Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013



Yüklə 6,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/104
tarix03.12.2023
ölçüsü6,98 Mb.
#172375
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   104
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

Disgrafiya 
yoki 
agrafiya. 
Yozuvning buzilishi yoki butunlay 
bolm asligi, og‘zaki nutqning rivojlanmaganligi disgrafiyaning 
asosiy belgilaridir. Yozuv jarayonida ishtirok etuvchi analizatorlar- 
dan birining jarohatlanishiga qarab, disgrafiyaning akustik, mo­
tor, optik, ideomotor turlari farqlanadi. Akustik disgrafiya eshitish 
analizatorining buzilishi natijasida eshitish diqqati, eshitish idroki, 
tovush analizi va sintezining rivojlanmay qolganligi natijasida yu­
zaga keladi. Bolalar talaffuz jihatdan o‘xshash tovushlarni, jarangli 
va jarangsiz undosh tovushlarni ajrata olmaydilar, harflarni tash- 
lab ketadilar, o‘rnini almashtiradilar yoki qo‘shib yozadilar. Optik 
disgrafiyada ko'rish analizatorining jarohatlanishi natijasida ko‘rish 
idroki, ko‘rish analizi va sintezi, fazoviy tasavvurlar shakllanmagan 
boiadi. Optik disgrafiyada yozilishi jihatdan o‘xshash harflar bir- 
biri bilan almashtiriladi (m — 1, n — i, t — p, s — o, b—d, 1 — d, 
к — i va h.k.). Optik disgrafiyaning bir ko‘rinishi oynavon xat- 
dir. Motor disgrafiyada nutqni harakatlantiruvchi analizatorning 
buzilishi talaffuz kamchiliklariga olib keladi. Ideomotor disgrafiya 
shakllangan yozuv malakalarining bosh miya travmalari natijasida 
yo'qolishidir. Disgrafiyani bartaraf etishda og‘zaki nutqdagi kam- 
chiliklarni tuzatish, o‘qish va yozishni rivojlantirishga oid maxsus 
mashqlar olib boriladi.
Disleksiya (aleksiya) — bosh miya yarim sharlari qobigldagi 
ba’zi nerv markazlarining zararlanishi yoki yetarli rivojlanmagan­
ligi natijasida o‘qish jarayonining buzilishi. Disleksiyaning quyidagi 
turlari farqlanadi: fonematik, optik, semantik, agrammatik, taktil,
159


mnestik. Fonematik disgrafiya eshitish qobiliyatining rivojlanmay 
qolganligi sababli vujudga keladi. Disgrafiyaning bu shaklida bo­
lalar bir necha yil davomida to'g'ri o‘qishni o'zlashtira olmaydi- 
lar. Ayrim harflarni qiyinchilik bilan o'zlashtirsalar-da, bo'g'inlab 
o'qiy olmaydilar yoki o'qish paytida qo‘pol xatolarga yo'l qo‘yadilar. 
Optik disgrafiya ko‘rish analizi, sintezi va fazoviy tasavvurlarning 
shakllanmaganligida namoyon bo‘ladi. Optik disgrafiyada h arf va 
tovush o'rtasidagi bog'lanish buzilgan bo'ladi, o‘xshash harflar yo- 
zuvda almashtiriladi (m — n; yozma — m — 1, i — sh, t — p, 
b — d, hamda bosma P — N, N — 1, S — О va h.k.). Semantik 
disgrafiya nutqning leksik-grammatik tomoni rivojlanmaganligi tu- 
fayli yuzaga keladi va o‘qilgan matnni idrok qila olmaslik va gapirib 
berolmaslikda namoyon bo'ladi. Agrammatik disgrafiya nutqning 
grammatik buzilishi natijasida sodir bo'ladi. Taktil disgrafiya ko'r 
bolalarda kuzatiladi. Mnestik disgrafiya mnestik jarayonlarning bu­
zilishi tufayli kelib chiqadi. Ish usullari disgrafiyaning turiga qarab 
tanlanadi va logopedik mashg'ulotlar jarayonida tuzatib boriladi.
Psixologik-pedagogik tasnif logoped ishining amaliy ehtiyojlari 
hisobga olingan holda tuziladi. Bu tasnif avvalambor psixologik- 
lingvistik mezonlar asosida nutq simptomatikasini aniqlashga qara- 
tilgan bo'ladi. Bu tasnifda nutqning qaysi komponentlari va qay 
darajada buzilganligi hisobga olinadi, bu esa nutq buzilishlarining 
quyidagi guruhlarini farqlashga imkon beradi:
1) nutqning fonetik buzilishlari — bitta tovush yoki bir nechta 
tovushlarning talaffuzda buzilishi;
2) nutqning fonetik-fonematik buzilishlari — bu yerda nutqning 
fonetik jihatlari bilan birga fonematik jarayonlarning ham rivojlan­
may qolganligi kuzatiladi;
3) nutqning to'liq rivojlanmaganligi (I, II, III, IV darajalari) — 
bunda til tizimining barcha komponentlari (leksika, grammatika, 
fonetika va fonematika) buzilgan bo'ladi;
4) duduqlanish. Bunda nutqning kommunikativ (aloqa o'rnatish) 
funksiyasi buziladi.
Psixologik-pedagogik diagnostika o'tkazilganidan keyin, nutq 
kamchiliklarining xulosalari ikkala tasnif asosida quyidagi tartibda 
keltiriladi.
160


1. Nutqning to liq rivojlanmaganligi (I daraja). Motor alaliya.
2. Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi (1 daraja). Sensor alaliya.
3. Nutqning to liq rivojlanmaganligi (1 daraja). Aniq ifodalan- 
magan soxta bulbar dizartriya.
4. Nutqning to liq rivojlanmaganligi (I daraja). Motor alaliya, 
duduqlanish.
5. Nutqning to liq rivojlanmaganligi (I daraja). Sensomotor ala­
liya.
6. Nutqning to liq rivojlanmaganligi. Bolalar afaziyasi.
7. Nutqning to liq rivojlanmaganligi (11 daraja). Aniq ifodalan- 
magan soxta bulbar dizartriya.
8. Nutqning to liq rivojlanmaganligi (II daraja). Motor alaliya.
9. Nutqning to liq rivojlanmaganligi (II daraja). Motor alaliya, 
duduqlanish.
10. Nutqning leksik-grammatik rivojlanmaganligi. Motor alali- 
yadan chiqish.
11. Nutqning fonetik-fonematik buzilishi. Aniq ifodalanmagan 
soxta bulbar dizartriya.
12. Nutqning fonetik-fonematik buzilishi. Ochiq organik rino­
laliya.
13. Nutqning fonetik buzilishi. Funksional motor dislaliya.
14. Nutqning fonetik buzilishi. Ochiq organik rinolaliya.

Yüklə 6,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin