ nazariya nuqtayi nazaridan qaraganda, nutq buzilishlari 
bu aloqa vositasining buzilishidir.
Nutq buzilishlarining murakkab strukturasini anglash, ular­
ning birlamchi va ikkilamchi ko‘rinishlarini, keyin esa korreksion 
va terapevtik yordam usullarini aniqlash ishlarini faqatgina nutq 
buzilishlarining tasnifi asosida amalga oshirish mumkin.
Uzoq vaqt davom etgan kuzatishlar va tadqiqotlar asosida hozir- 
da nutq buzilishlarining ikkita asosiy tasnifi ishlab chiqildi: klinik- 
pedagogik va psixologik-pedagogik.
Nutqning klinik-pedagogik tasnifida klinik sindromlar logope- 
dik korreksiyalash yo li bilan tuzatilishi lozim boigan buzilishlar 
bilan o‘zaro aloqada ko‘rib chiqiladi. Bu tasnifda nutq buzilish­
larining quyidagi turlari farqlanadi: dislaliya, rinolaliya, rinofo- 
niya, disfoniya, dizartriya, alaliya, afaziya, disgrafiya va disleksiya, 
duduqlanish.
Dislaliya deb tovushlarning buzilgan talaffuziga aytiladi. Disla- 
liyaning ikki xil turi mavjud: mexanik dislaliya va funksional disla­
liya. Periferik nutq apparatida yuz beradigan anatomik o‘zgarishlar 
natijasida yuzaga keladigan talaffuz kamchiliklari mexanik dislaliya 
deyiladi. Oilada ikki tillilik, somatik holatlar, nutqiy faoliyatning 
noto‘g‘ri yolga qo‘yilganligi natijasida funksional dislaliya vujudga 
keladi. Dislaliya logopedlar tomonidan tovushlar ustida ishlash ja ­
rayonida bartaraf etiladi.
Rinolaliya yoki manqalik — periferik xarakterdagi organik nutq 
kamchiligi; mexanik dislaliyaning bir turi. Burun bo‘shlig‘i nor­
mal ishtirokining buzilishi natijasida tovushni noto‘g‘ri talaffuz 
qilish. Rinolaliyaning ikki ko‘rinishi mavjud: ochiq rinolaliya va 
yopiq rinolaliya. Ochiq rinolaliyada nutq tovushlarini talaffuz qi­
lish vaqtida havo oqimi faqat og‘iz bo‘shlig‘idan emas, balki bu­
run bo‘shlig‘idan ham chiqib ketadi. Yopiq rinolaliyada esa havo 
oqimi faqat og‘iz bo‘shlig‘idan chiqib ketadi. Burun bo‘shligida
155


polip, o‘simtalar, adenoidlar mavjudligi yopiq rinolaliyaga olib kela­
di. Yopiq rinolaliyada M, N, NG burun tovushlari buzib talaffuz 
qilinadi, ya’ni M tovushi В tovushiga, N tovushi esa D tovushiga 
o'xshash talaffuz etiladi. Yopiq rinolaliyada burun bo'shlig'idagi 
to'siqni yo‘qotishga qaratilgan davolash ishlari olib boriladi. Kar 
bolalarda eshitish orqali talaffuzni boshqara olmaslik natijasida 
funksional yopiq rinolaliya kuzatiladi. Bunda burun bo‘shlig‘ida 
hech qanday to'siq bo'lmaydi. Nutq tovushlarini (burun tovushlari- 
dan boshqa tovushlarni) normal holda talaffuz qilganda, yumshoq 
tanglay odatda tomoqning orqa qismi bilan jipslashib, havo oqimi 
burun bo'shlig'iga o‘tmasdan og‘iz bo‘shlig‘idan chiqadi, buning 
natijasida nutq tovushlari o'zining normal tembriga ega bo'ladi. 
Qattiq tanglaydagi yoriqliklar, yumshoq tanglay falaji va parezlari 
natijasida esa yumshoq tanglay tomoqning orqa qismi bilan yetarli 
darajada jipslashmaydi va havo oqimi burun bo‘shlig‘iga o'tib ketadi 
hamda tovushlar manqalanib talaffuz etiladi. Bunday paytda ochiq 
rinolaliya ro‘y beradi. Ochiq rinolaliya yopiq rinolaliyaga nisbatan 
ko'proq uchraydi. Ochiq rinolaliyani davolash kompleks usulda olib 
boriladi. Qattiq va yumshoq tanglaydagi yoriqliklar operatsiya yo'li 
bilan tuzatiladi yoki maxsus plastinalar (obturatorlar) tayyorlanib, 
yoriqliklar shu plastinalar bilan yopiladi. Shu bilan bir qatorda 
logopedik mashg'ulotlar operatsiyadan oldin va operatsiyadan keyin 
ham olib boriladi.
Rinofoniya - nutq tovushlarining me’yoriy artikulatsiyasida ovoz 
tembrining buzilishi, fonatsiya jarayonida og‘iz va burun bo'shlig'i 
ishtirokining muvofiqlashmasligining hisobga olinishi.
Disfoniya — ovoz apparatining patologik o'zgarishlari oqibatida 
fonatsiyaning ishdan chiqishi, yoki fonatsiyaning yo'qligi (afoniya), 
yo boim asa ovoz kuchining (disfoniyaning) yo'qligi, ovoz tembri­
ning buzilishida namoyon bo'ladi. Ovoz paychalaridagi tuguncha- 
lar, hiqildoq va ovoz paychalarida papillamatoz, hiqildoq stenozi 
(hiqildoqning torayishi) periferik xarakterdagi organik disfoniyaga 
olib keladi. Funksional disfoniyaning paydo bo'lishiga psixik trav- 
malar sabab bo'ladi. Kuchli emotsional holat nafas olishga, ovoz 
hosil qilishga ta ’sir ko'rsatadi. Hosil bo'lgan patologik mexanizmlar 
nevrotiklarda, ayniqsa tez mustahkamlanib qoladi. Disfoniyaning
156


oliy formasi — isterik mutizmdir (ovozning to‘satdan va butunlay 
yo‘qolishi). Isterik mutizm qattiq qo‘rqish natijasida sodir boiadi. 
Isterik mutizm (soqovlik) keyinchalik tutilib gapirishga o‘tishi 
mumkin. Disfoniyaning afoniyadan farqi shundaki, unda ovoz 
saqlanadi, ammo jarangsiz, sust, xirillagan bo‘ladi. Ovozni tiklash 
uchun davolash ishlari bilan bir qatorda logopedik mashg‘ulotlar 
ham olib boriladi.
Dizartriya — markaziy nerv sistemasining organik shikastlanishi 
oqibatida til tovush tizim ining buzilishi (tovush chiqarish, prosodiya, 
ovozlar). Nutq organlarining (yumshoq tanglay, til, lablarning) kam 
harakatlanishi natijasida nutq tovushlari artikulatsiyasi qiyinlashadi. 
Dizartriya, ko‘pincha talaffuz qilishning buzilishi bilan chegaralan- 
maydi, nutqni tushunish va leksik-grammatik tomonlariga tegishli 
bo‘ladi. Dizartriyaning og‘ir formalarida nutq butunlay tushunarsiz 
bo‘ladi, bunday holat anartriya deb ataladi. Dizartriyani davolashda 
maxsus logopedik mashg‘ulotlar olib boriladi, shuningdek, vrach- 
nevropatolog tavsiyasiga ko‘ra tibbiy tadbirlar ko‘riladi.
Alaliya bola rivojlanishining homila yoki ilk davrida bosh miya 
po‘stlog‘ining nutq zonasida organik shikastlanish oqibatida nutq­
ning yo‘qligi (nutq shakllanishiga qadar) yoki rivojlanmaganligini 
anglatadi. Alaliyaning ikki turi m a’lum: motor va sensor alaliya. 
Motor alaliya nutq harakat analizatori po'stloq uchining (Broka 
markazining jarohatlanishi natijasida sodir bolib, bunday holatda 
bola o‘zgalarning nutqini tushuna olsa-da, lekin gapira olmaydi. 
Sensor alaliya eshitish analizatori po'stloq uchi (Vernike marka- 
zi)ning jarohatlanishi natijasida ro‘y beradi. Sensor alaliyada bola 
o‘zgalar nutqini tushuna olmaydi va gapirmaydi. Alaliyani bartaraf 
etishda bilish faoliyatini rivojlantirish, tovush va morfologik tah- 
lillarni hosil qilish, nutqning ma’no tomonlarini shakllantirishga 
qaratilgan maxsus metodikalar qollaniladi.
Afaziya - bosh miyaning lokal jarohatlanishi natijasida ro‘y 
beradigan nutqning to la yoki qisman yo‘qolishi. A.R.Luriyaning 
tasnifiga ko‘ra afaziyaning yetti xil formasi mavjud: motor, sen­
sor, mnestik, semantik, dinamik, amnestik, total afaziyalar. Motor 
afaziyada harakatlantiruvchi motor nutq markazi (Broka markazi) 
shikastlanadi. Motor afaziyada nutqning ekspressivligi buziladi, be-


mor butunlay gapira olmaydi yoki faqat ayrim so'zlarni, qisqa-qisqa 
jumlalarnigina ayta oladi. Bunda so‘zlarning tovush va bo‘g‘inlar 
strukturasi buzilgan bo‘ladi. Motor afaziyada bemorlar o‘zgalar 
nutqini ko'pincha tushuna oladilar. Sensor afaziyada Vernike nutq 
markazi zararlanadi. Bunda bemorlar so'zlar va nutq tovushlarini 
idrok etolmaydilar va boshqalar nutqini tushunmaydilar. Afaziya 
alaliyadan farq qiladi. Alaliyada nutq rivojlanishi buzilsa, afaziyada 
aslida rivojlangan nutq yo'qoladi. Total afaziyada bemor ham ga­
pira olmaydi, ham o'zgalarning nutqini tushunolmaydi. Amnestik 
afaziyada bemorlar so'zlar va ularning ma’nosini esdan chiqaradilar. 
Ular bilan logopedik mashg'ulotlar o'tkazish bilan bir qatorda tibbiy 
tadbirlar ham olib boriladi.

Yüklə 6,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin