7. Jinoyat sub’ektining shaxsi va uning tarkibi. Jinoyatchilarni tasniflash. Jinoyatchilarni tasniflash muhim analitik va profilaktik ahamiyatga egadir. U jinoyatchilik sabablarini yanada chuqurroq va har tomonlama o’rganish, jinoyatlarning oldini olish va prognoz qilish tizimini ishlab chiqishga yordam beradi. Shu sababli jinoyatchilarni tasniflash kriminologiyaning eng dolzarb, lekin hali yaxshi o’rganilmagan muammolaridan biri bo’lib qolayotir.Jinoyatchilarni har xil asoslarga ko’ra tasniflash mumkin.
Jinoyatchilarni ular sodir etgan jinoyatlarning turlariyoki xususiyatiga ko’ra tasniflash («o’g’rilar», «firibgarlar»,«bezorilar», «zo’rlik ishlatuvchilar», «poraxo’rlar» va h.k.) eng sodda va umumiy e’tirof etilgan tasnifdir.Jinoyat sodir etish motivlarining xususiyatiga ko’ra, jinoyatchilarning «g’arazgo’y», «zo’ravon», «nufuzli», «seksual»va boshqa tiplari farqlanadi.Ruhiy sog’lomlik darajasiga ko’ra jinoyatchilar ruhan sog’lom, ruhiy kasallik bilan chegaradosh holatda, psixopat yokiruhiy kasal bo’ladi.Jinoyatchilarni ijtimoiy-demografik belgilariga ko’ra ham tasniflash mumkin: voyaga yetmagan jinoyatchilar, shu jumladan o’g’il bolalar va qiz bolalar; jinoyatchi ayollar; xizmatchi jinoyatchilar; o’quvchi-jinoyatchilar; jinoyatchi harbiy xizmatchilar; transport sohasidagi jinoyatchilar; tijorat sohasidagi jinoyatchilar va h.k.
Jinoyatchilarni g’ayriijtimoiy moyilliklari, qadriyatlari va mo’ljallarining xususiyatiga qarab tasniflash jinoyatchilarni tasniflashning eng keng tarqalgan usulidir. Ushbu mezonga ko’ra jinoyatchilarning shaxsi uch guruhga ajratiladi:
a) insonga, uning muhim boyliklari – hayoti, sog’lig’i, sha’ni, qadr-qimmati va hokazolarga salbiy-bepisand munosabatdabo’lgan jinoyatchilar;
b) o’zgalar mulkiga, moddiy ne’matlarni mehnatga qarab taqsimlash printsipiga nisbatan g’arazli-egoistik munosabatda bo’lgan jinoyatchilar;
c) jamiyat va davlat tomonidan o’rnatilgan qonun-qoidalarga, o’z umumfuqarolik, xizmatga doir va boshqa maxsus vazifa-lariga (masalan, harbiy xizmatga) anarxistik-egoistik munosabatda bo’lgan jinoyatchilar.
Ba’zi bir mualliflar (masalan, Yu.M.Antonyan) umum e’tirof etilgan ijtimoiy qadriyatlarga yengiltaklik va mas’uliyatsizlik bilan munosabatda bo’luvchi jinoyatchilarni (masalan, ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etuvchi shaxslarni) ham farqlaydi.
Jinoyatchilarni kriminogen zararlanishdarajasiga qarab tasniflash holatlari ham uchraydi:
a) shaxsning umumiy yo’nalishi ijobiy bo’lgan holda nisbatan yengil jinoyatlarni birinchi marta sodir etgan shaxslar toifasi («tasodifiy» jinoyatchilar);
b) alohida tashqi nojo’ya holatlar ta’sirida og’ir jinoyatlarni birinchi marta sodir etgan shaxslar («situativ» jinoyatchilar);
c) og’ir jinoyatlarni birinchi marta sodir etgan, lekin ilgari boshqa huquqbuzarliklarga yo’l qo’ygan shaxslar («beqaror» jinoyatchilar);
d) bir necha marta jinoyat sodir etgan, shu jumladan ilgari sudlangan shaxslar («ashaddiy» jinoyatchilar);
e) ko’p marta qasddan og’ir jinoyat sodir etgan shaxslar («o’ta xavfli» jinoyatchilar).
G’arb va Amerikadagi bir qancha mamlakatlar kriminologiyasida jinoyatchilar asosan uch guruhga ajratiladi: 1) tasodifiy jinoyatchilar; 2) professional jinoyatchilar; 3) potentsial jinoyatchilar. Ushbu tasniflash tizimi zamirida retsidivistlarga qarshi kurash bo’yicha maxsus chora-tadbirlar ishlab chiqiladi, sinab ko’rish, shartli jazo berish institutlari amal qiladi.
Umumiy xulosa shuki, har qanday tasnif muayyan darajada shartlidir, degan fikrga deyarli barcha kriminologlar qo’shiladi. Zotan, tasniflash uchun qanday mezon asos qilib olinganligi yoki tasniflashdan qanday maqsad ko’zlanganligiga qarab,jinoyatchilar tasnifi har xil bo’lishi mumkin. SHu sababli amalda yuqorida ko’rsatilgan tiplardan birontasiga ham mos kelmaydigan, ayni vaqtda «aralash» belgilarga ega bo’lgan jinoyatchilar uchrashi mumkin.