Maxsus ta’LIm vazirligi


Jinoyatchilikka karshi kurashishda xalqaro hamkorlik tushunchasi va Interpol xamda BMT yo’nalishidagi xalqaro hamkorlik



Yüklə 268,88 Kb.
səhifə29/91
tarix27.03.2023
ölçüsü268,88 Kb.
#90518
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   91
kriminologiya modul

3. Jinoyatchilikka karshi kurashishda xalqaro hamkorlik tushunchasi va Interpol xamda BMT yo’nalishidagi xalqaro hamkorlik.
Rossiyalik kriminolog V.V.Luneev qiyosiy kriminologiyani kriminologiya fanining jinoyatchilikning umumjahon, mintaqaviy va milliy xususiyatlarni va boshqa o’ziga xos xususiyatlarini, uning sababiy negizini va unga qarshi kurash choralarini, shuningdek jinoyatchilikning kelib chiqishi, shart-sharoitlari va uni oldini olish yo’llari haqidagi asosiy nazariyalarni qiyosiy o’rganuvchi sohasi sifatida taьriflagan.
Qiyosiy kriminologiyaning predmeti tarkibiga:
- qiyosiy jinoyatchilik;
- jinoyatchilik sabablari haqidagi qiyosiy nazariyalar;
- jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida xalqaro hamkorlik kiradi.
Jinoyatchilikka doir dastlabki qiyosiy tadqiqotlar 1901 yilda Italiya, Fransiya, Ispaniya, Avstriya, Germaniya, Angliya, Shotlandiya va Irlandiyada o’tkazilgan, 1911 yilda esa xalqaro qiyosiy tadqiqotlar uchun yagona ko’rsatkichlar tizimi taklif qilindi. Bu tizim keyinchalik tahlil qilinuvchi maьlumotlarning qiyosiyligini oshirish nuqtai nazaridan takomillashtirildi.
Qiyosiy usullar ishlab chiqilganidan so’ng bir qancha qiyosiy tahlillar o’tkazildi, shuningdek, Xalqaro statistika instituti va Xalqaro jinoyat huquqiy va penitensiar komissiya o’rtasida hamkorlik yo’lga qo’yildi. Utgan asrning 30-yillarida ular tomonidan turli mamlakatlardagi jinoyat statistikasini qiyosiy o’rganish uchun Aralash komissiya tashkil qilindi. 1937 yili bu komissiya turli mamlakatlarning hukumatlariga xalqaro jinoyat-statistika tadqiqotlari dasturini yubordi. Ikkinchi jahon urushi davrida bu faoliyat vaqtincha to’xtatildi.
Urush tamom bo’lganidan so’ng mazkur vazifa bilan BMT shug’ullana boshladi. 1950 yili BMT Bosh Assambleyasi har besh yilda BMTning jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlarga nisbatan munosabat bo’yicha xalqaro kongresslarini chaqirishning zarurligi haqida rezolyusiyani qabul qildi. Sobiq SSSR BMT kongresslarida 1960 yildan ishtirok eta boshladi.BMT Bosh Assambleyasi 1972 yil 18 dekabrda o’zining 3021-sonli rezolyutsiyasini qabul qildi. Unda BMTga aьzo bo’lgan davlatlarga o’z mamlakatlaridagi jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashning ahvoli haqida Bosh kotibga axborot berib borish taklif qilindi. 1976 yilda BMT aьzo-davlatlarga so’rovnoma yubordi va unga muvofiq 1970-1975 yillarda ro’yxatga olingan jinoyatlarning umumiy sonini aks ettirish hamda ularni jinoyatlarning o’n turi (qasddan odam o’ldirish, shaxsning sog’lig’i yoki shaьniga qarshi tajovuz, jinsiy jinoyatlar, odam o’g’irlash, talonchilik, o’g’rilik, firibgarlik, giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda savdo qilish va h.k.) bo’yicha maьlumotlar berishni so’radi. 64 davlatning hukumatidan javoblar olindi. Javoblarni tahlil qilish natijalari Jinoyatchilikning birinchi obzori deb nomlandi va uning natijalari Bosh kotibning BMT Bosh Assambleyasining 32-chi sessiyasidagi maьruzasida bayon etildi. Keyinchalik BMT 1975-1980 yillardagi jinoyatchilikning tendentsiyalari haqida axborotlar olishga mo’ljallangan ishlarni amalga oshirdi.
70 mamlakatning hukumati o’z davlatlaridagi jinoyatchilikning ahvoli haqida axborot berdi. Tahlil natijalari BMTning Yettinchi kongressida (1985 yil, Milan) eьlon qilingan Jinoyatchilikning ikkinchi obzorida bayon etildi. Kongress o’zining «Jinoyatchilik va jinoyat adliyasi sohasidagi axborot va statistika tizimlarini rivojlantirish» deb nomlangan rezolyutsiyasida jinoyatchilikning obzorlari natijalarini mustaqil o’rganish, mavjud qiyinchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf qilish yo’llari bo’yicha tavsiyalar taqdim etdi. Keyingi obzorni tayyorlash uchun 95 mamlakatdan javoblar olindi. Sobiq SSSR ham birinchi marta maьlumotlar taqdim etdi. Tahlil 1980-1986 yillarni qamrab oldi. Uning natijalari Uchinchi obzorda bayon etilib, BMTning Sakkizinchi kon-gressida (1990 yil, Gavana) bayon etildi. Kongress o’zining «Jinoyat adliyasi sohasidagi BMT statistik obzorlarini rivojlantirish» rezolyutsiyasida obzorlarning rivojlanishini faollashtirish va ularning uslubiy negizini takomillashtirishni taklif qildi. Ro’yxatga olingan jinoyatchilik, jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar, mahkumlar haqida maьlumotlar olish uchun yangi so’rovnoma ishlab chiqildi. Bu so’rovnoma to’rt bo’limdan tashkil topgan edi. Unga politsiya, prokuratura, sud, turmalar, jinoyatchilik faoliyatiga oid savollar kiritilgan edi. 1986-1990 yillarda sodir etilgan qasddan va ehtiyotsizlik orqasida odam o’ldirish, zo’ravonlik nomusga tegish, talonchilik, o’g’rilik, o’zganing turar joyiga qonunga xilof ravishda kirish, firibgarlik, poraxo’rlik va boshqa jinoyatlar bo’yicha statistik maьlumotlar berish lozimligi kiritildi, 100 mamlakatdan javoblar olindi. Sobiq SSSR hududidan Armaniston, Belarusь, Latviya, Litva, Moldova, Rossiya, Tojikiston va Yestoniya javob yubordi. To’rtinchi obzorning natijalari BMTning To’qqizinchi kongressida (1995 yil, Qohira) bayon qilindi. 1999 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasi xam jinoyatchilik holati xakida BMTga maьlumot berib bormoqda.Obzorlar o’tkazilishi jarayonida javoblar soni ortdi, obzorlar negizi, ularni obьektivlashtirish va approksimasiya qilish usullari kengayib va takomillashib bordi, BMT hamda alohida davlatlar tashabbusi bilan o’tkazilayotgan qiyosiy tahlillarning zarurligi chuqur anglab etildi.BMTda jahondagi jinoyatchilikning tendensiyalarini vaqti-vaqti bilan kuzatib borish, alohida davlatlarda esa–o’z mamlakatlaridagi kriminologik voqelikni boshqa mamlakatlarning maьlumotlariga va butun jahon bo’yicha maьlumotlarga qiyoslab tahlil qilish, shuningdek mahalliy jinoyatchilikning oldini olish choralari samaradorligini oshirish uchun boshqa davlatlarning tajribasidan foydalanish imkoniyati paydo bo’ldi.
Maьlumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1945 yilning oktyabrida tashkil topgan. BMT Ustaviga binoan u barcha dolzarb muammolar bo’yicha davlatlar o’rtasidagi xalqaro hamkorlik uchun masьuldir. Mamlakatlarning jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi hamkorligi masalalari bilan BMT organlaridan biri–Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash (EKOSOS) bevosita shug’ullanadi. 1950 yili bu kengash tarkibida Jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlarga nisbatan munosabat bildirishi bo’yicha ekspertlar qo’mitasi taьsis etildi. 1971 yilda u Jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurash qo’mitasiga, 1993 yilda esa–Jinoyatchilikning oldini olish va jinoyat adliyasi bo’yicha komissiya deb qayta nomlandi.Komissiya (qo’mita) EKOSOSga jinoyatchilikka qarshi yanada samarali kurash olib borish va huquqbuzarlarga nisbatan insonparvarlik munosabatida bulishga qaratilgan tavsiya va takliflar taqdim etadi.
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan mazkur organ zimmasiga har 5 yilda bir marta Jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlarga nisbatan munosabat bo’yicha BMT kongresslarini tayyorlash vazifasini yuklatilgan. Jinoyatchilikning oldini olish va jinoyat adliyasiga doir xalqaro qoidalar, standartlar va tavsiyalar ishlab chiqishda BMT kongresslari asosiy rolь o’ynaydi. Hozirgi vaqtgacha 9 kongress o’tkazilgan. Xalqaro hamkorlikda Xalqaro jinoyat politsiyasi tashkiloti (Interpol) alohida o’rin tutadi. U 1923 yili Venada dastlab xalqaro jinoyat polisiyasi komissiyasi tarzida tashkil etilgan. Interpol nohukumat tashkilotdan hukumatlararo tashkilotga aylandi.
Bugungi kunda u 170 dan ortiq davlatni birlashtiradi. Interpolning oliy organi Bosh assambleya hisoblanadi. Uning sessiyalari yilda bir marta o’tkaziladi. Ijro etuvchi qo’mita mintaqalarning vakillaridan tashkil topadi.Muntazam ishlovchi apparati kotibiyat hisoblanadi. Hujjatlarni ilmiy ishlab chiqish uchun maslahatchilar instituti faoliyat ko’rsatadi.Boshqa xalqaro tashkilotlardan farqli o’laroq, Interpol har bir mamlakatda, jumladan O’zbekistonda ham o’z milliy markaziy byurosiga (MMB) egadir.Interpol o’z Ustaviga binoan mamlakatlarda amal qiluvchi qonunlar doirasida jinoyat politsiyasi organlarining o’zaro hamkorligini ta’minlaydi va rivojlantiradi, jinoyatchilikning oldini olishga yordam beradigan muassasalarni tashkil etadi va rivojlantiradi. Uning asosiy ishi – MMBdan va ular uchun axborotlar qabul qilish, tahlil qilish va berish yo’li bilan muayyan jinoyat ishlari bo’yicha hamkorlikni tashkil etishdan iborat. Har bir MMB o’z huquqni muhofaza qilish organlari bilan,xalqaro miqyosda esa–boshqa mamlakatlarning MMB va Interpol Bosh kotibiyati bilan muntazam aloqa qiladi.

Yüklə 268,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin