Maxsus ta’LIm vazirligi


Korrupsiya jinoyatchiligining kelib chiqish sabablari



Yüklə 268,88 Kb.
səhifə51/91
tarix27.03.2023
ölçüsü268,88 Kb.
#90518
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   91
kriminologiya modul

3. Korrupsiya jinoyatchiligining kelib chiqish sabablari.
Jinoyatchilik shu jumladan, uning alohida turi bo’lgan korrupsiyaga oid jinoyatlar har qanday jamiyatga xos bo’lgan illatlardir. Lekin bu illatlar xar qaysi davlatda turli xil darajadadir. Jamiyat ma’naviy va iqtisodiy jihatdan qancha sog’lom hamda baquvvat bo’lsa, korrupsiyaning ijtimoiy sabablarini aniqlash, kuchsizlantirish va miqdorini kamaytirish uchun shunchalik imkoniyat ko’payadi. Bugungi kunda korrupsiya xalqaro miqyosdagi eng xavfli illatlardan biri hisoblanadi.
Korrupsiya uyushgan jinoyatchilikning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. 1979 yil 17 dekabrda bo’lib o’tgan BMT Bosh Assambleyasining 34-sessiyasida korrupsiya tushunchasiga quyidagicha ta’rif berildi: "Korrupsiya bu - mansabdor shaxsning har qanday shakldagi mukofot hisobiga mukofot beruvchi shaxs manfaatini ko’zlab o’zining mansab vakolatlari doirasida mansab yo’riqnomasini buzib yoki buzmasdan qandaydir harakat yoki harakatsizlikni bajarishidir”.
Korrupsiya tushunchasi yana ham kengroq va chuqurroq AqSH olimlari tomonidan ishlab chiqilgan. Masalan, Djeym Bellentayning yuridik entsiklopedik lug’atida "korrupsiyalashgan" so’zi quyidagacha izohlanadi: "shaxsiy foyda olish maqsadida davlat organlarining tayinlanish maqsadini buzuvchi va odil sudlovni amalga oshirishga to’sqinlik qiluvchi jarayon".
Yana bir amerikalik olim Genri Blek o’zining yuridik lug’atida korrupsiyani quyidagicha talqin qiladi: "kimgadir qandaydir ustunlik berish niyati bilan mansabdor shaxsning rasmiy majburiyatlariga va boshqa shaxslarning huquqlariga zid sodir etilgan xatti-harakat; boshqa shaxslarning majburiyat va huquqlariga zid maqsadda o’zi yoki boshqa shaxs uchun qandaydir ustunlik olish uchun mavqei va maqomidan noqonuniy va konunga xilof foydalanish".
Mansabni noqonuniy amalga oshirish, mansabdor shaxs o’z mansab burchlarini bajarish jarayonida yoki mansabini amalga oshirish niqobi ostida harakat qilganda korrupsiyalashgan xatti-harakat xisoblanadi.
Korrupsiya muammosini tadqiq qilish bilan shug’ullangan boshqa amerikalik olimlar (E.Benfild, M.Djonston, Dj.Nay) fikricha korrupsiya - "bu siyosiy arboblarning, davlat apparati xodimlarining, tadbirkorlarning va boshqa shaxslarning shaxsiy oilaviy yoki guruhiy manfaatlari uchun boylik orttirish va o’zining ijtimoiy maqomini ko’tarish maqsadida o’zlarining rasmiy burchlarini va davlat funktsiyalarini bajarishdan bosh tortishidir",-deb baholanadi.
Mashhur amerikalik olim M.Djonston o’zining "Korrupsiyaning siyosiy oqibatlari" nomli asarida korrupsiyaning asosiy to’rtta turini ajratib ko’rsatadi: 1) savdodagi poraxo’rlik; 2) homiylik (himoyachilik) tizimi; 3) qarindosh-urug’chilik va oshna-og’aynigarchilik; 4) "tanglik korrupsiyasi".
1. Savdodagi korrupsiya "xufiyona" bozor faoliyati, noqonuniy muomalalar (operatsiyalar), soliq to’lamaslik, buxgalterlik hisobotlarini qalbakilashtirish bilan bog’liq. Bozordagi noqonuniy oldi-sottilar, sotuvchilar va amadtsorlar tomonidan yashirincha ishlab chiqilgan mahsulotni sotish, sotiladigan mahsulotlar turini kengaytirish, mahsulot sifatini yuqori qilib ko’rsatish uchun pora berishi talab qilinishi bilan boshlanadi va katta hajmdagi mahsulot ayirboshlashga (barterga) ham joriy etiladi. Bozor korrupsiyasi anchagina barqaror, chunki mahsulot etkazuvchilar o’rtasida raqobat va shartnomani yana qaytarish imkoniyati iste’mol chilarning qimmatchilikdan noroziligiga qaramasdan mustahkam bahosini va oddi-sotdi shartlarini aniq belgilaydi.
2. Noqonuniy kelishuvni (bitimni) amalga oshirish cheklangan doiradagi shaxslar yoki tashkilotlar qo’lida to’planib qolgan holatlarda "homiylik" xizmatini ko’rsatish vujudga keladi. Markazlashtirilgan foyda tizimi va majburiyatlar turli xil aloqalarni, shu jumladan, yurtdoshlik, bir partiyaga mansublik, qarindosh-urug’chilik va boshqa omillar asosida amaldorlar tomonidan homiylik (himoya) qilishni ham o’z ichiga oladi. Aholi ehtiyoji ustidan markazlashtirilgan holda nazoratni amalga oshirish ko’pgina istiqomat qiluvchilarni ma’lum bir siyosiy majburiyatlarni bajarishga majbur qiladi. Bu esa o’z navbatida siyosiy tashkiliy tadbirlarni, masalan: u yoki bu partiya foydasiga saylov kompaniyasini o’tkazish uchun foydalanilishini amalga oshirish imkonini beradi.
Ayrim hollarda homiylik tizimi markaziy yoki mahalliy hokimiyat xohishi yoki ko’rsatmasi korrupsiyani "rejalashtiradi", jamoatchilik fikri va xatti-harakatini hiyla-nayrang bilan qalbakilashtiradi. Homiylik tizimining aholiga ta’sir qilish usullari turlicha bo’lib ularga sovg’a va oziq-ovqat mahsulotlarini taqsimlashdan tortib to foydali ishlarni taqdim qilish, shartnomalarni tuzishgacha "minnatdorchilik" ya’ni niqoblangan pora berish va h.k. Homiylik tizimini nazorat qiluvchi arboblar yakka hokimlik, hatto hukumat ustidan nazorat o’rnatishga harakat qilishadi.
3. Qarindosh-urug’chilik va oshna-og’aynigarchilik shartnomalar tuzishda katta imtiyozlar berish, qarindosh-urug’larni asosiy lavozimlarga tayinlash, xususiy va shaxsiy mulkni imtiyozli sotib olish va boshqa shunga o’xshash holatlarga olib keladi. Tadbirkorlikning bu soxalari ustidan nazoratni amalga oshirish, ulardan korrupsiya maqsadida foydalanish uchun imkon tug’diradi. Bunday toifadagi moddiy boyliklarning taqsimlanishi uning evaziga pora yoki boshqa "minnatdorchilik" kabi katta tuhfa qaytaradigan keng bo’lmagan doirada, ya’ni yuqori tabaqadagilar va ular oila a’zolarining o’rtasida amalga oshiriladi. Oila doirasidagi korrupsiya savdodagi korrupsiya va homiylik qilish tizimiga o’xshab juda keng tarqalmagan.
4. M.Djonston tomonidan "tanglik korrupsiyasi" tushunchasi tadbirkorlar favqulodda yoki tavakkalchilik sharoitida ishlayotganda oldi-sotdi predmeti nafaqat tovarlar, balki mamlakatda katta siyosiy siljish yoki o’zgarishlarga olib keladigan rasmiy organlarning qarorlari bo’lganda qo’llaniladi.
Bundan tashqari, amerikalik ekspertlar korrupsiyaning quyidagi asosiy turlarini ajratishadi:
- siyosiy va kasaba uyushmalari arboblarini, shuningdek, xorijlik rasmiy shaxslarni "sotib olish":
- siyosiy maqsadga noqonuniy xayr-ehson qilish;
- davlat muassasalari bilan shartnomalar bo’yicha hisoblarni, xarajat va chiqimlar haqidagi hisobot hamda mehnat unumdorligi va moliyaviy ahvoli haqidagi ma’lumotlarni qalbakilashtirish;
- korxona aktsiyalari bilan firibgarlik va boshqa noqonuniy xiyla-nayranglar qilish;
- qayd qilingan baholar haqida noqonuniy bitimlar tuzish;
- korxonaning soliq to’lashdan bosh tortishi;
- mahsulotlarni sotib oluvchi agentlarga pora berish;
- yolg’on reklama, sifatsiz va nosoz tovarlarni, zararli oziq-ovqatlarni, qo’lbola va foydasiz dori-darmonlarni sotish;
- ishlab chikarishda texnika xavfsizligiga rioya qilmaslik;
- ishchi va xizmatchilar tomonidan sodir etiladigan o’g’irlik, shu jumladan asbob-uskunalar va xom ashyoni o’g’irlash, firibgarlik va boshqa g’arazli suiiste’mol liklar;
- ishga chiqish va kechikib kelishlar haqidagi ma’lumotlarni o’z manfaatiga moslash va yolg’on hisobot berish;
- aloqa qoidalarini g’araz maqsadda buzish;
- EHMdan noqonuniy foydalanish bilan bog’liq jinoyatlar;
- atrof-muhitni himoya qilish bo’yicha qoidalarni buzish.
Korrupsiyalashgan elementlarning faoliyat shakli va usullari juda ham turlidir. Poraxo’rlik, yolg’on ko’rsatma berish, xorijiy davlat arboblarini "sotib olish", noqonuniy bitim tuzishga katta xalqaro monopoliyalarni jalb qilish, soliq to’lamaslik, valyuta fondlari bilan nayrang qilish, hukumat amaldorlarini, siyosiy va kasaba uyushma arboblarini "og’dirib olish", giyohvanddik biznesi, fohishabozlik va qimor o’yinlari bilan to’g’ridan-to’g’ri qo’shilishib ketishi, jinoiy yo’l bilan orttirilgan boylikni "qonuniylashtirish", sud’yalarni, prokurorlarni va politsiyachilarni sotib olish va shunga o’xshash faoliyat turlari ana shular jumlasiga kiradi.
1993 yil 13-23 aprelda bo’lib o’tgan BMT Iqtisodiy va ijtimoiy Kengashi jinoyatchilikning oldini olish va jinoyatga oid odil sudlov bo’yicha komissiyasi, ikkinchi sessiyasida BMT Bosh kotibining "Uyushgan jinoiy faoliyatning butun jamiyatga ta’siri" mavzusida qilgan nutqida korrupsiya uyushgan jinoiy faoliyatga xos bo’lgan eng kuchli vayron qiluvchi hodisalardan biri ekanligi, aytib o’tildi. SHunga qaramasdan korrupsiyaga to’liq ta’rif berish juda ham qiyin. Huquq nuqtai nazaridan korrupsiya shaxsiy foyda olish uchun davlat lavozimidan noqonuniy foydalanish deb ta’riflanishi mumkin.
Huquqiy adabiyotlarda ushbu muammo bilan shug’ullanuvchi olimlar korrupsiyaga turlicha ta’rif berishadi. Korrupsiyaga to’liq ta’rif berish qiyin. Lekin har qanday korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga quyidagi asosiy belgilar xosdir:
1) Mansabdor shaxs yoki davlat xizmatchisining unga berilgan hokimiyat yoki mansab vakolatidan huquqqa xilof ravishda foydalanishi;
2) Xarakat yoki harakatsizlikni qandaydir manfaat ko’rish evaziga amalga oshirishi;
Bunday harakat yoki harakatsizlik bilan davlat, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga zarar etkazish. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar juda ham turli tuman bo’lib uning uchun qonunchilikda nizomini, fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlik ko’zda tutiladi. Bularning ichida eng xavflisi korrupsiyaga oid jinoyatlar hisoblanadi. Xalq orasida ko’pchilik korrupsiya deganda faqat poraxo’rlikni tushunishadi. To’g’ri,poraxo’rlik korrupsiyaga oid jinoyatlarning eng xavflisi hisoblanadi. O’tish davridagi bir kator ob’ektiv qiyinchiliklar jamiyatimizda va mansab vakolatini suiiste’mol qilish xokimiyat va mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, hokimiyat harakatsizligi, mansab soxtakorligi, poraxo’rlik, tovlamachilik yo’li bilan xak berishni talab qilish kabi korrupsiyaga oid jinoyatlarning keng tarqalishiga olib keldi. Korrupsiyaning oqibatlari jamiyat uchun o’ta xavflidir. Korrupsiyaning, ayniqsa davlat organlari tizimidagi, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi korrupsiyaning kuchayishi kelajakda: iqtisodiy jinoyatlarning o’sishi va "xufiyona" iqtisodiyotning kengayib borishiga; uyushgan jinoyatchilikning, ayniqsa iqtisodiy soxada faoliyat ko’rsatayotgan uyushgan jinoiy guruhlarning ko’payishiga; davlat hokimiyati bilan jinoiy unsurlarning birlashib qo’shilib ketishiga; hokimiyat organlarining xalq oldida obro’sining yo’qolib borishiga; aholining ma’lum bir qismvda qonun kuchiga, davlatga va o’tkazilayotgan islohotlarga ishonchsizlikning o’sib borishiga va boshqa qator salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, davlat organlaridaga, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlaridagi korrupsiya o’ta xavflidir. Chunki davlat xizmatchisi "sotib olinganda" u endi davlatga, ya’ni u xizmatda turgan organ uchun emas, balki unga ko’p va qo’shimcha pul to’laydiganlar uchun xizmat qiladi. Bugunga kunda davlat mansabdor shaxslarining korrupsiyasi hamma vaqt ham strategiya va taktikasida ochiqchasiga zo’rlik ishlatish ustuvor bo’lgan uyushgan jinoiy guruxdarning eng afzal, qulay vositalaridan biriga aylanib bormokda. Zo’rlik ishlatish kutilmagan noxush oqibatlarga olib kelishi va jamoatchilikning kerak bo’lmagan e’tiborini jalb qilishi bilan jamiyatning noroziligini chaqirishi mumkin. Korrushiya usullari asosan uyushgan jinoiy faoliyat "nozik" shakllari uchun xosdir. Shuning uchun ham uyushgan jinoyatchilik obro’mandlari pora shaklida to’laydigan pullarni "ish" nuqtai nazaridan o’zini oqlaydigan yaxshi investitsiya, o’ziga xos, chiqim va xarajatlar deb hisoblaydilar. Chunki bu "investitsiya" yoki "xarajatlar" yutuqqa erishish imkoniyatlarini va jazosiz qolish ehtimoli darajasini oshiradi, shu vaqtning o’zida jinoyatni fosh bo’lish xavfini hamda uning anikdanishi bilan bog’liq holda vujudga keladigan zarar miqdorini pasaytiradi yoki umuman yo’qqa chiqaradi.


Yüklə 268,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin