Mbaza. Uz imtihon javoblar


 Kurtakning tuzilishini tushuntirib bering?



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/39
tarix04.01.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#78396
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
6 sinf botanika imtihon javoblari

3. Kurtakning tuzilishini tushuntirib bering? 
bering.


MBAZA.UZ IMTIHON JAVOBLAR 
 Kurtak - bu boshlang‘ich poya. Kurtaklar 
ikki xil bo‘ladi: generativ kurtak va vegetativ 
kurtak. Vegetativ kurtak o‘simliklaming 
boshlang‘ich bargli novdasidir. Generativ 
kurtak esa boshlang‘ich to‘pgul yoki guldir. 
Har qanday novda kurtakdan hosil bo‘ladi. 
Terak, chinor, soxta kashtan, nastarin 
kabilarni kurtagi yirik; tut, tol, qayrag‘och, o‘rik, olma va boshqalaming kurtagi 
nisbatan mayda bo‘ladi. Ana shunday kurtaklarga qarab o‘simliklar turini aniqlash 
mumkin. Kurtaklar novdada ketma-ket, qarama-qarshi halqa hosil qilib joylashadi. 
Novdaning uchida joylashgan kurtaklar uchki kurtak, barg qo‘ltig‘ida joylashganlari 
yon kurtak deb ataladi. Shuningdek, qo‘shimcha kurtaklar (ildizda, bargda) ham 
bo‘ladi. Quyida ko‘pchilikka tanish manzarali o‘simlik – terakning kurtaklari bilan 
tanishamiz. Ular novdada ketma-ket joylashadi, eng uchidagi kurtak yirik, pastdagilari 
maydaroq bo‘ladi. Terakning kurtaklari tashqi tomondan pishiq qobiq (tangacha barg) 
bilan o‘ralgan. Bu qobiq ulami, ayniqsa, qishning qattiq sovug‘idan, kasallik 
tug‘diruvchi bakteriya, zamburug‘lardan saqlaydi. Kurtaklar uzunasiga kesib qaralsa, 
qobig‘i ostida joylashgan boshlang‘ich poyani va zich bo‘lib joylashgan boshlang‘ich 
barglami ko‘rish mumkin 
Kurtaklar qishki tinim davridan o‘tgach o‘sa boshlaydi. Tajribadan shu narsa ma’lumki, 
kech kuzda barglar to‘kilgandan keyin daraxt va butalaming shoxlaridan kesib olib 
suvga solib qo‘yilsa, kurtaklar ko‘p vaqtgacha bo‘rtmay turaveradi. Agar shoxchalar 
yanvaming ikkinchi yarmi va fevralda suvga solib qo‘yilsa, kurtaklari tez o‘sa 
boshlaydi. Kurtaklaming bo‘rtib, yangi barg yoki gul chiqarishi ma’lum bir vaqt ichida 
o‘tadi. Bu davr faza deyiladi. Erta bahorda o‘rik, shaftoli, bodom kabi o‘simliklarda 
dastlab generativ so‘ngra vegetativ kurtaklari yoziladi. 
 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin