I harfi. Bu harf bir ilgakli tayoqchadan iborat bo‘lib, ilgak yuqoriga va o‘ng tomonga qaragan: i. Agar ilgak chapga qaragan bo‘lib yuqorida bo‘lsa, p ni bildiruvchi harf, pastda bo‘lsa qalin ltovushini anglatuvchi harf bo‘ladi. I harfi til oldi i va til orqa ï tovushini bildiradi va a harfidan farq qilib, so‘z boshida ham ishlatiladi: iniini- uka, zkssäkiz- sakkiz, ixYyağï– yov (Toʻn).
Lablanmagan unlilar uchun qo‘llanadigan bu ikki harf tovushlarning qatordagi farqini aks ettirmaydi, faqat tor-kengligini ko‘rsatadi. Ikki ilgakli aharfi keng unlilarni va bir ilgakli i harfi tor unlilarini anglatadi. Lablangan unlilarni bildiruvchi harflar unlilarning qatordagi farqini ifodalab, ko‘tarilishdagi farqini korsatmaydi. Shuninig uchun ularning biri oqu, ikkinchisi ökü harfi bilan ko‘rsatiladi.
O (o‘qu)harfi.Bu harf uchi o‘ngga qaragan burchak shakliga o ega. O‘qu harfi lablangan til orqa o va u unlilarini bildiradi: zGu oğuz - oʻgʻiz, zquTtoquz- toʻqqiz, uxDQ qadğu– qayǧu (BX).
Ö (o‘ku) harfi. Bu harf bir butun va ikki yarim tayoqchadan tuzilib, yarim tayoqchalar burchak hosil qilgan holda butun tayoqchaning o‘ng tomoniga, yarmidan yuqorisiga quyidagi ilgaklarda birlashtiriladi: w. Bu harf lablangan til oldi öva üunlilarini bildiradi: wrtw ötrü- keyin, Frwt türk- turk, xLv uluğ- ulugʻ (KT).
E harfi. Bu harf O‘rxun yodgorliklarida yo‘q. Buning shakli ayqashgan yoki yondoshgan ikki yoy yoki burchakdan iborat: e. Bu harf etovushinibildiradi.
Quyidagi harflar labundoshlarini bildiradi:
P (pi) harfi. Bu harf p harfidan ilgagining chap tomonga qaraganligi bilan farqlanadi p va p fonemasini anglatadi: ap apa – opa (O‘ngin), poQ qop – butunlay (KT), pLalp– pahlavon (To‘n).