Maxsus ta’LIm vazirligi


Jinoyatchilikka qarshi kurash soxasida xalqaro nohukumat tashkilotlari yo’nalishidagi hamkorlik



Yüklə 268,88 Kb.
səhifə30/91
tarix27.03.2023
ölçüsü268,88 Kb.
#90518
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   91
kriminologiya modul

4. Jinoyatchilikka qarshi kurash soxasida xalqaro nohukumat tashkilotlari yo’nalishidagi hamkorlik.
Jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi xalqaro hamkorlik subьektlari orasida nohukumat tashkilotlardan: Jinoyat huquqi xalqaro uyushmasi, Xalqaro kriminologik jamiyat, Ijtimoiy himoya xalqaro jamiyati va Xalqaro jinoyat va penitensiar fondi faoliyatini qayd etib o’tish zarur, deb uylaymiz. Jinoyat huquqi xalqaro uyushmasi 1924 yili tashkil topgan. U jinoyatchilikni, uning sabablarini va unga qarshi kurash vositalarini o’rganadi, jinoyat huquqiy qiyosiy tadqiqotlar bilan shug’ullanadi, jinoyat huquqi muammolari bo’yicha xalqaro kongresslar o’tkazilishini tashkil qiladi, BMT, YuNESKO va boshqa xalqaro tashkilotlarga maslahatlar beradi.Xalqaro kriminologik jamiyat 1934 yilda tashkil etilgan bo’lib, jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi hamkorlikni ta’minlash bilan bevosita shug’ullanadi. U kriminologiya sohasidagi milliy institutlar va mutaxassislarni birlashtiradi. Xalqaro kriminologik jamiyat YeKOSOS, BMT va YuNESKO maslahatchisi maqomiga ega. Mazkur jamiyat xalqaro miqyosda jinoyatchilikning sabablarini o’rganadi, kriminologik kongresslar, seminarlar, kollokviumlar tashkil qiladi, ularning materiallarini e`lon qiladi, milliy kriminologik institutlarga yordam ko’rsatadi, kriminologiya fanini rag’batlantirish uchun stipendiya va mukofotlar ta’sis etadi va tayinlaydi.Ijtimoiy himoya xalqaro jamiyati va Xalqaro jinoyat va penitensiar fondi ham o’z sohasida shunga o’xshash ishlarni amalga oshiradi.
Asosiy adabiyot:
1. Kriminologiya: Darslik. Mualliflar jamoasi. - Toshkent: O’zbekistan Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015. 189-207 b.
2. Abdurasulova K.R. Kriminologiya: Darslik. / Mas’ul muxarrir: yu.f.d.,prof. M.X-Rustambaev. - Toshkent: TDYuI, 2008. 117-121 b.

4- Mavzu. Uyushgan jinoyatchilikning kriminologik tavsifi va oldini olish.
Reja
1. Uyushgan jinoyatchilik tushunchasi, jinoyatchilik tarkibi, holati va tuzilishi.
2. Uyushgan jinoyatchilikda jinoyatchi shaxslarning kriminologik tavsifi va ularning klassifikatsiyasi.
3. Uyushgan jinoyatchilikning sabablari va uni vujudga keltiruvchi shart-sharoitlar.
4. Uyushgan jinoyatchilikning oldini olish choralari va sub’ektlari.


Yüklə 268,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin