4.Korrupsiya jinoyatchiligining oldini olish choralari va sub’ektlari. Korrupsiya jinoyatchiligini umumiy va maxsus oldini olish choralari mavjud bo’lib, umumiy oldini olish korrupsiyadan yangi ijtimoiy munosabatlarni vujudga keltirish va mustahkamlash, bozor munosabatlariga ijtimoiy tayanch yaratish vositasi sifatida foydalanilishini istisno etish, shuningdek, jinoiy yo’l bilan topilgan daromadning rasmiylashtirilishi va ko’paytirilishini nazarda tutadi84.Respublikamizda hokimiyat va boshqaruv organlarining faqatgina 1998 yilning o’zida korrupsiya xarakteridagi 1500 dan ortiq jinoyatlar aniqlangan va ulardan 450 ta jinoyat ishi sudga oshirilgan. Korrupsiya hamda jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqiy tartibotni saqlash kabi vazifalar yuklatilgan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ham mazkur jinoyatlar sodir etilishi holatlari aniqlangan. Xususan, 1998 yilning o’zida sud mahkamasi xodimi, 4 ta prokuratura, 20 ta ichki ishlar, 10 ta soliq inspeksiyasi, 17 ta bojxona xodimlari jinoiy javobgarlikka tortilgan.Korrupsiyani maxsus oldini olishda quyidagi choralarni qo’llash muhimdir:
- mansabdor shaxslar, xizmatchilar va ularning oilalariga munosib hayot kechirish imkonini beradigan ish haqi tayinlash;
-davlatning mansabdor shaxslari va boshqa toifa xizmatchilarning daromadlari va xarajatlari hamda kadrlar siyosati ustidan qattiq nazorat o’rnatish;
-korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurash olib borayotgan shaxslar (va ularning oila aьzolari)ning xavfsizligini taьminlash;
-davlat ahamiyatiga molik lavozimni egallaganligi munosabati bilan beriladigan qimmatbaho davlat uylaridan xizmat doirasida foydalanish rejimini joriy etish;
-O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimidan amalga oshiriladigan barcha to’lovlarning qonuniyligini ta`minlash va h.k.
Korrupsiya jinoyatchiligiga qarshi kurashni tashkil qilish quyidagilarga asoslanishi lozim:
-korrupsiyadagi o’zgarishlar va uning sabablarini muntazam tahlil qilish; real ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlar, ijtimoiy ong va huquqni muhofaza qilish organlarining ahvolidan kelib chiqib unga qarshi kurash strategiyasi va taktikasini aniqlash;
-qonun osti hujjatlariga emas, qonunlarga asoslanish;
-O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish;
-ixtisoslashgan kadrlarni tayyorlash va huquqni muhofaza qilish organlarida ixtisoslashgan bo’linmalarni tashkil etish;
-fuqarolik jamiyatlarining turli institutlari, aholi va yuridik shaxslarning yordamidan foydalanish;
-ish natijalarini sistematik baholash va mavjud chora-tadbirlar tizimiga tuzatish kiritish va h.k.