Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili



Yüklə 3,95 Mb.
səhifə79/82
tarix24.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#160082
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
baxtiyor abdushukurov.qadimgi turkiy til

TRANSKRIPSIYASI VA MAZMUNI





  1. Üzä kök täŋri asra yaǧïz yir qïlïntuqda ekin ara kisi oǧlï qïlïnmïs, kisi oǧlïnta üzä äčüm apam Bumïn qaǧan, Istamï qaǧan olurmïš. Olurïpan türk bodunïn elin törüsin tuta bermis eti bermis.

Ya’ni:
Yuqorida koʻk osmon, pastda qoʻngʻir yer yaratilganda ikkisining oʻrtasida inson bolasi yarsatilgan. Inson bolalari ustidan ota-bobom Bumin xoqon, Istami xoqon (taxtga) oʻtirgan . (Ular taxtda) oʻtirib, turk xalqining davlati, qonun- qoidalarini tutib turgan, ularga rioya qilgan.

  1. tört buluŋ qop yaǧï ermis, sü süläpän, tört buluŋdaqï bodunuǧ qop almïs, qop baz qïlmïs, bašlïǧïǧ yüküntürmis, tizligig sökürmis. Ilgärü Qadïrqan yïšqa tegi, kirü Temir qapïǧqa tegi qonturmïs. Ekin ara.

Ya’ni:
Toʻrt taraf butunlay dushman ekan. Lashkar tortib, toʻrt tomondagi xalqni butunlay olgan, kop bor tobe qilgan. Boshi borni yukuntirgan (boshini egib ta’zim qildirgan), tizzasi borni choʻkkalatgan. Oldinga (sharqqa) Qadirqan vodiysi, orqaga (gʻarbga) Temir darvozagacha manzil qildirgan. Ikkalasining orasida

  1. idi oqsïz kök türk anča olurur ermis. Bil(g)ä qaǧan ermis, alp qaǧan ermis, buyruqï yemä bilgä ermis ärinč, alp ermis ärinč, begläri yemä bodunï yemä tüz ermis. Anï üčün elig anča tutmïs ärinč, elig tutïp törüg etmis. Özi ančä

Ya’ni:
hoʻjayinsiz (hech kimga tobe boʻlmay), merossiz , asl turk kop vaqt shunday yashagan ekan. (Ular) dono xoqon ekan, botir xoqon ekan, vaziri ham dono, botir boʻlgan, shekilli, beklari ham, xalqi ham toʻgʻri ekan. Shuning ucchun davlatni koʻp tutgan, shekilli, davlatni tutib, qonun-qoidalarga amal qilgan. Oʻzi shu tarzda (amal qilib)

  1. kergäk bolmïs. Yoǧčï sïǧïtčï öŋrä, kün toǧsïqda Bökli čöl(l)üg el, Tabǧač, Tuput, Apar, Purum, Qïrqïz, Üč qurïqan, Otuz tatar, Qïtan, Tatabï – bunča bodun kelipän sïǧtamïs, yoǧlamïs, antaǧ külug qaǧan ermis. Anta kisrä inisi qaǧan.

Ya’ni:
vafot qilgan. Azachi, yigichi kun chiqar-sharqdan Boʻkli choʻlilik el, Tabgʻač, Tuput, Apar, Purum, Qïrqïz, Uč quriqan, Oʻtiz tatar, Qitan, Tatabi – shuncha xalq kelib yigʻlagan, aza tutgan. Shunday mashhur xoqon ekan. Shundan soʻng inisi xoqon.

  1. bolmïs ärinč. Oǧlï ta qaǧan bolmïs ärinč. Anta kisrä inisi äčisin teg qïlïnmaduq ärinč, oǧlï qaŋïn teg qïlïnmaduq ärinch, biligsiz qaǧan olurmïs ärinč, yablaq qaǧan olurmïs ärinč, buyruqï yemә biligsiz ärinč, yablaq ermis ärinč.

Ya’ni:
Boʻlgan ekan. Oʻgʻli ham xoqon boʻlgan. Undan keyin inisi ogʻasiday ish tutmagan ekan, oʻgʻli otasidek ish tutmagan ekan, bilimsiz xoqon oʻtirgan ekan, yovuz xoqon oʻtirgan ekan. Vaziri ham johil ekan, badfe’l ekan.



  1. Begläri bodunï tüzsiz üčün, Tabǧač bodun täbligin kürlüg üčün, armaqčïsïn üčün, inili äčili kiksürtükün üčün, begli bodunlï yoŋašurtuqun üčün, türk bodun ellädük elin ïčǧïnu ïdmïs.

Ya’ni:
Beklari, xalqi insofsiz (boʻlgani) uchun, Tabgʻach xalqi hiylakor, toʻymas boʻlgani uchun, firibgari (bor) uchun, ogʻa va inini (bir-biriga) qayragani uchun, begi va xalqini (bir-biriga) chaqqani uchun turk xalqi qoʻlidagi davlatini boy bergan.

  1. qaǧanladuq qaǧanïn yitürü ïdmïs, Tabǧach bodunqa beglik urï oǧlïn qul boltï, silik qïz oǧlïn küŋ boltï. Türk beglär türk atïn ïtï Tabǧačǧa beglär tabǧač atïn tutïpan, tabǧač qaǧanqa.

Ya’ni:
xoqonlik qilib turgan xoqonini yoʻqotib yubordi. Tabgʻach xalqiga bek boʻladigan oʻgil bolasi bilan qul boʻldi, chiroyli qiz farzandi bilan choʻri boʻldi. Turk beklari turkcha otini tashlab, xitoy beklarining xitoycha otini qabul qilib, xitoy xoqoniga…

  1. körmis, elig yïl isig küčüg bermis, ilgärü kün toǧsïqda Bökli qaǧanqa tegi süläyü bermis, qurïǧaru Temir qapïǧqa tegi süläyü bermis. Tabǧač qaǧanqa elin, törüsin alï bermis.

Ya’ni:
qaram boʻldi. Ellik yil mehnatini, kuchini sarf qilibdi, sharqqa – kun chiqarda Boʻkli xoqonigacha qoʻshin tortib bermish, gʻarbga – Temir darvozagacha qoʻshin tortib bermish, xitoy xoqoniga davlatini, qonun-qoidalarini olib bermish.



Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin