Maxsus ta’LIm vazirligi


Uyushgan jinoyatchilik tushunchasi, jinoyatchilik tarkibi, holati va tuzilii



Yüklə 268,88 Kb.
səhifə31/91
tarix27.03.2023
ölçüsü268,88 Kb.
#90518
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   91
kriminologiya modul

1. Uyushgan jinoyatchilik tushunchasi, jinoyatchilik tarkibi, holati va tuzilii.

Mustaqillikni dastlabki yillarida O’zbekistonda vayron bo’lgan iqtisodiyot, moddiy va ma’naviy qashshoqlik, balki o’sib borayotgan jinoyatchilik bilan kurashishiga to`g`ri keldi.Kriminal professionalizm gruppovaviy, retsidiv, professional jinoyatchilik hamda uning oliy shakli – uyushgan jinoyatchilikning paydo bo’lishiga olib kelgan edi.


Kriminal professionalizmga quyidagilar xos: a) "ixtisoslashganlik", ya’ni jinoiy faoliyatning surunkaliligi; b) "malakalilik", ya’ni zarur bilim va ko’nikmalarga egalik; c) jinoiy faoliyat tirikchilik manbai hisoblanadi;
d) shaxs g’ayriijtimoiy muhit bilan bevosita aloqa qiladi. Uyushgan jinoyatchilik faoliyati, uning yuzaga kelishi va majvudligi yurisprudentsiyaning tegishli sohalarida, iqtisodiyot jabhasida, sotsiologiya va psixologiyada juda ko’p nazariy va amaliy masalalarni yuzaga keltirdi. Kriminologik jihatdan o’ta salbiy hodisa bo’lgan «uyushgan jinoyatchilik» tushunchasini tahlil qilish va o’rganish unga qarshi kurashish nazariyasi va amaliyotining muhim masalalaridan biridir.
Shuni ta’kidlash lozimki, ayrim tadqiqotlarning mualliflari bu hodisaning mazkur nomiga qo’shilmaydi, uni muvaffaqiyatsiz deb hisoblaydi35. Sobiq Ittifoq hududida uyushgan jinoyatchilik qachon paydo bo’lgan, degan masala yuzasidan ham yakdillik mavjud emas. Kimdir u nisbatan yaqinda paydo bo’lgan36, kimdir – doim mavjud bo’lgan37 deb hisoblaydi, yana kimdir uning mavjudligiga shubha bildiradi. Yuridik va maxsus adabiyotlarda uyushgan jinoyatchilikka har xil ta’riflar beriladi. Olimlardan bu tushunchaga eng to’liq ta’rifni A.N.Volobuev bergan. «Uyushgan jinoyatchilik deganda mintaqa (mamlakat) doirasida kriminal muhitning (odatda muayyan jinoyat sodir etish bilan bog’liq bo’lmagan) tashkilotchilik, rahnamolik vazifalarini bajaruvchi rahbarlar atrofida jipslashuvi, jinoiy uyushma ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash uchun davlat, shu jumladan huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlarini jinoiy faoliyatga jalb qilish, mumkin qadar ko’proq moddiy naf ko’rish maqsadida g’ayrihuquqiy faoliyat doirasini kengaytirish bilan tavsiflanuvchi ijtimoiy hodisani tushunish lozim, - deb yozadi u. –Ijtimoiy faoliyati uyushgan jinoyatchilik bilan u yoki bu darajada bog’liq bo’lgan barcha shaxslar jinoiy uyushmani tashkil etadi»38.
Bundan xulosa shuki, uyushgan jinoyatchilik, birinchidan,ijtimoiy hodisa; ikkinchidan, kriminal jabhaning jipslashuvi bilan tavsiflanadi; uchinchidan, uning rahbarlari g’ayrihuquqiy faoliyatni kengaytirish va xavfsizlik bilan bog’liq tegishli vazifalarni bajaradi; to’rtinchidan, uyushma mumkin qadar ko’proq moddiy naf ko’rishga harakat qiladi. Nihoyat, beshinchidan, muallifning fikrini davom ettirsak, uyushgan jinoyatchilik jinoiy uyushmalardan tarkib topadi. Boshqacha aytganda, u ijtimoiy xavfli va g’ayriqonuniy uyushmalar (guruhlar) majmui; umuman olganda – tarkibiy qismlari o’z uyushqoqlik darajasiga ko’ra har xil bo’lgan jinoiy uyushmadir.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mas’ul xodimlari ham shunday xulosaga kelgan. Ularning fikricha, uyushgan jinoyatchilik jinoiy tashkilotlar hamda uyushgan jinoiy guruhlardan tarkib topadi. Mazkur tarkibiy qismlar o’z tuzilishi va g’ayriijtimoiy ahamiyatiga ko’ra har xil. Uyushgan jinoyatchilik belgilari jumlasiga yuqorida qayd etilgan umumiy belgilardan tashqari quyidagilar ham kiritiladi: klanlar, mafiyalar, jinoiy guruhlarning yashirin faoliyati; yuqorida zikr etilgan jinoiy uyushmalarning barcha a’zolari o’zaro kelishilgan jinoiy xulq-atvor kodeksiga qat’iy rioya etishi; xufyona iqtisodiyot korchalonlari, jinoiy uyushmalarning sardorlari asosan tashkilotchilik va rahnamolik vazifalarini bajaradi va odatda, muayyan jinoyatlar sodir etish bilan bog’liq bo’lmaydi, shu bois ularni jinoiy javobgarlikka tortish ancha mushkul ish hisoblanadi. Korruptsiya masalasiga kelsak, kriminologik nuqtai nazardan u uyushgan jinoyatchilikning bir turidir. Bu yerda nafaqat qonunga xilof ravishda boylik orttirish, balki hokimiyat cho’qqilariga intilish ham birinchi o’ringa qo’yiladi. Rivojlangan mamlakatlardagi korruptsiyaga qarshi kurash tajribasi shundan dalolat beradi. Demak, uni faqat iqtisodiyot jabhasi bilan bog’lash to’g’ri bo’lmaydi. Lotincha «korruptio» - korruptsiya so’zi pora evaziga og’dirish degan ma’noni anglatadi. Biroq ma’rifatli dunyoda, ayniqsa siyosiy-yuridik sohada u ancha keng tushuniladi va mansabdor shaxslar, jamoat arboblari va siyosatchilarni pora evaziga og’dirish, ularning haq evaziga sotilishi degan ma’noni anglatadi.Sobiq Ittifoq jinoyat qonunchiligiga «korruptsiya» jinoyati ma’lum emasdi, shu bois uning huquqiy ta’rifi ham yo’q edi. Vaholanki, barcha respublikalarning jinoyat kodekslarida turdosh tarkiblar: pora olish, pora olishda vositachilik qilish, xizmat mavqei yoki hokimiyat vakolatini suiiste’mol qilish, xizmat mavqeini suiiste’mol qilib davlat mulkini talon-toroj qilish bo’lgan. Bu holat ayrim olimlar «korruptsiya»ni jinoyat qonuniga mustaqil jinoyat tarkibi sifatida kiritishga qarshi chiqishlariga yuridik asos bo’lgan.
O’zbekistonda oliy hokimiyat o’z rasmiy hujjatlarida «korruptsiya» atamasidan ko’pdan beri foydalanib keladi. Bunda u ko’pincha uyushgan jinoyatchilik tushunchasi bilan birga keladi, uning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda korruptsiyaga qarshi kurash olib boradigan maxsus tarkibiy bo’linmalar tashkil etilgan, boshqa choralar ham ko’rilmoqda (masalan, soliq siyosati, bojxona xizmati yo’nalishlarida). «Yuridik atamalar qomusiy lug’ati» mualliflari korruptsiyaga shunday ta’rif berganlar: «Korruptsiya - davlat funktsiyalarini bajarish vakolatiga ega bo’lgan (yoki ularga teng lashtirilgan) shaxslarning noqonuniy tarzda moddiy va boshqa boyliklar, imtiyozlarni olishda o’z maqomi va u bilan bog’liq imkoniyatlardan foydalanishi, shuningdek, bu boylik va imtiyozlarni jismoniy yoki yuridik shaxslar qonunga xilof ravishda egallashiga imkon berishi»39.
Shunday qilib, korruptsiya qandaydir imtiyozlar olish maqsadida davlat xizmatchilari, mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar, shuningdek o’z xizmat vakolatlaridan foydalanib, bunday imtiyozlarni berish kabi O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 205-210, 211-213-moddalarida javobgarlik belgilab qo’yilgan jinoyatlar majmuidir.Korrupsiya jinoyatlarining o’ziga xos xususiyati shundaki, ularni faqat poraxo’rlik yoki davlat mulkini talon-toroj qilish yoxud boshqa mansabdorlik jinoyatlariga bog’lab bo’lmaydi.Korrupsiya – bu jinoyatlarning har xil variantlardagi «birikmasi», ularning biri ikkinchisini to’ldiradi va korruptsiya tarkibini vujudga keltiradi. Bu ob’ektiv faoliyatning miqdor sifatga aylanadigan holatidir. Bu yerda nafaqat davlat aktsiyadorlik-tijorat apparatini boshqarish ishiga, balki mazkur boshqaruv asoslariga zarar yetkaziladi.Korruptsiya domiga ilingan amaldorlar shaxsiy boylik orttirish maqsadlarini va urug’-aymoqlarining manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo’yadi. Bu esa, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yo’liga hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib bo’lmaydigan zarar yetkazadi.
Bundan tashqari, yangi iqtisodiy munosabatlarga endigina asos solinayotgan va sifat jihatidan boshqa siyosiy tizim shakllantirilayotgan o’tish davrida korruptsiya o’z xatti-harakati bilan bu jarayonning yo’lini to’sib qo’yish imkoniga ega.
Ikkinchidan, jinoyatchilik va korruptsiyaning avj olishi davlatning konstitutsiyaviy asoslarini yemiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklari jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi. "Qonunlar va farmonlarni qabul qilishdan maqsad ularni chetlab o’tishdir" degan mutlaqo yaramas qoida jamiyatning eng oddiy huquqiy tartibot va jamoat tartibini saqlab turish qobiliyatidan mahrum bo’lishiga olib boradi.
Uchinchidan, jinoyatchilik va korruptsiya jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini yemiradi. Jamiyat a’zolarining fuqarolik mavqeini yo’qqa chiqaradi. Amalga oshirilayotgan o’zgarishlarga salbiy munosabat vujudga kelishi uchun sharoit yaratadi. Islohotlar g’oyasining o’zini obro’sizlantiradi va eski zamonlarni, shu jumladan "qudratli markazning kuchli qo’li"ni qo’msash hissini tug’diradi. O’tish davrining muayyan qiyinchiliklari sharoitida fuqarolar ongida, ayniqsa, yosh avlodning bir qismida, hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy usuli qonunga xilof faoliyat bilan bog’liq, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtai nazar shakllanishi va qaror topishi mumkin. Qing’ir yo’l bilan boylik orttirishga intilish, basharti u jamiyatning va huquqiy nazoratning e’tiboridan chetda qolsa, odamlarni, ayniqsa, hayotga endigina qadam qo’yib kelayotgan yoshlarni yomon yo’lga og’diradi.
To’rtinchidan, "pul hokimiyatga intiladi", degan bir ibora bor. Lekin bu pul jinoiy yo’l bilan topilgan bo’lsa-yu, uning egalari jamiyatning hokimiyat tuzilmalariga chiqib olsalar,ular qanday usullar bilan boshqarishlarini tasavvur qilish qiyin emas. Jinoyat olamining nufuzli shaxslari hokimiyatga qanday yo’llar bilan kirib olishi yaxshi ma’lum va ko’p mamlakatlarda sinovdan o’tgan. Avvaliga bu ish nopok daromad manbalarini saqlab qolish, ulardan kafolatli foydalanish maqsadida hokimiyat tuzilmalari bilan aloqa bog’lash va bu aloqani mustahkamlashdan boshlanadi. Shundan so’ng hokimiyatning o’zi ham qo’lga kiritiladi.
Beshinchidan, nopok yo’l bilan boylik orttirganlar jazodan qutulib qolish va o’zlarining jinoiy sarmoyalarini himoya qilish uchun har qanday xatti-harakatlarga tayyor turishlarini yaxshi bilib olish lozim. Bunday kimsalar adolatli jazodan qo’rqib, hamma ishni qilishga, hatto vaziyatni beqarorlashtirishga, ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqarishga shay turadilar. Bunday paytda ehtiroslarni junbushga keltirish, olomonni qo’zg’atish va uning orqasiga yashirinib olishdan qulayi yo’q. Bunday odamlarning "Faqat bizga yaxshi bo’lsa, ishimiz bitsa - bo’lgani" qabilidagi maslagi xudbinlikning, hamyurtlariga nisbatan surbetlarcha loqaydlikning yaqqol ko’rinishidir.
Oltinchidan, jinoiy usullar bilan boylik va mo’may pul orttirgan kimsalarning yangi huquq himoyachilari va hatto demokratiya uchun jafo chekkan kurashchilar sifatida siyosatga kirib olishga harakat qilayotganidan dalolat beruvchi misollar,jumladan, bizda ham oz emas.
Ettinchidan, jahon xo’jalik aloqalariga faol integratsiyalashuv, chet el investitsiyalari va tadbirkorlarini iqtisodiy o’zgarishlar jarayoniga tortish sohasidagi aniq maqsadga qaratilgan faoliyat bugun O’zbekiston uchun ustuvor vazifalar hisoblanadi. Bu maqsadlarni ro’yobga chiqarish sharoitida korruptsiyachilarning xatti-harakatlari nafaqat mamlakatimizning halol fuqarolarini tadbirkorlikdan chetlatadi, balki chet ellik sheriklarda ishonchsizlik uyg’otadi va ularni cho’chitib qo’yadi. Natijada mamlakat g’oyat muhim kapital mablag’lar manbaidan, texnologiyalar va tajribadan, jahon iqtisodiy tizimining sog’lom, "sof" qismiga qo’shilish imkoniyatidan mahrum bo’ladi. Bunday mamlakat xalqaro xufiya va jinoiy tuzilmalar tobora ko’proq qiziqadigan va faol ish olib boradigan makon bo’lib qoladi.

Yüklə 268,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin