Maxsus ta’LIm vazirligi


Uyushgan jinoyatchilikning oldini olish choralari va sub’ektlari



Yüklə 268,88 Kb.
səhifə33/91
tarix27.03.2023
ölçüsü268,88 Kb.
#90518
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   91
kriminologiya modul

4. Uyushgan jinoyatchilikning oldini olish choralari va sub’ektlari.
Uyushgan jinoyatchilikning oldini olish ham davrimizning muhim masalalaridan biridir. Bunda jinoyatlarning oldini olish – bu jinoyatchilik sabablari va omillarini bartaraf etish yoki ularning oldini olishga qaratilgan davlat va jamoat chora-tadbirlari majmui ekanligini yodda tutish kerak. Jinoyatchilikning oldini olish huquqiy davlat, uning iqtisodiyoti, mafkurasi, madaniyati,odamlar o’rtasidagi rang-barang ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan tadbirlar majmui, ya’ni jamiyat hayotini jinoyatchilikka zid bo’lgan tarzda tashkil etish yo’li bilan ta’minlanadi.
Kriminogen (jinoyatlarni yuzaga keltiruvchi yoki ularga imkoniyat yaratuvchi) omillarni bevosita bartaraf etish borasidagi izchil faoliyat ham jinoyatchilikning oldini olishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash amaliyoti bu yerda uning fosh qilinishi hamda uning oldini olish nuqtai nazaridan, ayniqsa, jinoyat protsessi yo’nalishida oqilona huquqiy normalar yaratish muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatdi.
Mamlakatimizning siyosiy va iqtisodiy tizimlarida tub o’zgarishlar yuz berayotgan, davlatimizda huquqiy islohot amalga oshirilayotgan hozirgi sharoitda korrupsiya hollariga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Davlat hokimiyati apparati, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati aholining keng ommasiga kaftdek ko’rinib turishi, amaldorlar korrupsiya domiga ilinganligi haqida fuqarolarda asossiz tasavvur tug’ilmasligi, Prezident, hukumat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar korruptsiyaning har qanday ko’rinishlariga qarshi qat’iy kurash olib borishga ahd qilganligiga bo’lgan ishonch mustahkamlanishi lozim.
Ushbu hodisa murakkab va serqirra bo’lgani tufayli korruptsion huquqbuzarliklarning ba’zi bir turlari alohida jinoyat sifatida ajratilsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi. Bizningcha, bu korruptsiyaning jamoatchilikni junbushga keltirishi va hokimiyat obro’siga sezilarli darajada putur yetkazishi mumkin bo’lgan faktlariga qarshi kurashga alohida e’tibor qaratilishiga imkoniyat yaratadi.
Birinchi navbatda quyidagi yo’nalishlar ajratilishi lozim:
- rahbar organlar faoliyatidagi korruptsiya illatlariga barham berish;
- huquqni muhofaza qilish organlari saflarini korruptsiya domiga ilingan xodimlardan tozalash;
- avvalo, uyushgan jinoyatchilikning hokimiyat va boshqaruv tuzilmasiga suqilib kirishga harakat qilayotgan shakllariga qarshi kurash olib borish.
Uyushgan jinoyatchilikning oldini olish borasida qanday yo’nalishlar ustuvor hamda jamiyatimizning madadiga muhtoj?
Eng avvalo, iqtisodiy choralar ko’rilishi lozim. Uyushgan jinoyatchilik va korruptsiyaga qarshi kurashning mantiqi iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish yo’lidan yanada izchilborishni, halol tadbirkorlik uchun chinakam erkinlikni ta’minlash ba’zan uning yo’lida saqlanib qolayotgan ko’plab byurokratik sansalorliklar va to’siqlarni bartaraf etishni talab qiladi.
O’zbekistonda butun huquq va sud tizimini takomillashtirish dasturini mamlakat ichidagi jinoyatchilik va korruptsiyaga qarshi kuchli chora deb hisoblamoq darkor. Bir tomondan, Qonunning mutlaq ustunligi va fuqarolarning huquqlari kafolatli himoya qilinishi ushbu dasturning maqsadi bo’lishi lozim. Ikkinchi tomondan, mamlakat aholisini va ayniqsa yoshlarni huquqiy tarbiyalashni sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish nihoyatda zarur.


Yüklə 268,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin