Maxsus ta’LIm vazirligi



Yüklə 268,88 Kb.
səhifə27/91
tarix27.03.2023
ölçüsü268,88 Kb.
#90518
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   91
kriminologiya modul

Asosiy adabiyot:
1.Kriminologiya: Darslik. Mualliflar jamoasi. - Toshkent: O’zbekistan Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015. 86-130 b.

3-Mavzu. Jinoyatchilikning oldini olish va oldini olish sub’ektlari xamda jinoyatchilikka karshi kurashda xalqaro hamkorlik.
Reja
1. Jinoyatchilikning oldini olish tushunchasi va oldini olish choralari.
2. Jinoyatchilikning oldini olish sub’ektlari faoliyati va ularning vazifalari.
3. Jinoyatchilikka karshi kurashishda xalqaro hamkorlik tushunchasi va
Interpol xamda BMT yo’nalishidagi xalqaro hamkorlik.
4.Jinoyatchilikka qarshi kurash soxasida xalqaro nohukumat tashkilotlari yo’nalishidagi hamkorlik.

1. Jinoyatchilikning oldini olish tushunchasi va oldini olish choralari.

Jinoyat uchun jazo bergandan ko’ra, uning oldini olgan ma’qulligi umume’tirof etilgan. Bu - har qanday ijobiy qonunchilikning bosh vazifasidir. Hozirgi vaqtda huquqbuzarliklar va boshqa g’ayriijtimoiy, salbiy hodisalarga nisbatan qo’llanilgan «jinoyatchilikning oldini olish», «profilaktika qilish», «ogohlantirish», «to’xtatish», «barham berish» kabi atamalar nafaqat maxsus adabiyotlarda, balki har xil normativ hujjatlarda, shuningdek vaqtli matbuotda ham ko’p uchraydi.Bu atamalar IIV, DXX, Adliya, prokuratura, sud, soliq, bojxona, o’t o’chirish, chegara xizmatlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning amaliy xodimlari,shuningdek jamoat tashkilotlarining jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurash bo’yicha muayyan vazifalarni bajaruvchi vakillari tomonidan keng qo’llaniladi. Ba’zi bir idoralarning (xususan, IIVning) o’quv yurtlari tizimida «Jinoyatlar profilaktikasi» fani o’qitiladi.Kriminologiyaga oid adabiyotlarda jinoyatchilikning oldini olish tushunchasi haqida ko’p fikr yuritiladi, lekin mazkur tushunchaning umum e’tirof etilgan ta’rifi mavjud emas27.


Jinoyatlar profilaktikasiga oid yirik tadqiqot muallifi G.A.Avanesov o’z kitobining birinchi nashrini «Kriminologiya va ijtimoiy profilaktika» deb nomlagan28. Jinoyatlarning oldini olish muammosiga bag’ishlangan dastlabki ilmiy tadqiqotlardan biri kievlik I.A.Gel`fand va P.P. Mixaylenkoning «Jinoyatlarning oldini olish – jinoyatchilikka barham berish uchun kurash negizi» monografiyasidir29. Unda mualliflar jinoyatlarning oldini olish sohasida qo’llaniladigan atamalar to’g’risida so’z yuritib, «oldini olish», «barham berish», «profilaktika qilish», «to’xtatish» atamalarining mazmunida farq qidirish o’rinli emasligini, bu atamalarning mazmuni birligini – shu ma’noda ular muayyan shaxslar tomonidan jamiyatga zarar yetkazuvchi qilmishlar sodir etilishining oldini olish va keyinchalik bunday holatlarga mutlaqo barham berish chora-tadbirlarini ko’rish zarurligi haqidagi fikrni ifodalovchi sinonimlar ekanligini ta’kidlaydilar. Mazkur muammoga oid tadqiqotlarni XX asrning 70-yillarida e’lon qilgan boshqa mualliflar esa, aksincha, ko’rsatib o’tilgan atamalar ma’nosi o’rtasida farq mavjudligini qayd etadilar. Xususan, A.G.Lekarь va A.F.Zelinskiy «jinoyatlarning oldini olish» va «jinoyatlar profilaktikasi» atamalarini bir-biridan farqlaydilar. Ular «jinoyatlarning oldini olish» deganda muayyan jinoyat sodir etilishiga qarshilik ko’rsatishni, «jinoyatlar profilaktikasi» deganda esa – jinoyat sodir etilishiga imkoniyat yaratuvchi shart-sharoit va sabablarni bartaraf etishni tushunadilar. Ularning fikricha, «profilaktika»ga jinoyatchilik sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish jarayonini, «jinoyatlarning oldini olish»ga esa – rejalashtirilayotgan va tayyorlanayotgan jinoyatlarga yo’l qo’ymaslikni kiritish lozim.
T.A.Avanesov ko’rsatib o’tilgan atamalar bir-birini istisno etmasligini, ular o’rtasida farqdan ko’ra o’xshashlik ko’proq ekanligini, mohiyat e’tibori bilan ular turdosh tushunchalar hisoblanishini ta’kidlagan holda, jinoyatlar profilaktikasiga ikki xil ma’noda ta’rif beradi. Keng ma’noda jinoyatlar profilaktikasi – muayyan jinoyatlarga yo’l qo’ymaslik, jamiyatning muayyan a’zolarini huquqbuzarliklar sodir etishdan tiyib turish demakdir. Boshqacha aytganda, bu – huquq, shu jumladan jinoyat huquqi (jinoyat qonunchiligi) normalari buzilishiga yo’l qo’ymaslikdan iborat faoliyat. Shu ma’noda jinoyatlar profilaktikasi mazmuniga huquqni muhofaza qilish faoliyati ham kiradi. Tor ma’noda esa, jinoyatlar profilaktikasi deganda, birinchidan, jinoyatlarning sabablarini, ularni qo’llaniladigan atamalar to’g’risida so’z yuritib, «oldini olish», «barham berish», «profilaktika qilish», «to’xtatish» atamalarining mazmunida farq qidirish o’rinli emasligini,bu atamalarning mazmuni birligini – shu ma’noda ular muayyan shaxslar tomonidan jamiyatga zarar yetkazuvchi qilmishlar sodir etilishining oldini olish va keyinchalik bunday holatlarga mutlaqo barham berish chora-tadbirlarini ko’rish zarurligi haqidagi fikrni ifodalovchi sinonimlar ekanligini ta’kidlaydilar.Mazkur muammoga oid tadqiqotlarni XX asrning 70-yillarida e’lon qilgan boshqa mualliflar esa, aksincha, ko’rsatib o’tilgan atamalar ma’nosi o’rtasida farq mavjudligini qayd etadilar.
Xususan, A.G.Lekarь va A.F.Zelinskiy «jinoyatlarning oldini olish» va «jinoyatlar profilaktikasi» atamalarini bir-biridan farqlaydilar. Ular «jinoyatlarning oldini olish» deganda muayyan jinoyat sodir etilishiga qarshilik ko’rsatishni, «jinoyatlar profilaktikasi» deganda esa – jinoyat sodir etilishiga imkoniyat yaratuvchi shart-sharoit va sabablarni bartaraf etishni tushunadilar. Ularning fikricha, «profilaktika»ga jinoyatchilik sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish jarayonini, «jinoyatlarning oldini olish»ga esa – rejalashtirilayotgan va tayyorlanayotgan jinoyatlarga yo’l qo’ymaslikni kiritish lozim30.T.A.Avanesov ko’rsatib o’tilgan atamalar bir-birini istisno etmasligini, ular o’rtasida farqdan ko’ra o’xshashlik ko’proq ekanligini, mohiyat e’tibori bilan ular turdosh tushunchalar hisoblanishini ta’kidlagan holda, jinoyatlar profilaktikasiga ikki xil ma’noda ta’rif beradi.
Keng ma’noda jinoyatlar profilaktikasi – muayyan jinoyatlarga yo’l qo’ymaslik, jamiyatning muayyan a’zolarini huquqbuzarliklar sodir etishdan tiyib turish demakdir. Boshqacha aytganda, bu – huquq, shu jumladan jinoyat huquqi (jinoyat qonunchiligi) normalari buzilishiga yo’l qo’ymaslikdan iborat faoliyat. SHu ma’noda jinoyatlar profilaktikasi mazmuniga huquqni muhofaza qilish faoliyati ham kiradi. Tor ma’noda esa, jinoyatlar profilaktikasi deganda, birinchidan, jinoyatlarning sabablarini, ularni sodir etishga imkoniyat yaratuvchi holatlar va shart-sharoitni aniqlash bo’yicha faoliyatni; ikkinchidan, jinoyat sodir etishi mumkin bo’lgan shaxslarni aniqlash va ular bilan zarur ogohlantirish tadbirlari o’tkazish bo’yicha faoliyatni tushunish lozim. Bu ikki tushuncha jamuljam holda «huquqbuzarliklar profilaktikasi» umumiy tushunchasini vujudga keltiradi31. Shunga o’xshash fikrni boshqa mualliflarning asarlarida ham uchratish mumkin.
Bizning nazarimizda, «jinoyatlarning oldini olish», «jinoyatlar profilaktikasi» atamalariga har xil ma’no yuklash mumkin emas, chunki umumsiyosiy, yuridik va fiolologik adabiyotlarda ular bir xil ma’noda qo’llaniladi. Qonunchilikda ham biz ko’rsatib o’tilgan atamalar o’rtasida farqqa duch kelmaymiz.Ko’rsatib o’tilgan atamalar o’rtasida «jinoyatlarning oldini olish» ayniqsa keng tarqalgandir. Bu fikrni juda ko’p mualliflar ta’kidlaydi32. Jinoyatlarning oldini olish yoki jinoyatlar profilaktikasi tushunchasi haqida maxsus adabiyotlarda ko’p fikrlar bildirilgan. Lekin mazkur tushunchaga nisbatan «davlat va jamoatchilik organlari va tashkilotlarining jinoyatlarning sabablari va shart-sharoitini bartaraf etish yoki ularni neytrallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlari yoki chora-tadbirlar majmui», degan ta’rif keng tarqalgan.
Bizning fikrimizcha, «jinoyatlarning oldini olish» va «jinoyatlar profilaktikasi» tushunchalari o’rtasida uzviy bog’lanish mavjudligini inkor etish mumkin emas. «Jinoyatlarning oldini olish» nisbatan umumiy tushuncha bo’lsa, «jinoyatlar profilaktikasi»da jinoyatlarning oldini olishda muayyan chora-tadbirlarning roli ta’kidlanadi.SHu bilan birga, bu ikki tushuncha o’rtasida mutlaq tenglik belgisini qo’yish ham o’rinli bo’lmaydi. Bunga ishonch hosil qilish uchun «jinoyatlarning oldini olish» tushunchasining «ichki» tuzilishini yanada mufassalroq ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir.


Yüklə 268,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin