2. Uyushgan jinoyatchilikda jinoyatchi shaxslarning kriminologik tavsifi va ularning klassifikatsiyasi. Borgan sari uyushib va professional tus olib borayotgan hozirgi jinoyatchilikning jipslashishi, jinoiy guruhlar tomonidan iste’mol bozorlarining butkul egallab olinishi, qonunsiz ravishda qo’lga kiritilgan kapitallarning xo’jalik va tijorat tuzilmalari orqali qonuniylashtirib olinishi yaqqol ko’zga tashlanayotganligi ham juda xavflidir. O’zbekistonda, shubhasiz, jinoyatchilikning sabablarini aniqlash choralari ko’rilmoqda, fosh etilgan korruptsiyachilarqattiq jazolanmoqda. Mamlakat ichidagi jinoyatchilik doimo davlat tomonidan qattiq nazorat qilib boriladi. Jinoyatchilik keng avj olib ketishiga va korruptsiyachilar domiga ilingan amaldorlarning beboshligiga yo’l qo’ymaslik maqsadida bir qator uzoq muddatli chora-tadbirlar ishga solingan. Ular jinoyatchilikka qarshi kurash strategiyamizni belgilab beradi.
Uyushgan jinoyatchilik turlari to’g’risida so’z yuritganda, u ikki yo’nalishga ega ekanligini e’tiborga olish lozim. Birinchi yo’nalish – tamagirlik niyatidagi xo’jalik jinoyatlari. Ikkinchi yo’nalish – umumiy uyushgan jinoyatchilik. So’nggisi g’ayriqonuniy tijorat bilan emas, balki talonchilik, bosqinchilik va hokazolar bilan shug’ullanuvchi jinoyatchilar orasidagi uyushgan jinoyatchilik. Amalda bu haqiqiy mafiyadir. Uyushgan jinoyatchilik tarkibi: sardor, rahbarlar, shaxsiy soqchilar, jangarilar, yordamchi «ishchi kuchi». Bularning barchasini jinoiy faoliyat sohasi qamrab oladi. Uyushgan jinoyatchilikning shakli (jinoiy uyushma, mafiya, banda)ga qarab ularning elitasi yuzaga keladi. Ayrim hollarda u o’zganing mol-mulkini ko’p miqdorda talon-toroj qiluvchilar, «ishbilarmonlar», moliyaviy korchalonlardan tashkil topadi. Ularning maqsadi – ko’p miqdorda moddiy boylik orttirish, o’z hokimiyati doirasini kengaytirish. Ba’zi hollarda bu elita o’g’riboshilar, jinoiy muhitdagi «avtoritetlar»dan tashkil topadi
3. Uyushgan jinoyatchilikning sabablari va uni vujudga keltiruvchi shart-sharoitlar. Uyushgan jinoyatchilik- chegara bilmas murakkab ijtimoiy hodisadir.Bir necha o’n yilliklar mobaynida u jahondagi ko’pgina mamlakatlarningiqtisodiy va madaniy rivojlanishiga yo’ldosh bo’lib, jamiyatning illatlari bo’lmish korruptsiya,tahmagirlik,zo’ravonlik, giyohvandlik,fohishabozlik va boshqalar uchun nihoyatda qulay sharoitlar yaratib beradi.
XX- asrning so’nggi o’n yilliklarda jahonda uyushgan jinoyatchilikning toboro o’sib borishi kuzatilmoqda. Bu ijtimoiy xavfli hodisa ishlab chiqarish texnologiyasi va aloqa vositalari sohasidagi mislsiz rivojlanishi,yutuqlari va xalqaro savdo va iqtisodiy faoliyat, turizmning kengayib borayotganligi bilan tahriflanadi. Millatlararo jinoiy tashkilotlar halqaro vaziyatdan kelib chiqqan holda mamlakat hayotiga toboro moslashib yuzaga kelgan huquqiy vaziyatdan o’z maqsadlari yo’lida ustalik bilan foydalanadilar. Natijada jinoyatchilik kengayib borish bilan birga, ularga foyda keltiruvchi omilga aylanadi.
Jinoyatchilikning toboro halqaro ahamiyat kasb etishi giyohvandlik moddalarini, o’g’irlangan mollarni, o’q-aslahalarni va boshqa g’ayriqonuniy mollar vaxizmatlar bozorining toboro kengayib borishi bilan tahriflanadi va ular tijorat bilan shug’ullanuvchi jinoiy tashkilotlar tarmog’i orqali amalga oshiriladi.Ko’pgina jinoiy tashkilotlarning faoliyati jamiyat asoslariga nihoyatda katta xavf tug’diradi. Bu xavf ko’pincha giyohvand moddalarni suiste’mol qilishda ko’rinadi. Ammo uyushgan jinoiy guruxlar qaysi bir sohada iqtisoslashganidan qatoiy nazar ularning vujudga kelishining o’ziyoq jamiyat uchun katta xavf tug’diradi. Uyushgan jinoyatchilik jamiyatning mustahkamlovchi asosi bo’lmish huquqiy va siyosiy asoslarni kemiradi. U jamiyatning qadriyatlariga, uning asosiga tajovuz qiladi.
Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda huquqni muxofaza qilish organlari bu ofat to’g’risida har qanday ma’lumotlarni har qanday manbalardan olish imkoniyatiga ega bo’lib, shu asosda operativ ma’lumotlarni ham strategik, ham taktik maqsadlarda ishlata bilishlari kerak. Ushbu ma’lumotlarni olishda qo’llaniladigan uslublar aynan qonunlar majmuida qayd etilib ruxsat berilishi lozim. Ammo milliy sohada ham bu axborotni olish va undan foydalanish ma’lum muammoni yuzaga keltiradi, chunki idoraviy manfaatlar va shu idorada bo’lgan muxit ushbu manbalarni hech kimga foydalanish uchun bermaslik talabidan kelib chiqadi. Vaholanki, bu axborot uyushgan jinoyatchilik bilan kurashda asosiy vositalar biri hisoblanadi va halqaro uyushgan jinoyatchilikka katta zarba berishi mumkin. So’nggi yillarda ushbu holatning bartaraf etilishi maqsadida ma’lum harakatlar milliy markazlarni barpo etish jarayoni amalga oshirilmoqda. Bular ichida Interpol Milliy markaziy byurosining tashkil etilganligi fikrimizning dalilidir.
Interpol MMBning faoliyat – yo’nalishi huquqnimuhofaza qilish organlarini halqaro jinoyatchilikka qarshi kurash miqyosida huquqni muxofaza qilish organlariga ko’maklashishdan iboratdir. Bu faoliyat xalqaro jinoyatchilar to’g’risida ma’lumotlar almashib turish, zarur bo’lgan tergovlarni amalga oshirish, tegishli idoralarga shu mamlakat hududidagi xorijiy milmtsiya yoki politsiya organlaridan kelgan so’rov xujjatlarini taqdim etish, jinoyatchilar ustidan olib boradigan qidiruvlarni va ularni ushlab turish jarayonlari ustidan nazorat qilishdan iboratdir.
Uyushgan jinoyatchilikning O’zbekiston Respublikasida rivojlanish sabablari ko’pgina mamlakatlarning muqaddam bosib o’tgan yo’llarini takrorladi: davlat byurokratik tuzilmalarining emirilishi, ijtimoiy adolat printsiplarining buzilishi, «soliqsiz» yashirin iqtisodning ibtidoiy holatda bo’lishi va hokazolar shular jumlasidandir.
Uyushgan jinoyatchilikning toboro kengayib borishi davlat va jamiyat uchun jiddiy taxdid bo’lib g’ayriqonuniy faoliyatning ko’pgina turlarini monopollashtirish orqali o’zining xolatini mustaxkamlab bormoqda. Bunda vujudga kelayotgan bozor munosabatlarini ximoyalash mexanizmining yo’qligi uyushgan jinoyatchilikning yangi barpo qilinayotgan tuzulmalariga kirib borishini tamillamoqda va taqsimlash soxasida ustun xolatni saqlab qolishga urinmoqda. Shu bilan birga isloxotlarning rivojlanishiga to’siq bo’lmoqda. Baozi joylarda jinoiy uyushmalar jazodan xoli bo’lgan xolda ko’ppincha esa, huquqni muxofaza qilish organlarining murosasizligidan foydalanib, yanada surbetlashib, katta xududlarni o’zinikiga aylantirmoqda.
Ular g’ayriqonuniy faoliyatlar qatoriga kiruvchi narkobiznes, foxishabozlik,qimor o’yinlari, o’q otar qurollar savdosi, tahmagirlik va xokazolar ustidan nazorat qiladi. Agar davlat huquqiy visitalari orqali ularga qarshi chora tadbirlar ko’rilib, oldi olinmasa oddiy jinoyatlar yirik miqyosli jinoiy qilmishlarga o’rin berib uyushgan jinoyatchilikni korruptsiyalashgan aloqalari orqaliiqtisodga va moliyaviy tizimga kirib borishi va davlatning siyosatiga tahsir qilishi mumkin.